O’rta asr sharq falsafasi va uyg’onish davri xususiyatlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#148725
1   2   3
O’RTA ASR SHARQ FALSAFASI VA UYG’ONISH DAVRI XUSUSIYATLARI

AVESTO

  • Yaqin Sharq va Turon zaminni birlashtirib turuvchi mifologik qarashlar “Avesto”da o‘z ifodasini topgan. Zardushtiylikning bu yozma manbai boy dunyoqarash mazmuniga ega bo‘lib, uning bosh g‘oyasini Axuramazda va Axrimon obrazlari orqali ifodalangan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi qarama – qarshilik kurashi va bu kurashda ezgulikning g‘alaba qozonishi tashkil etadi. Shuningdek, unda olamning boshlang‘ich asoslari va tuzilishi, yaxlitligi to‘g‘risida muhim fikrlar mavjud. Zardushtiylik qadimgi Hindiston va Yaqin Sharq diniy mifologiyasi mitraizmning Markaziy Osiyo xususan qadimgi Turonzamin va Erondagi kechki ko‘rinishi bo‘lib, unda Quyosh xudosi va unga bog‘liq bo‘lgan olovning muqaddaslashtirilishi e’tiborlidir. Axuramazda timsolida gavdalangan dunyoviy Aql hamda suv, er, havo, olov biridan biriga o‘tuvchi yoki birlashuvchi-unifakatsiyalanuvchi elementlardir.

2. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar.

  • Hindistonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar uchta manbada mujassamlashgan: Vedalar, Maxobxorat, Bxagadvita. XX asrda yashab ijod etgan hind faylasufi Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot”-yakka, indivudual ong emas, milliy ong ijodi, xalqning o‘zi to‘g‘risida yozgan poemasidir”, - degan edi. Qadimgi hind falsafasi shakllanish davri to‘rtga bo‘linadi.

.
Vedalar davri (er.avv.1500 – 600 y.). Bu davr oriylarning joylashishi va ular madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning paydo bo‘lishi davri.
.
Epik davr (er.avv. 600- 200y.) – ilk upanishaddan darshanlar yoki falsafiy sistemalargacha bo‘lgan davr. Bu davrda buddizm, jaynizm va boshqa ko‘plab diniy ta’limotlar paydo bo‘ladi.
Sxolastik davr (eramizning ikkinchi asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi davrga o‘xshab ketadi.
. Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) –qisqa va umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri. .
Ular quyidagilar

UPANISHAD

  • Upanishad (atrofida o‘tirish) - ustoz oyog‘i oldida o‘tirib bilim olishni bildiradi. Bu upanishadga mansub asarlarda ko‘rsatmalar, o‘gitlar ko‘pligidan dalolat beradi. Ayni paytda, upanishadalarda shoh saroyidagi disputlar, suhbatlar o‘z aksini topgan. Upanishadlar soni 200 tadan ko‘proq. Ulardan ba’zilari she’r, boshqalari proza, uchinchi bir turlari aralash ko‘rinishda bitilgan. Upanishadlar ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming yillik oxiridan boshlab eramizning ikkinchi ming yillari o‘rtalarigacha). Upanishadlar mualliflari yashirilgan, lekin unda real shaxslar, xususan, braxmanlar va bilimli kshatriylar harakati sezilib turadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə