Qarshi davlat universiteti Ingliz Filologiyasi fakultetlararo ingliz tili kafedrasi o’qituvchisi U. M. Baxtiyor qizining 2023-yil



Yüklə 22,3 Mb.
tarix04.05.2023
ölçüsü22,3 Mb.
#108217
Qarshi davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Fakultetlararo


Qarshi davlat universiteti Ingliz Filologiyasi fakulteti Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi o’qituvchisi U.M. Baxtiyor qizining 2023-yil
25-aprel kuni Tibbiyot fakulteti, Davolash ishi yo’nalishi 1-bosqich 62-A guruh talabalarida 2-juftlikda ingliz tili fanidan “Dealing with medication” mavzusidagi ikki soatlik ochiq amaliy mashg’ulotining ochiq darsi muhokamasining
BАYONNOMASI
25.04.202 y. Qarshi shahri
Qatnashdilar: Kafedra mudiri, kafedra professor o’qituvchilari (29 nafar)
Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi o’qituvchisi Z. Ochilova tomonidan “Ingliz tili” fanidan “Describing places. Liberty Bell” mavzusida Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs 020-47 guruhda o’tkazilgan ochiq dars yuzasidan muhokama.
ESHITILDI: Kafedra mudiri A.Azimov so’zga chiqdi va quyidagi fikrlarni aytdi: “Hozirgi kunda chet tilini o’qitish va o’rgatishda o’qitish tamoyillari va yondshuvlari muhim o’rin egallaydi. Talabalarning og’zaki nutqini o’stirish, shuningdek, ingliz tilida o’rganayotgan matnlarni o’qib tushunish va ularga mustaqil fikrlarini ingliz tilida bayon etish ko’nikmalarini shakllantirish, tanqidiy va tahliliy yondashuvni o’rgatish mazkur fanning asosiy vazifalaridan biridir. Shu vazifalardan kelib chiqib o’qituvchi talabalarga mavzu yuzasidan o’z mustaqil fikrini, tanqidiy-tahliliy mulohazalarini keng ifoda etish imkonini berdi. Talabalar darsda faol ishtirok etishdi, har bir berilgan topshiriq o’z vaqtida bajarildi. Dars do’stona muhitda samimiy o’tdi.

SO’ZGA CHIQDI: Kafedra o’qituvchisi N.Suyorova quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: o’qituvchi Z.Ochilova tomonidan Ingliz tili fanidan “Describing places. Liberty Bell” mavzusida Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs 020-47 guruh talabalari bilan o’tkazilgan ochiq darsi reja asosida o’tildi. Dars davomida interfaol usullardan samarali foydalanildi, mavzuni talabalarga yetarlicha ochib berdi.Ushbu darsda o’qituvchi guruh talabalarining barchasini darsga to’liq jalb eta oldi. O’qituvchi talabalar bilan ishlaganda talabalarni iloji boricha o’rganilayotgan tilda so’zlashishlariga e’tibor qaratdi.

So‘ng, kafedra katta o‘qituvchisi R.Husanova so‘zga chiqdi: O‘qituvchining o‘ziga xos mahoratga ega ekanligi, kasbini sevishi uning talabalarga bo‘lgan har bir munosabatida yaqqol sezilib turibdi. Dars davomida o‘qituvchi interfaol usullardan samarali foydalandi. Talabalarni faol qatnashishiga imkon yarata oldi. Umuman aytganda Z.Ochilova Xorijiy til (ingliz tili) fanidan “Describing places. Liberty Bell” mavzusidagi ochiq darsining umumiy xulosasini ijobiy baholash mumkin.



QAROR QILADI:
1. Z. Ochilova tomonidan Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs 020-47 guruh talabalariga Xorijiy til (Ingliz tili) fanidan “Describing places. Liberty Bell” mavzusida o’tkazilgan ochiq darsi ijobiy deb baholansin.
2. Amaliy mashg’ulot muhokamasida qayd etilgan nazariy-amaliy, metodik yutuqlarni kafedraning professor-o’qituvchilarining amaliy mashg’ulotlarida qo’llash tavsiya etilsin.


Kafedra mudiri: A.Azimov
Kotib: S.Avlayeva
Yüklə 22,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə