Qarshi davlat universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi muduri V b Nizomova Mohinurning 2023 yil 16-oktabr kuni o‘tkazgan ikki soatlik ochiq darsi muhokamasining bayonnomasi



Yüklə 1,86 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#151949
01. Ochiq dars Nizomova new (2)


Qarshi davlat universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi muduri v.b Nizomova Mohinurning 2023 yil 16-oktabr kuni o‘tkazgan ikki soatlik ochiq darsi muhokamasining


BAYONNOMASI


16.10.2023 y Qarshi shahri

Qatnashdilar: Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o’qituvchisi,
PhD. Z. Amirova, katta o’qituvchi N.Shakurova, o’qituvchilar: S. Namozova,
M. Qayumova, S.Qurbonova, F.Eshqobilova, M.Elmirzayeva va Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich 023-53- guruh talabalari.


KUN TARTIBI:
Qatnashdilar: kafedra a’zolari Nizomova Mohinur tomonidan “Amaliy ingliz tili” fanidan The usage of state verbs with “have”” mavzusida Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich 023-53 guruh talabalari bilan o‘tkazilgan ochiq dars yuzasidan muhokama.

Eshitildi: Kafedra katta o’qituvchisi N.Shakurova so‘zga chiqdi va quyidagi fikrlarni aytdi: “Hozirgi kunda chet tilini o‘qitish va o‘rgatishda o‘qitish tamoyillari va yondashuvlari muhim o‘rin egallaydi. Talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirish, shuningdek, ingliz tilida o‘rganayotgan matnlarni o‘qib tushunish va ularga mustaqil fikrlarni ingliz tilida bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirish, tanqidiy va taxliliy yondashuvni o‘rgatish mazkur fanning asosiy vazifalaridan biridir. Shu vazifalardan kelib chiqib o‘qituvchi talabalarga mavzu yuzasidan o‘z mustaqil fikrini, tanqidiy-taxliliy muloxazalarini keng ifoda etish imkonini berdi. Talabalar darsda juda faol ishtirok etdi. Har bir berilgan topshiriq o‘z vaqtida bajarildi. Dars do‘stona muhitda samimiy o‘tdi.
So’zga chiqdi: kata o’qituvchi f.f.f.d. Z.Amirova quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: o‘qituvchi Nizomova Mohinur tomonidan “Amaliy gramatika” fanidan The usage of state verbs with “have”” mavzusi Roman-german fakulteti 1-bosqich 023-53 guruh talabalari bilan o‘tkazilgan ochiq dars reja asosida o‘tildi. Dars davomida o‘qituvchi interfaol usullardan samarali foydalandi, mavzuni talabalarga yetarlicha ochib berdi. Ushbu darsda o‘qituvchi guruh talabalarining barchasini darsga to‘liq jalb eta oldi. O‘qituvchi talabalar bilan ishlaganda talabalarni ham iloji boricha o‘rganilayotgan tilda so‘zlashishlariga e’tibor qaratdi. Dars davomida barcha ko’rgazmali qurollardan va tarqatma materiallardan o’z o’rdida foydalana oldi.



S.Namozova so‘zga chiqdi: O‘qituvchining o‘ziga xos mahoratga ega ekanligi, kasbini sevishi uning talabalarga bo‘lgan har bir munosabatida yaqqol sezilib turibdi. Dars davomida o‘qituvchi interfaol usullardan samarali foydalandi. Talabalarni faol qatnashishiga imkon yarata oldi. Umuman aytganda Nizomova Mohinur tomonidan “Amaliy ingliz tili” fanidan fanidan The usage of state verbs with “have”” mavzusidagi ochiq darsining umumiy xulosasini ijobiy baholash mumkin.
O‘qituvchi M. Qayumova: Men ham katta o’qituvchi Nizomova Mohinurning The usage of state verbs with “have”” mavzusidagi 2 soatlik ochiq darsida kafedra a’zolari bilan qatnashdim. Dars noananaviy tarzda tashkil etilgan. Ushbu amaliy mashg‘ulot reja asosida maqsadga muvofiq tashkil etildi. Mavzuga oid tarqatma materiallardan, audio materiallardan samarali foydalanildi, mashg‘ulot davomida “individual work”, “group work” tashkil etildi va talabalar faol ishlashdi. O‘qituvchi ko‘zlangan maqsadga erishdi.


XULOSA
Nizomova Mohinur Baratboyevaning “Amaliy giramatika” fanidan “Amaliy gramatika” fanidan The usage of state verbs with “have”” mavzusi Roman-german fakulteti 1-bosqich 023-53 guruh talabalari bilan o‘tkazilgan ochiq darsi na’munali deb topilsin va amaliy mashg’uloti muhokamasiga qayd etilgan nazariy-amaliy, metodik yutuqlarini kafedraning darslarida qo’llash tasfita etilsin.
TSNQB boshlig’i: Z.Nazirov
Fakultet dekani: Sh.Nashirova
Kotiba: S. Namozova
O’qituvchi: M.Nizomova
Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə