Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti «muhandislik texnologiyaSI» fakulteti



Yüklə 83,48 Kb.
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü83,48 Kb.
#163971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 - kurs ishi


QARSHI MUXANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI
«MUHANDISLIK TEXNOLOGIYaSI» FAKULTETI
5311000 - TEXNOLOGIK JARAYoNLAR VA IShLAB
CHIQARISHNI AVTOMATLAShTIRISh VA BOShQARISh
KAFEDRASI TMJ 6-22 guruh 2-kurs talabasi

O’ktamov Jahongir O’tkir o’g’lining


Kimyoviy texnologiyaning jarayon va qurilmalari fanidan
Kurs loyixasi
Mavzu: Gazlarni changlardan tozalash, siklon qurilmasi hisoblansin va loyihasi ishlab chiqilsin. (G=20000 kg/soat)
Bajardi : J . O’ . O’ktamov

Qabul kildi : _________________


Qarshi – 2020 y
Gazlarni changlardan tozalash, siklon qurilmasi hisoblansin va loyihasi ishlab chiqilsin.
(G=20000 kg/soat)
Reja:
Kirish

  1. Umumiy tushunchalar

  2. Ogirlik kuchi ta’sirida gazlarni tozalash

  3. Inersion va markazdan kochma kuchlar ta’sirida

gazlarni tozalash

  1. Gazlarni suyuklik bilan yuvib tozalash

  2. Siklonlarning moddiy balansi

Xulosa
Foydalanilgan adabiѐtlar

Kirish


Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtida qo‘lga kiritilaѐtgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib boraѐtgani, yaratilaѐtgan mahsulot va ko‘rsatilaѐtgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiѐtimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiѐt yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilaѐtgan iqtisodiy siѐsat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda
Shu sababdan ham mamlakatimiz salohiyati yuksaklarga tobora
ko‘tarilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziѐev rahnamoligida iqtisodiѐtni
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizdagi makroiqtisodiy barqarorlik va qulay sarmoyaviy muhit
ta’sirida eng rivojlangan davlatlar, nufuzli moliya muassasalari mamlakatimiz bilan hamkorlik qilmoqda.Natijada xorijning ilg‘or va tejamkor texnologik liniyalari bilan jixozlangan korxonalar soni tobora ko‘payib, ular ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi maxsulotlar bilan ta’minlashga munosib ulush qo‘shmoqda. Zamonaviy kimѐsanoatining xarakterli alomatlaridan biri organik sintezning tez sur’atlar bilan o‘sishidir. Kimѐ sanoatining rivojlanishini muxim vazifalaridan biri sanoatning barcha tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimѐ yutuqlaridan to‘la foydalanishdir, yangi, mukammalroq va arzon ishlab chiqarich vositalari va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishidir.
Hozirgi kunda fan va texnikaning rivojini sanoatni deyarli barcha
tarmoqlarida keng qo‘llaniladigan polimer materiallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Polimerlarni rangli va qora metallarni o‘rniga qo‘llaganda buyumlarni tannarxi va og‘irligi kamayadi. Polimerlar avtomobilsozlik, suv, havo va еr transportida, radioelektronika va elektronika sanoatida, qurilishda, qishloq xo‘jaligida,tibbiѐtda, oziq-ovqat va еngil sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Ammo sanoat tarmoqlarining polimerlarga bo‘lgan talabi, ularni ishlab chiqarish sur’atlaridan ilgarilab ketmoqda. Shunga monan yurtimizda neft maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi bir qator zamonaviy texnologoyalar asosida ishlovchi majmualar barpo etilgan va rejalashtirilgan.
Yangi kimѐviy ishlab chiqarishni barpo etishda muhandis-
texnologlar еtakchi o‘rinni egallaydi Ular korxonaning barcha bosqichlarida, ya’ni u ѐki bu mahsulotga talabni aniqlashdan tortib, to ishlab chiqarishni sinash va o‘zlashtirishgacha bo‘lgan ishlarda faol qatnashadilar. Muhandis-texnologning ishi o‘ta mas’uliyatli bo‘lib, bunga laboratoriya tadqiqotlari yo‘nalishini va ishlab chiqarish usulini tanlash, adabiѐt ma’lumotlari va laboratoriya tadqiqotlari, pilot ѐki tajribasanoat qurilmalari natijalariga ko‘ra, mahsulot olinadigan turli usullarni solishtirish va baholash kiradi. Har qanday ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda barcha texnik-iqtisodiy va texnologik hisoblar asosida (xomashѐ bo‘yicha sarflash koeffísientlari va energiya va jihozlarning o‘lchamlari harada miqdori va boshqalar) bajariladi.
Sanoat obektini loyihalash bosqichida muhandis kimѐgar
texnologloyihalash institutining ko‘p bo‘limlari ishlarini boshqaradi, u dastlabkima’lumotlarni beradi va turli sohalardagi mutaxassislarmexanik, energetik,issiqlik texnigi, quruvchi, iqtisodchi va boshqalarga topshiriq tayѐrlaydi

Yüklə 83,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə