Qiyosiy pedagogika



Yüklə 26,91 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü26,91 Kb.
#165593
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA


1-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida REJA: 1.Qiyosiy pedagogika fanning mazmuni va mohiyati 2.Qiyosiy pedagogikasi fanining ijtimoiy fanlar bilan bog`liqligi. 3.Qiyosiy pedagogika fanining predmeti tog`risida turlicha yondoshuvlar Qiyosiy pedagogika tushunchasi. Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, o`sib kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, falsafiy ta‘limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday ta‘lim-tarbiya berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi. Ularda ta‘lim-tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari tahlil qilingan edi. Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika komparativistika deb ham ataladi. Komparativizm (lot. comparativis-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida mujassamlashtiradi. Ingliz tilida ―to compare ham ―taqqoslash degan ma‘noni anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida, shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta‘lim nazariyasida ―komparativistika tushunchasi ―qiyosiy pedagogika tushunchasi bilan bir sinonimik qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ― pedagogik komparativistika” deb atasa ham xato bo`lmaydi. Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy pedagogika emas, balki ―qiyosiy ta‘lim atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta‘limning. ―education) so`zi pedagogika (―pedagogie) so`ziga nisbatan keng ma‘noda qo`llaniladi. Chet el pedagogik an‘anasiga ko`ra ―ta‘lim so`zi rivojlanish, ta‘lim va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning ta‘limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham chet el ta‘rifida ―qiyosiy ta‘lim (―education compare) iborasini ―qiyosiy pedagogika‖ (―pedagogie comparative) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini ko’zatamiz. Biz ―qiyosiy pedagogika, ―pedagogik komparativistika, ―qiyosiy ta‘lim va ―komparativistika‖ tushunchalarini bir ma‘nodosh so`zlar qatorida qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda ―qiyosiy pedagogika tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan. Umuman olganda, qiyosiy pedagogika turli mamlakatlarda maorif, ta‘lim va tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i sanaladi. Qiyosiy pedagogika keng ma‘noda dunyoning turli davlat va hududlarida ta‘limning holati, qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o`rganuvchi fan sohasi bo`lib, xorij tajribasini qo`llash yo`li orqali milliy ta‘lim tizimini o`zaro boyitish usullarini ishlab chiqadi. Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta‘rif beradigan bo`lsak, u pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va mamlakatlarida pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari, qonuniyatlari va holatini o`zaro taqqoslab o`rganadigan fandir. Shuningdek, u umumiy tendensiyalarning milliy va regional o`ziga xosligining mos va farqli jihatlarini ajratib ko`rsatadi hamda milliy ta‘lim tizimini xorij tajribasi orqali o`zaro boyitish shakl va usullarini ishlab chiqadi. ―Qiyosiy pedagogikani tushunishga nisbatan bu yondashuvlarning har biri uning o`ziga xos mohiyatini ochib beradi. Birinchidan, u pedagogika fanining aniq muayyan sohasi. Ikkinchidan, dunyoning turli davlat va hududlarida maorif, ta‘lim, tarbiya, pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonini o`rganishga yo`naltirilgan. Uchinchidan, qiyosiy taqqoslash darajasidagi tahlil xorij tajribasini ma‘lum darajada qo`llash 5 uchun amalga oshiriladi. To`rtinchidan, milliy ta‘lim tizimini o`zaro boyitishning o`ziga xos shakl va usullari ajratib ko`rsatiladi. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari Uzluksiz ta‘limning faoliyat ko`rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: ta‘limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta‘lim va yuksak intellektning nufuzi; -ta‘limning demokratlashuvi ta‘lim va tarbiya uslublarini tanlashda o`quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta‘limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o`tilishi; -ta‘limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta‘limga nisbatan bo`lgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o`zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi; -ta‘limning ijtimoiylashuvi ta‘lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma‘naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; -ta‘limning milliy yo`naltirilganligi ta‘limning milliy tarix, xalq an‘analari va urf-odatlari bilan o’zviy uyg‘unligi, O`zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta‘limni milliy taraqqiyotning o`ta muhim omili sifatida e‘tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; -ta‘lim va tarbiyaning o’zviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo`naltirilganligi; -iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta‘limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Pedagogika fanlarining alohida sohasi va o`quv predmeti sifatida qiyosiy pedagogika pedagogika va ta‘lim tarixi, etnopedagogika va etnopsixologiya, didaktika, tarbiya nazariyasi, psixologiya, etnografiya, sotsiologiya, falsafa va boshqa fanlar bilan bog‘liqdir. Bir paytning o`zida qiyosiy pedagogika ilmiy bilishning mustaqil sohasi bo`lib o`z predmeti, obyekti, vazifalari va bajaradigan ishi bilan farq qiladi. Qiyosiy pedagogika uchun pedagogika tarixi, falsafa va ta‘lim tarixi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan qiyosiy pedagogika kursida turli davlatlarda pedagogik fikr taraqqiyoti muammolari kengroq va kompleks o`rganiladi. Shu bilan bir qatorda pedagogika tarixi, falsafa va ta‘lim tarixi fanlari qiyosiy pedagogika mazmunini aynan takrorlamaydi. Qiyosiy pedagogikaning obyekti, vazifalari va bajaradigan ishi. Qiyosiy pedagogika pedagogika fanining bir sohasi bo`lsa ham, (ijtimoiy pedagogika didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi fanlari kabi) o`zining muayyan tadqiqot obyekti va predmetiga egadir. Bular, fan va o`quv predmetining bosh masalasini aniqlab beradi. Qiyosiy pedagogika obyekti–milliy, regional va global masshtabdagi ta‘lim. Qiyosiy pedagogika predmeti–xorij va O`zbekiston pedagogik tajribasi va zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning holati, tendensiyalari va rivojlanish qonuniyatlarini qiyosiy tahlil qilish. Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari: -turli mamlakatlarda ta‘lim rivojlanish jarayonlarini aks ettiradigan fakt va dalillarnitasvirlash va tahlil etish; -turli mamlakatlardagi ta‘limning rivojlanishi to`g‘risidagi miqdor va sifat o`zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirish; -turli mamlakatlardagi ta‘lim rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini ochib berish; -turli mamlakatlarda ta‘limni rivojlantirishning yo`llari va imkoniyatlarini prognoz qilish; -xorij mamlakatlarida ta‘lim yutuqlari va kamchiliklarini o`zaro taqqoslash va qiyoslash; -xorij mamlakatlari ta‘lim tizimini umumiy tahlil qilish Qiyosiy pedagogika fanining bajaradigan ishi. -xorij tajribasini mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi qulay bo‘lishi uchun turli mamlakatlar pedagogik hujjatlaridagi atama va tushunchalarni muvofiqlashtirish va tartibga solish; 6 -xorij va o’zbek pedagoglari ta‘lim arboblarining nazariy g‘oyalari, ta‘lim siyosati, ta‘lim modellarini o’zaro taqqoslash; -ta‘limning rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish; -ta‘limni rivojlantirish strategiyasini ishlabchiqish. Qiyosiy pedagogika keng ko‘lamdagi muammolarni o‘rganadi: Turli mamlakatlardagi ta‘lim nazariyasi mazmuni va tashkilotlarinigina emas, shuningdek, ta‘lim metodlari, shakllari, vositalari, ta‘lim muassasalari, boshqaruv, ta‘lim qadriyatlari va hokazolar. Turli mamlakatlardagi ta‘lim va tarbiya tizimi taraqqiyoti va amal qilish qonuniyatlarini taqqoslash, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini ajratib ko‘rsatish orqali tadqiq qiladi. Ta‘lim tizimi va uning rivojlanish dinamikasini muayyan davlatning madaniy tarixiy va ijtimoiy-siyosiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, solishtiradi va qiyoslaydi. Qiyosiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Qiyosiy pedagogika umumiy pedagogik va psixologik kategoriya va tushunchalarni qo‘llaydi: maorif, ta‘lim, tarbiya, rivojlanish, ijtimoiylashuv va hokazo. Komparativ tadqiqotlarning xos tushunchalariga–qiyosiy pedagogika, pedagogik komparativistika, dunyo ta‘lim tizimi, milliy ta‘lim tizimi, ta‘limni globallashtirish, ta‘limning ijtimoiy sinflari, ta‘limni rivojlantirish strategiyasi, ta‘limni standartlashtirish, zamonaviy xorij pedagogik tajribasi, milliy ta‘lim va tarbiya tizimi, pedagogik madaniyat, ta‘lim siyosati, ta‘lim tendensiyalari va hokazo. Bu fanda har bir xalq yashash tarzi, tarixiy va ijtimoiy darajasi, milliy madaniyatiga ega ekanligiga mos ravishda, o’ziga xos takrorlanmas milliy-tarbiya madaniyatiga ega bo’lishi va bulardan hayotda foydalana bilishi kerak. Qiyosiy pedagogika fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi tutgan o’rni va ahamiyati, talaba yoshlarni milliy mafkuraviy karashlarni shakllantirish, jamiyatning ilg’or nufuzini kuchi sifatida sog’lom e’tiqodni, erkin fikrlovchi, komil insonlar bo’lish jarayonidagi o’rni va rolini aniqlash. Jahon pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning amalga oshirilishi, istiqboli to`g`risida batafsil ma’lumotlar beriladi. Fransiyaning ta’lim tizimi boy va qadimiy tarixga ega. Bu yerda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgartirishlar kiritilgan. 2004 yil 15 martda yangi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi Fransiyada ta’lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritishadi. Bundan ko’zlangan maqsad bolalarning maktabdagi sharoitini o’z sharoiti Bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Fransiya ta’lim tizimida bolalarning go`daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor xolda olib kelish g’oyat muxim masala hisoblanadi. Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta’lim to’zilmasini yangi me’yorga va o’lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta’lim tizimiga o’tkazib quyishdan iborat. Ammo buning ham o’ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag’ masalasi bo’lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta’lim jarayoni qatnashchilarining bu o’zgarishga munosabatidir. Niderlandiya ta’lim tizimining shakllanish davri 1789 yilda Fransiya revolyutsiyasi natijasida paydo bo`lgan Bativ Respublikasi davriga to`g`ri keladi. Mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, jumladan xristian yoki katolik cherkovlari tomonidan tashkil etilgan. Bu mamlakat ta’lim tizimi 7-3-2 shaklidadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo’shilgan. Niderlandiyada qariyb 4 mln. yoshlar kunduzgi ta’lim oladi. Mamlakatda majburiy ta’lim pulsiz, katta yoshlar maktablari va oliygohlari pullik. 7 O`qituvchi va tarbiyachilarning maoshlari davlat tomonidan tayinlanadi Ta’lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag’ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. Bu davlatning yer yo’zida nufuzli o`rin olishida uning taraqqiy etgan ta’limi juda qo`l keladi. Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo`lgani yo`q. Uning ham o`ziga xos inqirozi va muammolari bo`lgan. Bularni to`liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va maorif taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir. Yapon ta’lim tizimining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga quygan ilk qat’iy shiori bo’lib, biri «Fukkoki kioxsi» - boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa «Siokusan kogio»-ilg’or g’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi. Yaponiya yuksak ilmiy qudratga ega mamlakatdir. U dunyoda ta’limni rivojlantirishga mablag’ sarf etishda AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi, mamlakat ilmiy izlanishlarga xususiy sektorni qo’shib hisoblaganda, umumiy fanni rivojlantirishga ajratilgan mablag’ning beshdan to’rt kesmi ajratilmoqda. Keyingi 10-15 yilda tabiatshunoslik va texnologiya sohasidagi oliy o’quv yurtlari rivojlantirildi, bunga ilmiy izlanishlarga mo’ljallangan mablag’ning qariyb 60 foizi sarf etiladi. Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo`lgan ehtiyojni kuchaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12-13 yoshgacha bo`lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o’qitish joriy qilindi. Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi, imtiyozli o’quv yurtlari tarmog’i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko’plab bolalarni o’qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishiga majbur qilardi. Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko’rmaslik mumkin emas edi. Chunonki, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi. Xususan, AQShda xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi. Negrlarning bolalari uchun alohida maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda katta xajmda bilim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyut BicherStounning «Tom tog’aning kulbasi» asarida o’z ifodasini yaqqol topdi. Bu davrda Sharqda xalq ta’limi soxasida G’arbning yutuqlari tashviq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchaydi. XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraqqiyoti diniy xurofotlardan holi bo`lgan ilmiy dunyoqarashning mavqei mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarda, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, adabiyot va sotsiologiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi asarlar yo’zaga keladi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi jamiyatni barpo qilish maqsadida shunga intiluvchi g’oyalarni ifodalovchi va ulug’lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar. Lekin, qanday qilib bo’lsa ham boylik to’plashga harakat qilishni tasvirlovchi asarlar ham paydo bo’ldi. Bu davrda madaniyati, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol o’z ifodasini topdi, shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm youzaga keldi. Tarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari xaqida juda katta ashyoviy dalillar to’pladilar. Bu davrda ham azaliy kurash yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash-mafkuraviy , g’oyaviy hayotning asosini tashkil qildi. 8 Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ro’y berayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni kuchaytirdilar. Bu davrda falsafa fani ham rivojlanib davrga moslashdi. Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli bo’lsa, endi inson huquqlariga e’tibor kuchaydi. Fanning rivojlanishi Bilan uning jamiyatdagi urnini belgilash, barcha ijtimoiy muammolarni xal etishda fanning ijobiy hodisa ekanligini asoslash kuchaydi. Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fridrix Nitshe (1844-1900) inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig’ida mahluqlik va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi. U zardushtlik ta’siri ostida «Zardusht tavallosi» asarini yozdi. Bu asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari suriladi. Z.Freyd (1856-1939)-psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Freyd qilgan buyuk inqilobining mohiyati shundaki, u Dekartning inson to`g`risidagi tasavvurlarini inkor etib fenomenologik ( favqulodda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi. Psixoanaliz an’analarga muvofiq ongsizlik bilib-bo’lmas jarayon deb tushuntiriladi. Tarixiy taraqqiyotining davriy modeli, Dune dinlari (buddaviylik, xristian, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil ekanligi g’oyalari ilgari surildi. Shu tariqa cherkov vijdon erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi , barcha dinlarining tengligi tamoyillariga toqat bilan ko’nika boshladi. Bu davrda jahon demokratik madaniyatining fondi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi bilan ham boyidi. Atoqli Yapon yozuvchisi A.Ryuneske novellalarida parazit mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq ommasining umuiy kuchini anglash o’z aksini topdi. Hind gumanisti yozuvchisi (1861-1941) falsafiy teranligi va badiiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi romanlar, hikoya va she’rlar bilan butun dunyoga mashhur bo’ldi. Fransuz adibi Viktor Gyugo (1802-1885) o’zining «daxshatli yil, «Dengiz zahmatkashlari», «Xo’rlanganlar», «Tuqson uchinchi yil» kabi asarlarda zulmga, jaholat va adolatsizlikka qarshi norozilik, bosqinchilikka nafrat, kurashchan xalqqa xayrixohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi. Bu davrda, Yaponiyalik mashhur yozuvchi Simey Ftabateyning «Suzayotgan bulutlar», Roka Tokutominning «Kurasivo», «Yashamagan yaxshi» romanlari feodal qoldiqlariga qarshi, milliy qadriyatlarni asrashga xorijning ma’naviy tasviriga qarshi qaratilgan edi. Hindistonda bengal yozuvchisi Shorotchandra Chattopadnoy, shoir Muhammad Iqbol asarlari shahar va qishloq xayotini yerkin tasvirladi R.Tagor, xalqni uyg’onishga undadi. Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fan va madaniyat ancha yuksalib insonlarning yaxshi hayot kechirishlari uchun xizmat qila boshladi. Nazorat savollari: 1.Jahon pedagogikasida ta’lim amalga oshirilishi qanday olib borilmoqda? 2.Jahon mamlakatlarining ta’lim tizimida qanday maorif muammolari bor? 3.Chet el ta’lim tizimi haqida nimalarni bilasiz ? 4.XIX asr oxirlarida pedagogika fanida qanday o’zgarishlar, yangiliklar bo’ldi? 5.Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining ikkinchi davrida ta’lim sohasi haqida gapiring. 6.XIX asr oxiri XX asr boshlari jahon adabiyotining yirik namoyondalari ijodi haqida gapiring.
Yüklə 26,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə