Iii modul. Pedagogika tarixi asoslari 1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar (4 soat) Reja



Yüklə 136,61 Kb.
səhifə1/10
tarix30.12.2023
ölçüsü136,61 Kb.
#164297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma\'ruza. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan (2)


III MODUL. PEDAGOGIKA TARIXI ASOSLARI
1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar (4 soat)
Reja:

  1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogika tarixi fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi.

  3. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolar

  4. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug’diyon, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti

  5. Xalq maktablari, san’at maktablari.

  6. “Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi.

  7. Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi va eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar.

Tayanch so’zlar: pedagogika, tarix, pedagogika tarixi, pedagogik g’oyalar, qadima ta’lim-tarbiya, maktab, xalq-og’zaki ijodi.
Tarix va pedagogika tarixining umumiy hamda o’ziga xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasi topshirig’i
Quyida keltirilgan diagramma bilan tarnishing. Tarix va Pedagogika tarixining o’ziga xosliklarini diagrammaning kesishmaydigan joylariga yozing. Doiralarning kesishgan joyida ikkita fan uchun ham umumiy ma’lumotni yozing.
Tarix

Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:

  1. milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;

  2. pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;

  3. pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.





Yüklə 136,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə