Qoraqolpoq tilining umumiy grammatik xususiyatlari



Yüklə 14,43 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü14,43 Kb.
#135127
QORAQOLPOQ TILINING UMUMIY GRAMMATIK XUSUSIYATLARI


QORAQOLPOQ TILINING UMUMIY GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Qoraqalpoq tili — turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 1 mlnga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tilidir. Qoraqalpoq tili — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻgʻrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan. Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). Asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afgʻonistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida soʻzla-shuvchilarning umumiy soni 883 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-yillary oʻrtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lah-jalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-asrning 1-yarmida shimoli-sharqiy lahja asosida shakllangan. Qoraqalpoq tilining oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, mas, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh bilan; sh esa s undoshi bilan almashadi, mas, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda gʻ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, mas, tav (togʻ), tiy (teg) va boshqa Qoraqalpoq tilida, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham ancha-gina. Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924-yilda shakllanti-rilgan. 1929—1940-yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999-yildan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda. aqin o‘tmishda Qoraqalpog‘istonning qiyofasi qanday edi, faxrlanishga arziydigan nimasi bor edi. Mustaqillik yillarida qanday o‘zgarish, yangilanishlar ro‘y berdi? Kecha mehmon kelsa, nimalarni ko‘rsatish mumkin edi, bugunchi.Bu kabi savollarga birdaniga javob berish qiyin. Chunki mustabidlik davridagi muammolarni ham, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarni ham sanab adog‘iga yetish qiyin. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘tkir masalalar, aholi turmushidagi qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yilida minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan 243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i, 2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik, 2001-yilda Nukus-Sulton Uvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi.
Yüklə 14,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə