Kimyo texnologiya



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə1/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
MA\'RUZA MATNI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


“KIMYO TEXNOLOGIYA” FAKULTETI


“OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI


SPIRT ISHLAB CHIQARISHNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYASI”


fanidan
MA’RUZA MATNI

FARG’ONA-2019
1-ma’ruza. Spirt ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyasi fani va uning vazifalari.
Reja.
1. Etil spirtini xalq xujaligidagi axamiyati.
2. Spirt ishlab chiqarishda qullaniladigan xom ashyolar.
3. Spirt ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar.

Etil spirti – xalq xo’jaligini turli soxalarida keng qo’llanilib kelinmoqda . Uning asosiy istemolchi oziq-ovqat sanoati xisoblanadi. Etil spirti asosan kuchli spirtli ichimliklar tayyorlashda. sharoblarni quvvatlantirishda , uksus tayyorlash , xidbuy maxsulotlar ishlab chiqarishda va boshqa maqsadlar uchun keng qo’llaniladi . Meditsina sanoatida va medisinada vitamin ishlab chiqarishda va dori darmon tayyorlashda ,dezinfekasiya qilish maqsada ishlatiladi . Etil spirti shuningdek ximiya sanoatida va boshqa sanoatlarda xam ishlatiladi .


Oziq-ovqat sanoati uchun ishlatiladigan spirt kraxmalli va qandli xom-ashyolardan olinadi. Buning uchun kraxmalli xom-ashyolar qayta ishlanadi va qandli moddlarga aylantiriladi. Kraxmalni qandli moddalarga aylantirish uchun amilotik fermentlardan foydalaniladi.
Donli xom-ashyo tarkibidagi quruq moddalarni asosiy kismini kraxmal tashkil qiladi, lekin achitqilar ta’sirida bijg’imaydi. SHuning uchun uni bijg’iydigan qandli moddalarga aylantirish kerak. Bu jarayon amilolitik fermentlar yordamida amalga oshiriladi.
Don tarkibidagi kraxmal erimaydigan xolatda xujayra ichida joylashgani uchun, amilolitik fermentlar uni gidrolizlay olmaydi va xujayra qobig’i unga to’sqinlik qiladi.
Kraxmal erimagan xolatda juda kiyin gidrolizlanadi, shuning uchun spirt ishlab chikarish texnologiyasida 1 navbatda kraxmalli xom-ashyolarga obi-otashli ishlov beriladi.
Kraxmalli xom-ashyolarni maydalashda va obi-otashli ishlov berish natijasida xujayra to’liq buziladi va kraxmal erigan xolatga o’tadi.
SHu yusinda tayyorlangan kraxmalli massa amilolitik fermentlar uchun muta’dil sharoitda gidrolizlanadi. Natijada kraxmal bijg’iydigan qandli moddalarga aylanadi.
Kraxmal oziq modda zaxirasi sifatida o’simliklar tarkibida eng ko’p tarqalgan uglevoddir. Bug’doy kraxmali donachasi-yirikrok, kartoshka kraxmali esa qavatli tuzilishga ega bo’lgan yirik donachadir.
Boshoqli o’simliklar donalarida kraxmal eng ko’p miqdorda bug’doy (75% gacha), makkajo’xori (72% gacha), shuningdek kartoshka tuganaklarida (24% gacha) bo’ladi.
Kraxmal donasi ikki xil moddadan tuzilgan: amiloza miqdori 10 dan 20% gacha, amilopektin miqdori 80-90% gacha bo’ladi. Ular molekulyar massasi, tuzilish va ba’zi fizik xossalari bilan bir-biridan farq qiladi.
Amiloza xam, amilopektin xam glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan, lekin tuzilishi bir-biridan keskin farq qiladi.
Spirt ishlab chiqarish sanoati qishloq xo’jaligidan o’simlik xom ashyosini olib .ulardan kam qiymatga ega bo’lgan uglevodlarni spirtga aylantiriladi va ajratib oladi . Qishloq xujaligiga esa oqsilga va vitaminga boy bo’lgan emni qaytaradi . Spirt ishlab chiqarish sanoati ozuqa sifatida buzilgan va yaroqsiz don va kartofel maxsulotlaridan sifatli maxsulot ishlab chiqaruvchi yagona sanoat xisoblanadi .
Spirt ishlab chiqarishni asosiy jarayonida – kraxmlni qandli moddalarga aylantirish va qandni etil spirtiga aylantirish biologik katalizatorlar orqali amalga oshiriladi . SHuning uchun bu bioximiyaviy jarayon xisoblanadi . Lekin qand achitqi yordamida spirtga aylantiriladi . SHuning uchun mikrobiologik texnologiya jarayonlariga xam kiradi . SHu bilan birga spirt ishlab chiqkarish mexanik , issiqlik va fiziko-ximyaviy jarayonlarni uz ichiga qamrab olgan fandir .
Spirt ishlab chiqarishning asosiy jarayonlarni quyidagilar :
Xujayra strukturasini buzish va kraxmalni eritish maqsada don va kartofel xom ashyosini suv bilan pishirish, pishirilgan massani sovitish va kraxmalni undirilgan don fermentlari yoki mikroorganizmlardan olingan fermentlar bilan qandli moddalarga aylantirish, qandli moddani achitki yordamida spirtga aylantirish. spirtni xaydash va rektifikasiyalash.
Bundan tashqari xom-ashyoni pishirishga tayyorlash , solod tayyorlash yoki mog’ol zamburug’ini tayyorlash, achitqilarni o’stirish jarayonlari xam kirada . Melassadan spirt ishlab chiqarishda yuqorida ko’rsatilgan birinchi va ikkinchi jarayonlar ishlatilmaydi .
Spirt ishlab chiqarishda quyidagi ikkilamchi maxsulotlar xosil bo’ladi : uglevod dioksid, barda ,sivuxa yog’lari va efir aldegidli fraksiya . Uglevod dioksid spirtli bijg’ish vaqtida xosil bo’ladi. Uni yig’ib tozalaniladi va suyuq yoki qattiq xolda aylantiriladi. Melassa brajkasidan spirtni xaydashdan oldin achitqi ajratiladi va non maxsulotlari ishlab chiqariladi .
Etil spirt xaydashda ajralib chiquvchi sivuxa yog’lari ( asosan izoamil , izobutil va n-propil spirtlarni aralashmasi ) va bosh fraksiya texnik maxsulot sifatida ishlab chikarishga beriladi. Brajkani xaydashda xosil bo’ladigan qoldiq modda barda deyiladi . Don-kartofelli barda kraxmal va achitqidan tashqari xom -ashyo tarkibidagi kiruvchi barcha moddalarni saqlaydi .
Don va solod tarkibidagi azotli moddalarni oz qismi achitqini oziqlanishiga sarflanadi. Lekin achitqi to’la qiymatli oqsil, ko’pgina vitaminlar va boshqa biologik muxim moddalarni sintez qiladi. SHuning uchun don-kartofelli barda xayvonlar uchun yaxshi em xisoblanadi. Ba’zi bir korxonalarda barda quritiladi.
Melassa bardasi ko’ritilgandan keyin, boshqa em bilan birgalikda qora mollarni boqishda ishlatiladi. Natural xolatda melassa bardasi em achitqisini o’stirishda va vitamin B12 konsentrati ( metan bakteriyalarini o’stirishda ) olishda ishlatiladi. Melassa bardasi tarkibida ko’p miqdorda gliserin, glyutamin kislotasi, betain, kaliy tuzlari va boshqa moddalar bo’ladi.
Nazorat savollari.
1. Etil spirtiga tavsif bering.
2. Etil spirtini xalq xo’jaligidagi axamiyati.
3. Etil spirti ishlab chiqarishdlagi asosoy jarayonlar.



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə