Kimyo texnologiya



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə4/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Xavo-g’alviri separasiya.
Don tarkibi begona o’simlik urug’lari bir biridan katta kichikligi va aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiladi va xavo-galviri separatorda osonlik bilan tozalaniladi.
Magnitli separasiya.
Mayda temirli qirindilar don tarkibidan magnitli separotorlar yordamida ajratiladi. Taxtali jelobni tagiga doimiy magnit o’rnatiladi . Taxtali jelob qiya qilib o’rnatilgan bo’ladi . Don ushbu yuzadan o’tayotganda metall zarrachalar o’shlanib qolinadi va vaqti-vaqti bilan olib tashlanadi . Doimiy magnitni separvtor 40 S burchag shaklida o’rnatiladi . Magnit maydon 288 dan 816 mm va tortish kuchi 88,3 N va donni o’tkazish kuvvati 1,08 dan 3,08 t/soatni tashkil etadi
Donni begona o’simlik urug’laridan ajratish.
Elaklar orqali donli maxsulotlar uzunligi va kengligi orqali ajratish mumkin . Uzunligi bilan farqlanuvchi donni trier deb ataluvchi mashinalarda ajratiladi. Mashinani ishchi organi bo’lib silindr yoki yacheykasi bo’lgan disk xisoblanadi .
Spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarda silindrik trierlar qo’llaniladi. Silindrik trierni ichki qismi yarim shar shaklida chuntak o’yilgan . Arpani tozalashda uning razmeri 6,25 – 6,5 mm bo’lishi kerak .
1 m yuzada 30 mingta yacheyka bo’ladi . Baraban qiya kilib o’rnatiladi . 1m uzunlikka 75-100 mm kiya bo’lishi kerak . Baraban 10-20 aylanma /min tezlikda aylantiriladi . Solod tayorlash uchun ishla-tiladigan donni ajratish uchun navlarga ajratadigan mashinalardan foydalaniladi . Ularni silindrik barabani metall tur bilan qoplangan bo’ladi . 1 va 2 navlar solod ( undirilgan don ) tayorlashga ishlatiladi ,3 nav susla pishirishga ketadi .
Donli maxsulotlarni qabul qilish va saqlash.
Solod tayorlash uchun (ungan don olish uchun ) yuqori sifatli don ishlatiladi.
Don maxsulotlari sifati bo’yicha 4 darajaga bo’linadi: 1-chi biologik uyqudan chiqqan don maxsulotlari,solod xid beruvchi; 2-chi mog’ollagan don; 3chi- sassiq xidli don , 4chi- qora rangli, o’zini qizishi natijasida kuygan don.
Spirt ishlab chiqarish uchun qurib ketgan , namligi yuqori bo’lgan qizdirilgan , qor tagida qolib ketgan, va boshqa turdagi sifati past bo’lgan donlar ishlatish mumkin .
Don maxsulotlari xam yuk mashinalarida, avtosamosvallarda , temir yo’l vagonlarida tashiladi .
Temir yo’l vagonlarida olib kelingan don mexanik kurak yordamida qabul qiluvchi bunkerga tushiriladi. Bunkerdan kovushli elivator zanjirli konveyerga beriladi . Undan keyin magnitli kolonkadan o’tkaziladi . Kolonkadan don javob orqali qo’sh elevatorga tushadi . Elevatordan jelob orqali toroz ustidagi bunkerga, torozda tortilgandan so’ng elevatorni 2 qismiga tushadi va jelob orqali zanjirli konveyerga tushadi . Undan keyin don siloslarga g’amlanadi. Keyin esa konveyer orqali mashinalarga yuklanadi .
Don saqlash . Don maxsulotlari omborlarida ochiq xolatlarda va yopiq xolatlarda saqlanadi . Ikkila usulda xam ular changdan va xar xil jinslardan tozalanishi kerak . SHuning uchun separotorlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak . Ikkala usulida xam donni namligiga karab va yil fasliga qarab don xar xil kalinlikda tukiladi . Donni nam xolatida va kuz faslida uni qalinligi 1,5 m dan oshmalligi kerak . Don ma’lum vaqtgacha turgandan so’ng, qatlam kuzga kelib 2-3 m gacha oshiriladi va qishga kelib 4 metrgacha ko’tariladi
Don kurt-qumiskalardan saqlash uchun omborlar ximikatlar bilan zararsizlantiradi . Sichqon va qalamushlar saqlash maqsadida devor yonidan pol 1m oralig’ida beton bilan yotkaziladi va silliqlanadi .
Sapetkalar. Sapetkalar bu uzun taxtadan qilingan ombor. Devori po taxtadan tirkish qoldirib ishlangan. Tomi xam taxtadan yoki cherepisadan ishlanadi. Sapetkalar kengligi va balandligi 2m va uzunligi 30 m bo’ladi . Poli erdan 30-50 sm ko’tarilgan bo’ladi. Xavo yaxshi aylanishi uchun sapetkalar shamol yunalishiga prependikulyar kilib kuriladi
Nazorat savollari.
1. Xom ashyolar va ularga qo’yiladigan talablarni aytib bering.
1. Don qanday jixozlarda tozalanadi.
2. Metall jinslardan tozalashda qanday jixoz qo’llaniladi.
3. Sapetkalarga tavsif bering.


Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə