Kimyo texnologiya



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə3/48
tarix27.05.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#113414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
MA\'RUZA MATNI

Kartofel. Kartofel o’simlik ozuqa xom ashyolar ichida spirt ishlab chiqarishda xammaqtexnologik talablarga to’liq javob beradi . Uning xosildorligi ( kraxmal miqdori bo’yicha) , donli maxsulotlarga nisbatan 3-4 marta ko’pdir. U oson pishiriladi , achitqilarni oziqlanishi uchun azotli va fosforli moddalari bor , xarakatlanuvchan susla olinadi . Kartofelni qayta ishlovchi korxonalarni unimdorligi , donni qayta ishlovchi korxonalarnikidan 10% ko’p . YOqilgini sarflanishi 12% kam , spirt tan narxi kam . Lekin kamchiliklardan xam xoli emas . Kartofelni ekib- o’stirish ko’p mexnat talab kiladi , namlikni ko’pligi saqlanishni qiyinlashtiradi, uzoq masofalarga tashish samarasizroq va kartofel xar xil kasallika oson chalinadi . Namligi 75% , quruq moddalar miqdori 25% ni tashkil etadi .
Donli maxsulotlar. Spirt ishlab chiqarish uchun xamma turdagi donli maxsulotlarni ishlatish mumkin ( makkajuxori , arpa , bug’doy, suli va boshqalar ) . Bu maqsad uchun ozukaga va emga yaroqsiz donli maxsulotlarni xam ishlatish mumkin .
Donli maxsulotlarni urtacha namligi 14% va kuruk moddalarni mikdori 86% tashkil etadi.
Melassa. Melassa deb-qand lavlagidan qand ishlab chiqarishda , qandni kristalizasiya jarayonida xosil bo’ladigan suyuqlikka aytiladi.
Melassa quyuq suyuqlik bo’lib, qora-jigar rangga. karamel va melanoidga xos spesifik xidga ega. Spirt ishlab chiqarishda melassa yaxshi xom-ashyo xisoblanadi . Uning tarkibida qand miqdorini yuqoriligi achitqini xayot faoliyati uchun zarur moddalarni etarligi boshqa xom-ashyolarga nisbatan afzalligidan darak beradi .
Melassadan spirt ishlab chiqarishda texnologik jarayon qisqaradi. YA’ni xom-ashyoni pishirish , kraxmalni qandli moddalarga aylantirish , solod fermenti va mog’ol zamburug’i olish jarayonlari bo’lmaydi. Melassa suslasida dekstrinlar va kraxmal bo’lmagan uchun u tezrok bijg’iydi, spirtni miqdori oshadi. Don kartofeli bardasiga nisbatan, melassa bardasidan xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan qimmatli maxsulotlar ishlab chiqariladi .
Ishlab chiqarishga keladigan xamma donli maxsulotlar changdan , tuproqdan , metall va boshqa jismlardan tozalanishi kerak. Solod tayorlash uchun ishlatiladagan don , don oqsholardan va begona o’simlik urug’laridan tozalanadi . Buning uchun ular separasiya usulidan foydalinadi .

Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə