Quyonlar pasterellyozining epizootologik taxlili



Yüklə 24,53 Kb.
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü24,53 Kb.
#129328
  1   2   3   4
Kaz konferensiya


QUYONLAR PASTERELLYOZINING EPIZOOTOLOGIK TAXLILI
I.A. Fayzullayev
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Past darg‘om tumani quyonchilik xo‘jaliklari
Annotatsiya: Maqolada quyonlar pasterellyozi bo‘yicha epizootologik vaziyatini aniqlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vivariyasida va Past darg‘om tuman quyonchilik xo‘jaliklari epizootologik holat tahlil qilish bo‘yicha o‘kazilgan tadqiqotimiz bayon etilgan. Klinik jihatdan nosog‘lom deb topilgan quyonlarga aniq tashxis qo‘yish maqsadida laboratoriyada bakteriologik va mikroskopik tekshirishlar ishlari olib borilib, olingan natijalar bo‘yicha xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Pasteurella multocida, pasterellyoz, endogen pasterellyoz bakteriologik usullar, virulentlik, kokkobakteriya, infeksion va invazion kasalliklar, pitomnik, vivariya, GPA, GPB.
Kirish. Yurtimizda quyonchilikni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor davlat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, bu e’tibor bir qancha qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-120-sonli qarorida quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirishga bag‘ishlangan alohida ustuvor yo‘nalish belgilab qo‘yildi. Ushbu ustuvor yo‘nalish doirasida: sifatli quyon go‘shtining mamlakatda iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda respublikada umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilmoqda; Quyon go‘shtini sanoat usulida ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish hisobiga quyon go‘shti iste’moli oshirib boriladi; Quyonchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun ishlab chiqaruvchilardan go‘sht mahsuloti va quyon terisini sotib oluvchi hamda qayta ishlovchi tashkilotlar tarmog‘ini yanada kengaytirish borasidagi ishlar belgilab olindi.

Yüklə 24,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə