Rangli metallar ishlab chiqarish va kesib ishlash Metallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#145828
  1   2   3   4
Metallarni kesib ishlash, parmalash dastgohi


Metallarni kesib ishlash, parmalash dastgohi




REJA:



  1. Rangli metallar ishlab chiqarish va kesib ishlash

  2. Metallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari

  3. Foydalanilgan adabiyotlar




Rangli metallurgiya: rangli metallarni qazib chiqarish, boyitish, eritish, qotishmalar ishlab chiqarishni o’zida birlashtiradi. Rangli metallurgiya mamlakatni erkinlashtirish, uning mudofaa qudratini mustaxkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, umuman, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.


Rangli metallar bir qancha guruhlarga bo’linadi. Bu bo’linish asosida rangli metallurgiya – o’g’ir metallar metallurgiyasi, yengil metallar metallurgiyasi va boshqalarga bo’linadi. Rangli metallar qimmatli xususiyatga ega. Ularning ba’zilari (qalay, qo’rg’oshin, nikel) zanglash (korroziya)ga chidamli, boshqalari (titan, volfram) issiqqa bardoshli yoki elektr tokini yaxshi o’tkazadi (alyuminiy, mis, kumush, oltin).
Rangdor, asl va nodir metallarning qazib olish, boyitish va eritishni o’z ichiga oladigan rangdor metallurgiya, uning asosiy tarmoqlari O’zbekistonning dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan, iqtisodiy sohalardan biri hisoblanadi. O’zbekistonning rangdor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Hozirgi kunda respublikada rangdor metallurgiya sanoatining barcha texnologik jarayonlari o’zimizda amalga oshirilmoqda. Bunday sanoat korxonalari Olmaliq, Muruntov ( Zarafshon ), Navoiy shaharlarida joylashgan.
Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetall rudalarini qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi. Mis Qalmoqqir va Sarichuv konlaridan qazib olinadi. Hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasida boyitilib, mis zavodida eritiladi. Qo’rg’oshin kon va oltin tog’ kon polimetall konlaridan qazib olinadigan rudalar qo’rg’oshin rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Mis konlari Qalmoqqir, Sarichigu, Dalniy, Baliqchi kabi konlardan tashqari, janubiy O’zbekistondagi Xondeza va Chaqchar, Navoiy viloyatida, Qizilqum, Farg’ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir.
Volfram-molibden konsentrantlari Chirchiqdagi O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli qotishmalar kombinatida eritiladi. Kombinat xilma-xil maxsulotlar: volfram, molibden simlari, qattiq qotishmalar prokati, tog’ jinslarini parshalaydigan asboblar va hokazolar ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda Nurota, Chotqol tog’lari yonbag’rlari va Markaziy Qizilqumdagi Marjonbuloq, Chodan, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda. Zarafshon shahrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi.
Metallurgiya majmuasi ikki tarmoqni: qora metallurgiya va rangli metallurgiyani o’z ichiga oladi.
Qora metallurgiya – temir rudasi qazib chiqadish, cho’yan po’lat eritish, prokat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat.
Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurol-yaroqlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular asosan, yog’och, suyak, tosh va temirdan tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati maxsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. O’zbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatiladigan konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy o’rinni egallaydi.
Hozirgi zamon metallurgiyasi uchun, birinchidan, metallning asosiy qismini metallurgiya kombinatlari ishlab chiqarishi xarakterlidir. Metallurgiyada xomashyoga ketma-ket ishlov beradigan kombinatlarning hissasi katta bo’ladi. Chunki konbinatlarda bira yo’la temir rudasidan domna pechlarida cho’yan eritib olinadi, suyuq cho’yan va temir-tersakdan (metallolomdan) po’lat erituvchi (marten, konverter, elektr) pechlarda po’lat eritiladi, po’latdan esa tayyor mahsulot – prokat olinadi.
Fan-texnika taraqqiyoti metal eritishning chiqindisiz texnologiyasini, metal olishning yangi, serunum yo’llarini joriy qilishga olib kelmoqdaki, bu po’lat sifatini oshirishni va prokatning xilma-xil turlarini olishni ta’minlamoqda. Metal olishning eng yangi usuli metallni domnasiz, ya’ni rudani eritmay undan metallni ajratib olishdir.
Metallurgiya kombinatlari ko’p miqdorda xomashyo va yoqilg’i ishlatadi. Shu sababli ular xomashyo yoki yoqilgi’ bazalari yaqinida, ba’zan ular oralig’i yaqinida quriladi. Bu metallurgiya korxonasini joylashtirishning eng muhim shartidir. Bunda suv, elektr energiya, tabiiy gaz bilan ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlari ham e’tiborga olinadi.
Birinchi metallurgiya korxonasi – Bekobod metallurgiya zavodi 1946-yilda ishga tushirilgan. Bekobod metallurgiya zavodida qora metal mahsulotlari: po’lat va cho’yan ishlab chiqariladi. Zavodda uchta marten pechi, prokat sexi, metall quyadigan termik sex va bir qancha yordamchi korxonalar bor. Keyingi vaqtlarda zavodning marten pechlari elektropechlarga aylantirilgan.
Zavodda po’lat va prokat ishlab chiqarish ortib bormoqda. 1950-yilda 119 ming tonna po’lat eritilgan, 76 ming tonna prokat ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib bu ishlab chiqarish natijalari 5-6 barobarga ortib ketgan. Ammo zavod mahsuloti mamlakatning metallga bo’lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Natijada ko’shni davlatlardan ko’plab metal keltirishga tog’ri kelmoqda.
Respublikamizda metallni qayta ishlaydigan korxonalar Urganch, Boyovut, Qarshi, Kitob, Denov va Taxiatoshda mavjud. Toshkentdagi “Ikkilamchi qora metall” zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) temir-tersaklarni qayta ishlovchi maxsus korxonalar hamda sexlar qurildi. Respublika hududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bo’lgan temir va marganes rudalari, olmos materiallari va o’tga chidamli xomashyolar ham topilgan.
Rangli metallurgiya: rangli metallarni qazib chiqarish, boyitish, eritish, qotishmalar ishlab chiqarishni o’zida birlashtiradi. Rangli metallurgiya mamlakatni erkinlashtirish, uning mudofaa qudratini mustaxkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, umuman, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.
Rangli metallar bir qancha guruhlarga bo’linadi. Bu bo’linish asosida rangli metallurgiya – o’g’ir metallar metallurgiyasi, yengil metallar metallurgiyasi va boshqalarga bo’linadi. Rangli metallar qimmatli xususiyatga ega. Ularning ba’zilari (qalay, qo’rg’oshin, nikel) zanglash (korroziya)ga chidamli, boshqalari (titan, volfram) issiqqa bardoshli yoki elektr tokini yaxshi o’tkazadi (alyuminiy, mis, kumush, oltin).
Rangdor, asl va nodir metallarning qazib olish, boyitish va eritishni o’z ichiga oladigan rangdor metallurgiya, uning asosiy tarmoqlari O’zbekistonning dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan, iqtisodiy sohalardan biri hisoblanadi. O’zbekistonning rangdor metallurgiyasi ancha yosh ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Hozirgi kunda respublikada rangdor metallurgiya sanoatining barcha texnologik jarayonlari o’zimizda amalga oshirilmoqda. Bunday sanoat korxonalari Olmaliq, Muruntov ( Zarafshon ), Navoiy shaharlarida joylashgan.
Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirik korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetall rudalarini qazib olish, boyitish, mis va rux eritish korxonalarini birlashtiradi. Mis Qalmoqqir va Sarichuv konlaridan qazib olinadi. Hamda kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasida boyitilib, mis zavodida eritiladi. Qo’rg’oshin kon va oltin tog’ kon polimetall konlaridan qazib olinadigan rudalar qo’rg’oshin rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Mis konlari Qalmoqqir, Sarichigu, Dalniy, Baliqchi kabi konlardan tashqari, janubiy O’zbekistondagi Xondeza va Chaqchar, Navoiy viloyatida, Qizilqum, Farg’ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir.
Volfram-molibden konsentrantlari Chirchiqdagi O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli qotishmalar kombinatida eritiladi. Kombinat xilma-xil maxsulotlar: volfram, molibden simlari, qattiq qotishmalar prokati, tog’ jinslarini parshalaydigan asboblar va hokazolar ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda Nurota, Chotqol tog’lari yonbag’rlari va Markaziy Qizilqumdagi Marjonbuloq, Chodan, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda. Zarafshon shahrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə