Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 99,01 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü99,01 Kb.
#131874
1-mustaqil ishi buxgal


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“TT”FAKULTETI
RI 11-21 GURUH TALABASINING



BUXGALTERIYA HISOBI VA TAHLILI
Fanidan
1-MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Ergashev A.
Tekshirdi: Xudoynazarov S.
MAVZU: Buxgalteriya hisobi rivojlanish tarixi
Rus olimi Ya.V. Sokolov o‘zining «История развития бухгалтерского учёта» nomli asarida buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishini quyidagi uch qarashga bo‘ladi: 600 yil oldin, xo‘jalik hayotidagi maqsadli jarayonlarning ro‘yxatga olinishi natijasida; 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining kitobi chiqishi bilan; 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo‘lishi bilan.
G‘arb mamlakatlarida «Buxgalteriya hisobi tadbirkorlik tili» degan ibora mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki, oddiy tadbirkordan tortib to korxona rahbarigacha «Buxgalteriya hisobi» fanini o‘rganishi va uning asosiy usul hamda uslubiyatini o‘zlashtirib olishi bugungi kun talabidir.
Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy siyosatni shakllanishining asosiy bo‘g‘ini, korxona kapitali aylanishini boshqarish va ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini tartibga solishda hisob ma’lumotlarni yig‘ish hamda bir tizimga keltirishda yagona mexanizm hisoblanadi.

Ikki yoqlamali yozuvni paydo bo'lishi

Buxgalteriya hisobini tug‘ilish davri Italiya diyori bilan bog‘liqdir. Jamiyatda ikkiyoqlama yozuvni paydo bo‘lishi buxgalteriya hisobini rivojlanishiga asos bo‘ladi.


XIII—XIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va Shimoliy Italiyaning bir necha savdo markazlarida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340 yili paydo bo‘lgan.
Yana boshqa manbalarga ko‘ra bundan ham oldinroq Fransiyaning Shampan viloyati savdo firmalarida (1299—1300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Ikkiyoqlama yuzuvda fransuz monaxi Luko Pacholi asos solgan. U «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494) hisob yozuvlariga oid tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi.
Buxgalter lavozimini birinchi bo‘lib, Insburk schyotlar palatasininng ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan, bu borada imperator Mak- similian I ning 1498- yil 13- fevralda chiqargan buyrug‘i Vena davlat muzeyida saqlanmoqda.
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha darslik birinchi marta XIX asrda Rossiyada paydo bo‘ldi. 1931- yili K.Klarko va N. Nemchinnovlar tomonidan «Schyot ilmi» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.
1710- yilda Rossiya hukumatining «Harbiy va boshqa ishlar bo‘yicha xabarnoma» gazetasida birinchi bor «Buxgalter» so‘zi paydo bo‘ldi. Bu davrda Rossiyada Pyotr I tomonidan harbiy islohatlar o‘tkazilayotganligi munosabati bilan hisob va nazoratga juda katta e’tibor berilayotgan edi.

Buxgalter

Ko‘rinib turibdiki, Buxgalteriya hisobi fan va mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o‘tmishga ega. Shu yerda o‘rinli savol tug‘ulishi mumkin. O‘zbekistonda qachon buxgalteriya hisobi shakllana boshlagan? Buxgalteriya hisobi nafaqat Germaniya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlari balki, O‘rta Osiyoning markazi hisoblangan bizning diyorimizda XV asrda shakllana boshlagan.


Uning ilk bor kurtak otishi Amir Temur tomonidan hisob daftarini yurituvchi shaxslar — yozuvchilarni (kotiblarni) tayinlagani bilan bog‘liq. U o‘zining «Temur tuzuklari» nomli asarida shunday deb yozadi: «Saltanatning har bir idorasida bo‘ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin.
Yana bir rivoyatda keltirilishicha Amir Temur lashkarlarining har biri jangga kirishidan oldin katta idishga bittadan tosh tashlagan va jangdan eson-omon qaytgan jangchi yana bitta toshni idishdan olgan. Demak, idishda qolgan toshlar soni jangda halok bo‘lgan jangchilar sonini bildirgan. Bu oddiy hisob-kitob buxgalteriya hisobining bir usulini ifodalaydi. Ya’ni, «Kirim — chiqim = qoldiq». Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, bizda ham buxgalteriya hisobi boshqa davlatlar kabi o‘z tarixiga ega ekan.
Respublikamizning hisob tizimida buxgalteriya hisobini fan sifatida shakllanishi va bugungi kunda mustaqil milliy buxgalteriya hisobi tizimini paydo bo‘lishida professor S.B.Qodirxonovning qo‘shgan hissasi juda kattadir. Ayniqsa «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanini rivojlanishida domlaning mehnati ko‘pdir. S.B.Qodirxonov birinchilardan bo‘lib, 1970- yilda «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» nomli darslikni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildi, 1976- yilda «Sanoatda buxgalteriya hisobi» nomli darsligi o‘zbek tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993- yilda bu darslik qayta nashr qilindi.

Buxgalteriya kasbi insoniyatga doimiy kerak bo‘lgan kasblarni eng asosiylaridan sanaladi. Qaysi soha bo‘lishidan qat'iy nazar barchaga buxgalter kerak. Bu kasbga hamma davrda talab yuqori bo‘lgan va shunga mos ravishda katta maosh ham taklif etishgan.
Yüklə 99,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə