Referati Tayyorladi: Maxmudov Muxamadali Qabul qildi: Xakimova Saidaxon. Mavzu: Somoniylar shajarasining tuzilishi



Yüklə 356,72 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü356,72 Kb.
#159107
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
Somoniylar shajarasi 22-72Maxmudov Muxammadali


O’zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazrligi
Farg’ona davlat universiteti Tarix fakulteti
Tarix yo’nalishi 22.72-guruh talabasi
Maxmudov Muxamadalining
O’zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan
Referati
Tayyorladi: Maxmudov Muxamadali
Qabul qildi: Xakimova Saidaxon.
Mavzu: Somoniylar shajarasining tuzilishi











Reja:

  1. Movarounnahrda somoniyarning siyosiy hayotga kirib kelishi

  2. Ismoil Somoniy – yirik davlat arbobi. Uning davlatni boshqarish va harbiy sohadagi islohotlari 3. Somoniylar davlatida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot

4. Somoniylar davlatining zaiflashuvi va inqirozi


Siyosiy tarix. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi paydo bo‘ladi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (manbalarda – Balx yaqinida, Samarqand atroflarida, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar. Yirik yer egasi bo‘lgan Somonxudot Ma’mun Xuroson noibligi davrida uning xizmatiga o‘tib tez orada e’tiborga to‘shadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda nabiralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda turli viloyatlarga noib etib tayinlaydi. Xususan, Nuh Samarqandni, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va Ustrushonani, Ilyos Hirotni boshqara boshlaydilar.
Dastavval, Asadning katta o‘g‘li Nuh ukalari mulklarini birlashtirib, xalifalikdan mustaqil davlat barpo etish harakatini boshladi. Chunki Nuhning nomidan tanganlar zarb etilgani ma’lum. Nuh vafotidan so‘ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib asta-sekin Mavorounnahrni Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu harakatlariga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 865 yilda Ahmad vafot etgach ko‘pchilik Somoniylar tomonidan sulola boshlig‘i sifatida Ahmadning o‘g‘li Nasrni tan olinadi.
873 yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Toxiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va hududlarga soliqlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. 874 yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga noib yuborishni iltimos qiladilar. Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib jo‘natadi. Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi hamda akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. Natijada 886 yilda aka-ukalar o‘rtasida birinchi to‘qnashuv bo‘lib, Ismoil yengildi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. 888 yildagi ikkinchi jangda Ismoil Nasr qo‘shinlarini tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. 892 yilda Nasr vafot etgach Ismoil Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib qoldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. Ismoil Somoniy 893 yilda ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortib dastlab Tarozni, keyin esa Ustrushonani egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Bag‘dod xalifasi al-Mutadis (892-902 yy.) Ismoilning qudrati oshib ketayotganidan sarosimaga tushib 898 yilda Movarounnahr noibligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiy Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Mavorounnahr noibligi to‘g‘risidagi yorliqni olgach Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900 yilda Balx atroflarida Ismoil Safforiylar qo‘shinlarini tor-mor etdi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra Ismoilni nafaqat Buxorodan, balki Xorazm va Farg‘onadan ham kelgan harbiy kuchlar qo‘llab-quvvatlagan edilar. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Ismoil bu jangda Buxoro hunarmandlari va oddiy xalqning qo‘liga qurol berib o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Ismoil Somoniy arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallarga botgan, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani qudratli va mustaqil davlatga aylantirishga erishdi. Shu tariqa Ismoil Movarounnahr va Xuroson, Eronning qator sharqiy va shimoliy viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi yirik davlatga asos soldi va bu hududlarda Arab xalifaligi hukmronligiga barham berildi.

Shunday qilib, Farg‘ona, Isfijob (Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro Xorazm, Chag‘aniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlar Somoniylarga bo‘ysundirildi. Ularning hammasi ham mutlaqo tobe’ bo‘lmasada, Somoniylar xokimiyatini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Ismoil Somoniy yirik yer egasi bo‘lib, mahalliy zodagonlar va savdogarlarga tayanib davlatni idora qilgan. Lekin Ismoil ham, boshqa Somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘qota olmadilar. Natijada dehqonlarning yer egalariga qarshi chiqishlari bo‘lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekka viloyatlar hokimlari markazlashtirish siyosatiga qarshilik qilib turganlar.
907 yilda Ismoil Somoniy vafot etib taxtni uning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi (907-914 yy.). Uning davrida davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagonlar va turk g‘ulomlarining noroziligini o‘yg‘otdi. Natijada u 914 yilda turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirilib, taxtga uning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad o‘tirdi va u balog‘atga yetguncha davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqarib turdi.
914 yil oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo‘zg‘olon ayniqsa keskin tus oldi. Bu qo‘zg‘olon karmatlar g‘oyasi bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon 918 yilda bostirilib Marvoziy asir olindi. Ko‘p o‘tmay Nasrning qarindoshi Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi bosh ko‘tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Is’hoh qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga ta’sir ko‘rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta boshladi.
Ta’kidlash lozimki, Nasr ibn Ahmad hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishiga, yer egaligi munosabatlarini kuchayishiga qarshi chiqdilar va ilgarigi an’analarni, qishloq jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqqan edilar. Shuning uchun ham bu harakatni keng xalq ommasi qo‘llab quvvatladi. 943 yilda taxtga o‘tirgan Nasrning o‘g‘li Nuh karmatlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklarini musodara qildi.
Nuh hukmronligi davrida Somoniylar davlatining inqirozi yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini ko‘paytirdi. Bu xalq noroziligini yanada oshirdi. Xalq noroziligidan foydalangan Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali Chag‘oniy yordamida vaqtincha Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. Abu Ali Chag‘oniy Xurosonga qaytgach Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin Somoniylarning Abu Ali Chag‘oniy bilan kurashi keyingi yillarda ham davom etdi.
Bu kurashlar ayniqsa Amir Mansur ibn Nuh II (976-997 yy.) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qoshg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Mavarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi beqarorlikdan foydalangan Qoraxoniy Horun Bug‘roxon 990 yilda G‘arb tomon qo‘shin tortdi va ikki yil davomida Somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni bosib oldi. Shundan so‘ng Somoniylar davlati o‘zini tiklay olmadi. 13-15 yil davomida Somoniylar hukmdorlari asosan Qoraxoniylar va qisman Saljuqiylar bilan kurash olib borib nihoyatda holdan toydilar. Somoniylarning so‘nggi hukmdori Abu Ibrohim Muntasir 1005 yilda o‘ldiriladi hamda Mavarounnahr va Xurosondagi Somoniylarga tegishli bo‘lgan hududlar Qoraxoniylar va G‘aznaviylar tomonidan bo‘lib olinadi.

Yüklə 356,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə