Referati Tayyorladi: Maxmudov Muxamadali Qabul qildi: Xakimova Saidaxon. Mavzu: Somoniylar shajarasining tuzilishi


Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni)



Yüklə 356,72 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü356,72 Kb.
#159107
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Somoniylar shajarasi 22-72Maxmudov Muxammadali

Devoni mamlakai xos (davlat ish boqaruvchisi devoni). Bu devon saroy ta’minoti bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni nazorat qilgan. Muhim davlat ishlari va ayniqsa, xazina kirim-chiqimini nazorat qilish ham shu devon zimmasida bo‘lgan.
Devoni vakf (vakf yerlari devoni). Machitlar, madrasalar, umuman diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lgan yer-suv, mol-mulk kabilarni boshqargan.
Devoni qozi az-ziyo (qozilik ishlari devoni). Bu devonni davlatning bosh qozisi boshqargan.
Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan devonlarning barchasi (soxib al-borid devonidan boshqa) mahalliy hokimlar va oliy markaziy hokimiyatga bo‘ysungan. Ta’kidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari – hokim, shaharlar boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari ko‘p hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta ta’sirga ega bo‘lgan yirik zodagonlardan tayinlangan.
Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda ma’lum bir talablar: davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqx me’yorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida bilimdonlik va boshqalar mavjud bo‘lib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilardi. Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlarning mavqelari nihoyatda katta edi. Shuningdek, X asrda musulmon ruhoniylari ham katta obro‘ga ega edilar. Movarounnahrda asosan islom dinining xanifiylik mazhabi tarqalgan bo‘lib, dindorlar boshlig‘i ustod (keyinchalik shayx-ul-islom) Somoniylar davlatida katta mavqega ega bo‘lgan.
Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan bo‘lib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayonidagi ishlar qozikalon, qozilar, mufti, raislar tomonidan amalga oshirilgan. Viloyat va shahar qozilari qozikalonga bo‘ysungan.
Davlatda har bir viloyatlar va shaharlar hukmdorlari ko‘ngillilaridan iborat qo‘shin saqlagan. Ko‘ngillilar odatda ozod va boy dehqonlarning o‘g‘illaridan iborat bo‘lgan. Ko‘ngillilar harbiy holat vujudga kelgan vaqtda albatta yig‘ilgan. Ular viloyat va davlat daromadi hisobiga saqlangan. Davlat hududlari viloyat qo‘shinlari va g‘oziylarning qismlari bilan qo‘riqlangan.

Yüklə 356,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə