Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari



Yüklə 344,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix31.05.2023
ölçüsü344,36 Kb.
#114728
  1   2   3   4   5   6   7
Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari



Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
Reja: 
1. Menejment sohasida axborot tizimi tushunchasi, tasniflanishi va texnologiyasi 
2. Biznesni rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimi va 
texnologiyalari 
3. ERP – tashkilot resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi 
Tayanch so’z va iboralar: Axborot, iqtisodiy axborot, axborot tizimi, axborot 
texnologiyalari menejmentida (ATM), menejer, onlayn hamkorlik, raqamli 
platformalar, planshet kompyuterlar, Google Apps, Google Sites, Microsoft 
Windows. 
 
1. Menejment sohasida axborot tizimi tushunchasi, tasniflanishi va 
texnologiyasi
Axborot atamasi lotincha so‘z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi 
faoliyati haqida xabarga ega bo'lish m a’nosini bildiradi. Axborot menejment 
tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish uchun 
zarur m a’lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay 
boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi 
aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati 
va uning xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan 
axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada 
takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi 
tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator 
o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha 
bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir.
Axborot
 – 
bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham 
natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, 
mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat 
ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi.
Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot 
to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish 
va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob, 
moliya, ta’minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy 
va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi, 


chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash 
va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-
texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-
texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbasiga bog'liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot 
turlariga bo'linadi.
Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi. Bular 
jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish 
shartlari haqidagi axborotlar kiradi.
Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakllanib, iste’mol 
qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, 
moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi 
haqidagi axborotlar kiritilishi mumkin.
Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruvchi (rahbarlik) 
axborot turlariga bo'linadi. Boshlang'ich axborot doimo menejment tizimining quyi 
darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari 
yo'nalishda harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ishlash 
asosida qaror qabul qilish natijasidir.
Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi 
bo'yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'lish mumkin. 
Barqaror axborot uzoq muddat davomida o'z ahamiyatini o'zgartirm aydi (korxona, 
uning bo'linm alari nomi, m ahsulot turi).
Shartli-barqaror axborotning ahamiyati ma’lum muddat davomida saqlanib 
turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli m e’yor va m e’yoriy hujjatlar 
(moddiy, mehnat sarfi, ta ’riflar me’yorlari) ni kiritish mumkin. Axborotning bunday 
turi korxona bo'yicha umumiy axborotning 35% dan ko'pini tashkil etadi.
O'zgaruvchan axborot menejment obyekti faoliyati va unga mos holda 
boshqaruv jarayonlari o'zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez 
qayta ishlashni talab etadi.
Menejment faoliyatida, shuningdek, boshlang'ich axborotni qayta ishlash 
natijasida olingan xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi. Axborot 
yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etib, u menejment jarayonini 
axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon bo'ladi.
Axborot to‘g‘ri, aniq, o‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va qarorlarni qabul 
qilish uchun tushunarli bo'lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, mazmun 
jihatidan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo'lishi lozim.
Korxonani axborot bilan ta’minlash to‘g‘ri aloqalar ko'rinishidagi turli-
tuman axborot oqimlari vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish 
vazifasini hal etish imkonini beradi.


Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha 
yetadi, bu o'rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish 
zarur. Masalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko'rsatkichni 
tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha 
quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo'ladi: 
- maqbul axborot tizimini ishlab chiqish; 
- axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish; 
- axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash; 
- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish; 
- axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. 
Bu yo'nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig'ish va qayta 
ishlashning yagona um um davlat tizim ini yaratishni ta’minlashi zarur. Axborotlar 
yig'indisi menejmentning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar 
axborot oqimlari, aloqa kanallari va menejment obyektining texnikaviy vositalarini 
qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Menejment obyektining qandaydir 
bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot 
tizimini tashkil etish menejmentning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va 
uning samarali faoliyat yuritushuning muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo'lishi mumkin. Oddiy axborot 
tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbasidan u iste’mol qilinishi 
joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa 
xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. 
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish darajasi bo'yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo'lda yoki 
eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. 
Ikkinchi guruhga axborotni to'plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya 
keng qo'llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi guruhga m a’lumotlarni 
majmuiy mexanizatsiya vositasi bilan birga avtomatlashtirish elementlarini qo'llab 
qayta ishlash va to'plash qo'llanilgan axborot tizimlari kiradi.

Yüklə 344,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə