Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


- jadval. ATMda nima yangiliklar bor



Yüklə 344,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix31.05.2023
ölçüsü344,36 Kb.
#114728
1   2   3   4   5   6   7
Biznes boshqaruvida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

17.1- jadval. ATMda nima yangiliklar bor
 
O‘zgarish 
Biznesga ta’siri 
Texnologiya
Bulut hisoblash platformasi 
innovatsiyalarning asosiy tijorat sohasi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Kompyuterlarning Internetdagi egiluvchan yig‘ilishi 
korporativ kompyuterda bajariladigan vazifalarni amalga 
oshirishni ta’minlaydi. Ko‘plab tijorat ilovalari internet 
xizmati sifatida onlayn tartibda yetkazib beriladi (Servis 
tariqasidagi dasturiy ta’minot yoki Saas).
Katta ma’lumot 
Firmalar Veb traffik, elektron pochta xatlari, ijtimoiy 
tarmoq ma’lumotlari hamda mashinalardagi katta 
hajmdagi ma’lumotlardan ularning mohiyatini 
qidirishadi, buning uchun ma’lumotlarni qabul qilish, 


saqlash va tahlil qilish (qayta ishlash) uchun yangi 
axborot boshqarish vositalari talab qilinadi.
Uyali raqamli platformalar yaxlit tijorat 
tizimi sifatida shaxsiy kompyuterlar bilan 
raqobatga kirishmoqdalar. 
Apple iPhone telefonlari va planshet kompyuterlari 
hamda Android uyali aloqa qurilmalari hamkorlikni 
ta’minlash maqsadida yuz minglab ilovalarni yuklab 
olishi mumkin, lokatsiyaga asoslangan xizmatlar, 
kasbdoshlar bilan muloqot qila olish uchun juda qulay 
vositalardir. iPad va Kindle Fire kabi kichik planshet 
kompyuterlar iste’molchi jismoniy va yuridik shaxslar 
uchun odatiy noutbuklar va platformalardan afzal bo‘lib 
qolmoqda.
Boshqaruv 
Menejerlar korxonadagi muloqot tizimini, 
o‘zaro bilim almashinuv jarayonini 
yaxshilash maqsadida onlayn hamkorlik 
hamda ijtimoiy tarmoq dasturiy 
ta’minotlarini o‘zlashtiradilar. 
Google Apps, Google Sites, Microsoft Windows 
SharePoint Services hamda IBM Lotus Connections 
dasturlari 1700 milliondan ortiq biznes professional 
xodimlari tomonidan o‘zlarining bloglarini saqlash, 
loyiha boshqarish, onlayn uchrashuvlar o‘tkazish, 
shaxsiy profillarni, ijtimoiy sahifalarni hamda ijtimoiy 
jamoalarni ochish maqsadida butun jahon miqyosida 
foydalanilib kelinmoqda.
Biznes uchun foydalaniladigan ilovalar 
Ma’lumotlarni nisbatan kuchli tahlil qilish va interfaol 
uskunalar panelini ta’minlovchi real vaqt (tezkor) 
ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ilovalar menejerlar 
uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi. 
Virtual uchrashuvlar 
Menejerlarning yo‘l xarajatlari hamda ketadigan vaqtini 
tejash uchun, shuningdek hamkorlikni mustahkamlash va 
qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash maqsadida 
telefoniya vositalari orqali videoaloqa hamda Veb majlis 
o‘tkazish (konferensiya) texnologiyalaridan 
foydalanishadi
Tashkilotlar
Ijtimoiy biznes
Korxonalar o‘zlarining xodimlari, mijozlari va islab 
cyiqaruvchilari bilan muloqotni tezlashtirish maqsadida 
Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoq platformalari 
hamda ichki korporativ ijtimoiy vositalardan 
foydalanishadi. Xodimlar bloglar, viki, elektron pochta 
matnlari hamda SMS xabarlaridan foydalanib onlayn 
jamiyatda muloqotni tezlashtirishlari mumkin.
Masofadan ishlash ish joyidagi jarayonni 
tezlashtiradi. 
Internet, simsiz noutbuklar, smartfonlar va kompyuter 
planshetlari son jihatdan o‘sib borayotgan ishchilarga ish 
joyidan turib uzoqda ishlash imkonini yaratadi. Ellik 
besh foiz Amerika korxonalarida o‘ziga xos masofadan 
bajariladigan ish dasturlari mavjud.
Biznes qiymatni hamkorlikda yaratish
Korxonalarda qiymat manbai ichki ishlab chiqaruvchilar 
va iste’molchilar bo‘lib, yetkazib berish tizimlari hamda 
yangi mahsulotni ishlab chiqarish kundan kunga global 
hamkorlikda amalga oshirilib borilmoqda, mijozlarning 
o‘zaro hamkorligi korxonalarga yangi mahsulot va 


xizmatlarni aniqlash imkonini yaratib bermoqda. 
Iqtisodiyotning barcha sohalari rivojlanish jarayonlarini axborot tizimlariga 
jiddiy investitsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Axborot tizimlariga investitsiyalar 
bo’lmaganda Amazonka, eBay, Google va E*Trade elektron tijorat firmalari hattoki 
mavjud bo‘lmas edilar. Bugungi moliya, xizmatlar sohasi, sug‘urta, ko‘chmas mulk, 
maishiy xizmatlar, sayohat, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalar axborot 
tizimlarisiz ishlay olmas edilar. Walmart i Sears kabi chakana savdo firmalari hamda 
General Motors va General Electric ishlab chiqarish firmalari axborot tizimlarini 
rivojlanishi evaziga gullab yashnashmoqda. Ofis telefonlari, osmono‘par binolar 
XX asrda biznes asosi bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrda esa axborot axborot 
texnologiylarini qo‘llash va uni korporativ strategiyalarda amalga oshirish muhim 
bo‘lmoqda. 
Texnologiya biznesning asosi bo‘lib hisoblanadi. Besh yildan so‘ng qanday 
biznesni istashi uning tizimlari nimalarga qodir bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozorda 
hissalarining oshishi, arzon yoki yuqori sifatli ishlab chiqaruvchi sifatida 
shakllanishi, yangi mahsulotlarni rivojlantirishi va xodimning unumdorligini oshishi 
aksariyat hollarda tashkilotning axborot tizimlari sifati va turlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Siz bu munosabatlarni qanchalik yaxshi tushunganingiz sari menedjer sifatida qadrli 
bo‘lasiz. Ma’lumki, ishbilarmon firmalar quyidagi oltita strategik ishbilarmonlik 
maqsadlari, ya’ni foydalanishga oid ustunlik; yangi mahsulotlar, xizmatlar va 
modellar; mijoz va ta’minlovchi o‘rtasidagi yaqinlik; qaror qabul qilishning 
yaxshilanishi; raqobatbardosh ustunlik va chidamli bo‘lish kabilarga yetishish uchun 
o‘z mablag‘larini asosan axborot tizimlariga kiritadilar. 

Yüklə 344,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə