Reja: 1 O’zbek modeli tamoyillariga ta’rif bering; 2



Yüklə 117,14 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü117,14 Kb.
#164252
Документ Microsoft Word1


Reja:
1) O’zbek modeli tamoyillariga ta’rif bering;
2)Jahonning rivpjlangan davlatlari tomonidan ishlab chiqilgan qanday
modellarni bilasiz;
3) Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat;
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish
davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy
buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor
munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat
muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi:
• o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy
bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
• qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy
shartlaridan biri mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
amalga oshirildi. Bu bilan davlat
monopoliyasi tugatilib, ma’muriy
buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor
iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy
mulkdorlarning keng qatlami
shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan
foydalanib, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish orqali aholining
turmush darajasi yaxshilana boshladi.
Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni
shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan
amalga oshirildi
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad:
1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va
bozor iqtisodiyotiga asos solish;
2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish;
3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat
Xususiylashtirishning birinchi bosqichi
• 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga
oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va
qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk
shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uyjoylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa
arzon narxda xususiy mulk etib berildi.
• Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida
770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi.
Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi.
Хususiylashtirishning ikkinchi bosqichi
• Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat
qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini
shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib
borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
• Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg‘i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi.
Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘-kon sanoatida-51% aksiya davlat
ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
Iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy
o‘zgarishlar
Istiqlol yillarida iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi
jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga olib keldi:
• Yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini O‘zbekiston o‘zini-o‘zi
ta’minlaydigan bo‘ldi;
• G‘alla mustaqilligiga erishildi;
• Ishlab chiqarishda sanoat mahsulotlari hissasi oshdi;
• Sanoatda yuksak texnologiyaga asoslangan istiqbolli tarmoqlarning hissasi oshdi;
Qishloq xojaligi
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan
boshlab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda,
xususan “Yer to‘g‘risida”gi (20 iyun 1990 yil)
va boshqa qonunlarda va Prezident
farmonlarida qishloq xo‘jaligidagi tub
islohotlarni huquqiy va nazariy asoslari
yaratildi
Soliq tizimi
Vazirlar Mahkamasining 1991 yil
12 avgustdagi “O‘zbekiston
Respublikasida Davlat Soliq
organlari haqida”gi Qarori asosida
davlat soliq tizimi shakllana
boshladi. Soliq to‘lovchilar soni
yildan-yilga ko‘payib bormoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratilgan hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning ustuvor maqsad va vazifalarini o‘zida mujassam etgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da “mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va yurtimizning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard dollar, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish choralarini ko‘rish” ustuvor maqsad etib belgilangan.
Shu bilan birga davlatimiz investitsion salohiyatini xalqaro biznes hamjamiyatiga yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi. Iqtisodiy taraqqiyotga erishish yo‘lida belgilangan bunday ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish hamda respublikamiz iqtisodiyotida o‘z faoliyatini kengaytirishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari, jahondagi yirik kompaniya va korporatsiyalarni jalb etish maqsadida ilk bor tashkil etilgan mazkur anjuman 24-26 mart kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi milliy iqtisodiyotdagi sanoatlashtirishning yuqori imkoniyatini hamda investitsion salohiyatimizni xalqaro biznes hamjamiyatiga yaqindan tanishtirgan holda xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, sohadagi o‘sish sur’atini zamon talablari darajasiga ko‘tarish maqsadida so‘nggi yillarda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni istiqbolli loyihalar amalga oshirish orqali kengaytirishga, shuningdek yirik investitsion g‘oyalarni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari mablag‘ini keng jalb etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu yo‘lda Jahon savdo tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kabi yirik tuzilmalar bilan izchil va faol aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
Davlatimiz rahbarining Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida mamlakatimizla milliy iqtisodiyotning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiluvchi iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish, davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish, infratuzilmani jadal rivojlantirishni davom ettirish, iqtisodiyotni sanoatlashtirish doirasida boy xom ashyo zaxiralarimizni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, inson kapitaliga investitsiya kiritish, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, eksport va import faoliyati uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash kabi eng muhim, ustuvor yo‘nalishlarni ta’kidlab o‘tdi. Darhaqiqat, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan yo‘nalishlar mamlakat investitsion salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz jahondagi nufuzli xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda ta’limni rivojlantirish, zamonaviy energetika tizimini barpo etish, bank-moliya tizimini isloh qilish, kichik biznes va qishloq xo‘jaligi korxonalarini, xususiy tadbirkorlik sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sanoat va savdo, davlat boshqaruvi, transport tizimi, sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish, suv ta’minoti va shahar infratuzilmasini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash, turizm infratuzilmasi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yuksaltirish, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish hamda yengil sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Yaqin istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik doirasida yashil energiyadan innovatsion sanoatgacha, qishloq xo‘jaligidan iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishgacha bo‘lgan yo‘nalishlar ustuvorlik kasb etadi. Shuningdek sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
Yuqori darajadagi anjuman doirasida jahon biznes hamjamiyati, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari vakillari tomonidan Yangi O‘zbekistonning ustuvor maqsadi xalqaro iqtisodiy munosabatni erkinlashtirish va iqtisodiyot raqobatbardoshliligini oshirish, shu orqali mamlakatning tashqi savdodagi o‘rni mustahkamlanishini ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va aholi turmush farovonligini yanada oshirish ekani qayd etildi. Darhaqiqat, forum xalqaro hamkorlikni yuksak darajaga chiqarish va istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutuvchi maydon vazifasini o‘tadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar doirasida xalqaro moliya institutlarining iqtisodiyotimiz taraqqiyoti bo‘yicha prognozi ijobiy. Shu bois ayni yo‘nalishdagi aloqalar tobora chuqurlashmoqda. Milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish yo‘lidagi bunday ijobiy tendensiya mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, “yashil” texnologiyalarni, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sish sur’atini barqarorlashtirish, pirovard natijada aholi turmushi farovonligini oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻrnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. I.i. asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar oʻzaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bogʻlaydi. Avvalo, korxonalar oʻrtasida I.i yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi, soʻngra I.i. tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik i.ch. majmualari paydo boʻladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa vertikal I.i. yuz beradi. Vertikal I.i.ga agrosanoat majmui misol boʻladi, u qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, kimyo sanoati va b.ni oʻz ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi bilan xoʻjalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi, binobarin, mamlakatlararo I.i. yuzaga keladi, buning natijasida mamlakatlar iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro I.i. eng yuqori darajadagi va yetakchi integratsiya koʻrinishi hisoblanadi.
Xalqaro I.i. uzoqdavom etadigan koʻp bosqichli jarayon boʻlib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda turli mamlakatlar oʻrtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada davlatlararo tovar ayirboshlashda inte-gratsiyalashuv yuz beradi. Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan cheklanmasdan sanoat, bank, sugʻurta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va koʻp qirrali boʻlib, barcha iqtisodiyot subʼyektlari imti-yetlarga ega boʻladilar.
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari birbiri uchun ochiq boʻladi, amalda milliy bozorlar birla-shib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Bu bozorda barcha tovarlar erkin, hech bir cheklovlarsiz koʻchib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir mamlakatdan boshqasiga oʻtadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay boʻlsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor kilinadi, bojxona toʻlovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal dara-jaga keltiriladi. Umumiy bozor dastlab 1957 y.dan Yevropada shakllangan (qarang Yevropa Ittifoqi). Toʻrtinchi bosqichda Iqtisodiy va valyuta it-tifoqi doirasida integratsiya yuz beradi. Bu yerda integratsion alokalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa Ittifokiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul — yevro muomalaga kiritildi, milliy pullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saklangan holda yagona, umumiy byudjet ham tu-ziladigan boʻldi. 21-asr boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli boʻlgan Iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada birlashtiradi, iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar mustaqilligini maʼlum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan).
Hoz. davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va Meksikani birlashtirgan Shim. Amerika uyushmasi, Jan.sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida integratsion hamkorlik kuchayib bormoqda. 1991—2002 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integ-ratsiyasini chuqurlashtirish yoʻlida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo ken-gash tuzildi, ijroiya qoʻmita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi.
Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997[1]
Balassa, В. Trade Creation and Trade Diversion in the European Common Market. The Economic Journal, vol. 77, 1967, pp. 1–21.
Dalimov R.T. Modelling international economic integration: an oscillation theory approach. Trafford, Victoria 2008, 234 p.
Dalimov R.T. The dynamics of the trade creation and diversion effects under international economic integration, Current Research Journal of Economic Theory, 2009, vol. 1, issue 1; www.maxwellsci.com
Dalimov R.T. Dynamics of international economic integration: non-linear analysis. Lambert Academic Publishing, 2011, 276 p.; ISBN 978-3-8433-6106-4, ISBN 3-8433-6106-1.
Johnson, H. An Economic Theory of Protection, Tariff Bargaining and the Formation of Customs Unions. Journal of Political Economy, 1965, vol. 73, pp. 256–283.
Johnson, H. Optimal Trade Intervention in the Presence of Domestic Distortions, in Baldwin et al., Trade Growth and the Balance of Payments, Chicago, Rand McNally, 1965, pp. 3–34.
Jovanovich, М. International Economic Integration. Limits and Prospects. Second edition, 1998, Routledge.
Lipsey, R.G. The Theory of Customs Union: Trade Diversion and Welfare. Economica, 1957, vol. 24, рр.40-46.
Меаdе, J.E. The Theory of Customs Union.” North Holland Publishing Company, 1956, pp. 29–43.
Machlup, Fritz (1977). A History of Thought on Economic Integration. New York: Columbia University Press. ISBN 0-231-04298-1.
Negishi, T. Customs Unions and the Theory of the Second Best. International Economic Review, 1969, vol. 10, pp. 391–398
Porter M. On Competition. Harvard Business School Press; 1998; 485 pgs.
Riezman, R. A Theory of Customs Unions: The Three Country–Two Goods Case. Weltwirtschaftliches Archiv, 1979, vol. 115, pp. 701–715.
Ruiz Estrada, M. Global Dimension of Regional Integration Model (GDRI-Model). Faculty of Economics and Administration, University of Malaya. FEA-Working Paper, № 2004-7
Tinbergen, J. International Economic Integration. Amsterdam: Elsevier, 1954.
Tovias, A. The Theory of Economic Integration: Past and Future. 2d ECSA-World conference “Federalism, Subsidiarity and Democracy in the European Union”, Brussels, May 5–6, 1994, 10 p.
Viner, J. The Customs Union Issue. Carnegie Endowment for International Peace, 1950, pp. 41–55.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi , uni harakatlantiruvchi kuchlar

1.3 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi muammolari va ularni hal qilish yo`llari


Globallashuvning eng og'riqli oqibatlarini dunyo chekkasi deb ataladigan kam rivojlangan mamlakatlar his qilishi mumkin. Ularning asosiy qismi xomashyo yetkazib beruvchi va mehnat talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi (va ba'zilari zamonaviy murakkab asbob-uskunalar uchun ehtiyot qismlar va yig'malarni yetkazib beruvchi sifatida) sifatida xalqarolashtirishda ishtirok etib, o'zlarini ilg'or kuchlarga to'liq qaram va daromadga ega bo'lib qoladilar, birinchidan, pastroq, ikkinchidan, ular jahon bozorlaridagi vaziyatga qarab juda beqaror.
Bunday mamlakatlar uchun globallashuv ko'plab boshqa muammolarni keltirib chiqaradi:
1. Rivojlangan mamlakatlardan texnologik farqning oshishi.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishning, marginallashuvning kuchayishi (yaʼni, ijtimoiy guruhlarning parchalanishi, odamlar oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarning uzilishi, shaxslar tomonidan muayyan jamoaga tegishli obʼyektivlikni yoʻqotish jarayoni boʻlgan davlat jamiyatining yoʻq qilinishi, a. muayyan kasbiy yoki etnik guruhga mansublik hissi).
3. Aholining asosiy qismining qashshoqlashishi.
4. Kam rivojlangan mamlakatlarning jahon xo‘jalik tizimining barqarorligi va normal faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liqligining kuchayishi.
5. Davlatlarning milliy yo'naltirilgan iqtisodiy siyosat olib borish imkoniyatlarini TMKlar tomonidan cheklanishi.
6. Tashqi qarzning, birinchi navbatda, xalqaro moliya tashkilotlariga o'sishi keyingi taraqqiyotga to'sqinlik qilmoqda.
Yuqorida aytib o'tilganidek, sanoati rivojlangan mamlakatlar globallashuvda ishtirok etishdan eng katta foyda keltiradi, chunki ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va eng foydali yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishga e'tibor qaratish, mehnat talab qiladigan va texnologik iflos ishlab chiqarishni rivojlanayotgan mamlakatlarga o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladilar. . Ammo sanoati rivojlangan mamlakatlar ham globallashuv jarayonlaridan aziyat chekishi mumkin, bu jarayonlar nazorat qilinmasa, ishsizlikni oshiradi, moliyaviy bozorlarning beqarorligini oshiradi va hokazo.
Shunday qilib, jahon xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘langan turli milliy xo‘jaliklar tomonidan shakllantirilgan global iqtisodiy mexanizmdir. Jahon xo'jaligining globallashuvi jahon xo'jalik faoliyatini baynalmilallashtirishning ob'ektiv va tabiiy jarayonidir. Shu bilan birga, shuni hisobga olish kerakki, hozirgi vaqtda bu jarayon asosan sub'ektiv xarakterga ega bo'lib, rivojlangan mamlakatlar tomonidan o'z manfaatlarini ko'zlab boshqarilmoqda, ko'pincha boshqa ko'plab davlatlar zarariga olib keladi. Global rivojlanish global renta olish imkoniyati bilan ta'minlanadi, uning mavjudligiga manbalar ustidan monopol hokimiyat va jahon institutlarining shakllanishi sabab bo'ladi. Rivojlangan davlatlar jahon hamjamiyatida “o‘yin qoidalari”ni o‘rnatib, jahon iqtisodiyotining zamonaviy rivojlanishi yo‘nalishini belgilab oldilar. Biroq, bu tarzda shakllangan jahon bozori "globallashuv muvaffaqiyatsizliklari" mavjudligi sababli zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha muammolarini hal qila olmaydi.
Jahon bozori davlatlararo tovar ayirboshlash sohasi vazifasini bajarib, ishlab chiqarishga teskari ta'sir ko'rsatadi, unga nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarish kerakligini ko'rsatadi. Shu ma'noda jahon bozori ishlab chiqaruvchiga nisbatan birlamchi bo'lib chiqadi va xalqaro iqtisodiyotning markaziy kategoriyasi hisoblanadi.
Bozorning paydo bo'lishi uchun asosiy shartlar mavjud.
Birinchi shart - ijtimoiy mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv. Har qanday katta odamlar jamoasida iqtisodiyot ishtirokchilarining hech biri barcha ishlab chiqarish resurslari va barcha iqtisodiy manfaatlar bilan o'zini-o'zi to'liq ta'minlash bilan yashay olmaydi. Alohida odamlar guruhlari turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanadi, ya'ni. muayyan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvning hal qiluvchi omili qiyosiy ustunlik tamoyilidir. Printsipning mohiyati tadbirkorlarning malakalari, qobiliyatlari, resurslari va boshqalardagi farqlar tufayli nisbatan arzonroq imkoniyatlar evaziga mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Ikkinchi shart - ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy izolyatsiyasi, butunlay mustaqil, iqtisodiy qarorlar qabul qilishda avtonom (nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotni kimga sotish). Bu izolyatsiya tarixan xususiy mulk asosida vujudga keladi.
Uchinchi shart - muomala xarajatlari muammosini hal qilish - mulk huquqini topshirish bilan bog'liq ayirboshlash sohasidagi xarajatlar. Ular sub'ekt tomonidan tanlagan iqtisodiy faoliyat uchun ruxsat (litsenziya) olish, ma'lumot qidirish, muzokaralar o'tkazish, tovarlarning xususiyatlarini o'zgartirish, reketchilarga ma'lum bir hurmat (agar biz Rossiya haqida gapiradigan bo'lsak) bilan bog'liq xarajatlarni o'z ichiga oladi. Agar xarajatlar kutilgan daromaddan yuqori bo'lsa, unda bunday tovarlar bozori yaratilmaydi.
Bozorning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun to'rtinchi shart ham zarur - ishlab chiqaruvchi mustaqilligi, tadbirkorlik erkinligi, resurslarning erkin almashinuvi. Iqtisodiyotni bozordan tashqari tartibga solish har qanday tizimda muqarrar, ammo tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik cheklangan bo'lsa, bozor munosabatlarining rivojlanishi uchun shunchalik ko'p imkoniyatlar mavjud. Erkin ayirboshlash erkin narxlarni shakllantirish imkonini beradi, bu esa ishlab chiqaruvchilarga o'z faoliyatining eng samarali yo'nalishlari bo'yicha ko'rsatmalar beradi.
2. Jahon bozorining tuzilishi
Tovar va xizmatlarning maqsadi, xossalari, narxlash xususiyatlari va ayirboshlash shakllariga ko‘ra son-sanoqsiz nomlanishi jahon bozori tarkibini tashkil etuvchi jahon bozorida alohida tarkibiy tuzilmalar, tarmoqlar va o‘ziga xos bozorlarning shakllanishiga olib keldi.
Umuman olganda, jahon bozorini quyidagilarga bo'lish mumkin:
- tovarlar bozori;
- xizmatlar bozori;
- mehnat bozori;
- kapital bozori.
Jahon tovar bozori yoqilg'i va xom ashyo, qishloq xo'jaligi va sanoat tovarlari tarmoqlariga bo'lingan.
Xom ashyo yoki xom ashyo - o'rganilgan, o'rganilgan va qazib olingan tabiiy resurslar. Ular mahsulotning moddiy asosini tashkil qiladi va asosiy materiallar hisoblanadi. Zamonaviy sanoat tomonidan iste'mol qilinadigan barcha turdagi xom ashyo ikki katta guruhga bo'linadi: sanoat xom ashyosi va qishloq xo'jaligi xom ashyosi. Sanoat xom ashyolari mineral kelib chiqishi va sun'iy ravishda olingan xom ashyolarga bo'linadi. Xalqaro amaliyotda qishloq xo‘jaligi xom ashyosiga ko‘pincha oziq-ovqat resurslari, chorvachilik mahsulotlari, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo va boshqalar kiradi.
Bozor funktsiyalari, jamiyatda o'rnatilgan bozor munosabatlari iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga katta ta'sir ko'rsatadi, bir qator muhim funktsiyalarni bajaradi: Axborot, vositachilik, narx belgilash, tartibga solish, sanitariya.
Axborot funktsiyasi. Doimiy ravishda o'zgarib turadigan narxlar va kreditlar bo'yicha foiz stavkalari orqali bozor ishlab chiqarish ishtirokchilariga bozorga etkazib beriladigan ushbu tovar va xizmatlarning ijtimoiy zarur miqdori, assortimenti va sifati to'g'risida ob'ektiv ma'lumot beradi.
O'z-o'zidan sodir bo'ladigan operatsiyalar bozorni ulkan kompyuterga aylantiradi, juda katta hajmdagi ma'lumotlarni to'playdi va qayta ishlaydi va u qamrab olgan butun iqtisodiy makon bo'yicha umumlashtirilgan ma'lumotlarni ishlab chiqaradi. Bu har bir korxonaga o'z ishlab chiqarishini o'zgaruvchan bozor sharoitlari bilan doimiy ravishda solishtirish imkonini beradi.
Funktsiya vositachi hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan yakkalanib qolgan ishlab chiqaruvchilar chuqur ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida bir-birlarini topib, faoliyatlari natijalarini almashishlari kerak. Bozorsiz ijtimoiy ishlab chiqarishning aniq ishtirokchilari o‘rtasida muayyan texnologik va iqtisodiy bog‘liqlik qanchalik o‘zaro manfaatli ekanligini aniqlashning deyarli imkoni yo‘q. Adolatli rivojlangan raqobat sharoitida iste'molchi optimal yetkazib beruvchini tanlash imkoniyatiga ega (mahsulot sifati, narxi, yetkazib berish muddati, sotishdan keyingi xizmat ko'rsatish va boshqa parametrlar bo'yicha). Shu bilan birga, sotuvchiga eng munosib xaridorni tanlash imkoniyati beriladi.
Narx belgilash funktsiyasi. Mahsulotlar va xizmatlar bozorga odatda bir xil maqsadda kiradi, lekin teng bo'lmagan miqdorda moddiy va mehnat xarajatlarini o'z ichiga oladi. Ammo bozor faqat ijtimoiy zarur xarajatlarni tan oladi, faqat mahsulot xaridori to'lashga rozi bo'lgan xarajatlar. Demak, bu yerda ijtimoiy qadriyatning in'ikosi shakllanadi, uni hech bir kompyuter hisoblashga qodir emas. Buning yordamida ishlab chiqarish, ehtiyojlar va bozor sharoitlarining o'zgarishiga javob beradigan narx va narx o'rtasida mobil aloqa o'rnatiladi.
Tartibga solish funktsiyasi eng muhim hisoblanadi. Bu bozorning iqtisodiyotning barcha sohalariga va birinchi navbatda ishlab chiqarishga ta'siri bilan bog'liq. Bozor P. Samuelson tomonidan juda keskin qo'yilgan savollarga javob beradi: nima ishlab chiqarish kerak? kim uchun ishlab chiqarish kerak? qanday ishlab chiqarish kerak? Bozorni raqobatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishni rag'batlantiradi, mehnat unumdorligini oshirish, texnik taraqqiyot va mahsulot sifatini yaxshilashni rag'batlantiradi. Sanoatdan sanoatga kapital oqimi orqali tarmoqlararo raqobat iqtisodiyotning optimal tuzilmasini shakllantiradi va eng istiqbolli tarmoqlarni kengaytirishni rag'batlantiradi. Bozor tizimi rivojlangan mamlakatlarda raqobat muhitini saqlash va saqlash davlat tomonidan tartibga solishning eng muhim vazifalaridan biridir.
Bozorni tartibga solishda narxlarga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan talab va taklif o'rtasidagi munosabatlar muhim rol o'ynaydi. Narxning ko'tarilishi ishlab chiqarishni kengaytirish uchun signaldir, pasayish esa ishlab chiqarishni qisqartirish uchun signaldir. Natijada, tadbirkorlarning o'z-o'zidan paydo bo'lgan harakatlari ko'p yoki kamroq optimal iqtisodiy nisbatlarning o'rnatilishiga olib keladi. Tartibga soluvchi “koʻrinmas qoʻl” borki, bu haqda Adam Smit shunday yozgan edi: “Tadbirkor faqat oʻz manfaatini koʻzlaydi, oʻz manfaatini koʻzlaydi va bu holda u koʻrinmas qoʻl bilan umuman boʻlmagan maqsad sari yetaklaydi. uning niyatlari haqida. O'z manfaatlarini ko'zlab, u ko'pincha jamiyat manfaatlariga ongli ravishda xizmat qilishga intilganidan ko'ra samaraliroq xizmat qiladi.
Sanitizatsiya funktsiyasi. Bozor mexanizmi xayriya tizimi emas. U qattiqqo'l va hatto shafqatsiz. U ijtimoiy tabaqalanish va zaiflarga nisbatan shafqatsizlik bilan ajralib turadi. Raqobat yordamida bozor ijtimoiy ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan beqaror, barqaror bo‘lmagan xo‘jalik birliklaridan tozalaydi va aksincha, tadbirkor va samaraliroq bo‘lganlarga yashil chiroq yoqadi. Buning natijasida butun iqtisodiyotning o'rtacha barqarorlik darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda.
Korxonani boshqarishning zamonaviy konцepцiyasi negizida korxonani sifat
vositasida boshqarish tamoyili yotadi. Bu tamoyilda iste’molchi ehtiyoji birinchi
qringa qqyiladi. Bu tamoyil korxonaga o’z faoliyatining barcha jabhalarida raqobat
ustunligiga erishish imkonini beradi. Ayrim hisob-kitoblarga ko’ra, iqtisodiyotning
real sektorida faoliyat yurituvchi korxonalarida sifatni boshqarish tizimini joriy
etishda muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sababi mahsulot sifatini oshirish va ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish o’rtasidagi zidlikdir. Bu muammoni faqatgina
sifatni boshqarish yo’li bilan xal etish mumkin, zero, sifatni boshqarish tizimi
mahsulot ishlab chiqarishning butun xayot цiklini qamrab oladi.
Mahsulot sifati korxona faoliyatini rejalashtirish va uni aniqlashda
qqllaniladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, unda mehnatni tashkil qilish,
ishlab chiqarishning jihozlanish darajasi, mutaxassislarning malakasi, boshqarish
xolati ifodalanadi.
Korxona ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va
boshqa ko’rsatkichlari mahsulot sifatining yaxshilanishi bilan uzviy tarzda
bog’liqdir. Xozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan xolda mamlakatimiz
korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eng yuqori texnik-iqtisodiy,
estetik va boshqa talablarga muvofiq bo’lishi, jahon bozorida raqobat qila olish
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak
Jahonda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan chiqish sharoitida xamma mamlakatlar o’z iqtisodiy tizimlarining barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashga e’tibor qaratishmoqda. Bunday murakkab vaziyatda istiqbolni belgilab olish, eskicha qarashlar qolipidan voz kechish talab etiladi.
. Xususan, iqtisodiyot soxasidagi muhim yo’nalishlardan biri, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko’lamda integratsцiyalashuvini ta’minlash, deb belgilandi. «Iqtisodiyotning barcha
sohalarida raqobatbop va eksportbop tayyor mahsulotlarning turi va salmog’ini
ko’paytirish, jadal xarakat kilib, jahon bozoridan o’zimizga munosib mustahkam
o’qrin egallashimiz kerak. Buning uchun qayta ishlashning 3- 4 bosqichli tizimiga
o’qtishimiz, raqobatga bardoshli mahsulot tayyorlash va eksport qilishni
rag’batlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak».
Qo’yilgan vazifalarni samarali xal etish xar bir korxona rahbarlaridan o’z
iqtisodiy tizimi barqarorligini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish
imkoniyatlarini doimiy ravishda aniqlab, ishga solish zarurligini ko’rsatadi. Bozor
munosabatlariga o’tish mahsulot ishlab chiqaruvchilar va uni iste’mol qiluvchilar
orasidagi munosabatlarda prinsipial o’zgarishlarni taqozo qiladi: mahsulot ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar orasida to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatiladi.
Korxonalar o’rtasidagi munosabatlar mahsulot sifatini hisobga olgan xolda
faqat xo’jalik hisobi asosida quriladi. Bunday sharoitlarda korxonalar o’rtasidagi
qqshimcha bqg’inlar yqq bo’ladi, ya’ni mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona
xaridor oldida iqtisodiy mas’uliyatlidir. «Xaridor xar doim xaq» prinsipiga ko’ra
iste’molchi amaldagi qonunchilik yoki shartnoma shartlari bo’yicha sifatsiz
mahsulotdan ko’rgan zararni qrnini qoplashga haqlidir. Bu narsa sifatli mahsulot
ishlab chiqarishga qo’shimcha rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Samarali sifatni boshqarish tizimini yaratish muammolariga mahalliy va
xorijiy tadqiqotchilar tomonidan muntazam ravishda katta e’tibor qaratib
kelinayotgan bo’lsada, sifatni boshqarish tizimini takomillashtirib borish va sifatni
boshqarishning tashkiliy chora tadbirlarini amalga oshirish hamda monitoringini
yo’lga qqyishda muammolar saqlanib qolmoqda. Bularning barchasi mamlakatimiz
ishlab chiqaruvchilarining ichki va jahon bozorida raqobatbardoshlikka erishishga
yo’naltirilgan sifatni boshqarish mexanizmini takomillashtirish va uning faoliyat
samaradorligini baholash mavzusi dolzarbligini ko’rsatadi. Mahsulotlar va
xizmatlar raqobatbardoshligiga erishishning asosiy omillaridan biri sifatida
korxonalarda mahsulot sifatini oshirish va boshqarish masalalari ko’plab xorijlik
olimlarning ishlarida yoritilgan va asoslab berilgan. Xususan, mahsulot sifatini
belgilab beruvchi omillarni qrganish masalasi xorijlik olimlarlardan E.BemBaverk, L.Valьras, U.Jevons, D.Lokk, F.Krosbilarning ishlaridan qrin olgan.
Boshqaruv: Yaxshi boshqaruv kapitalni jalb qiladi. Kabi ba'zi Yaqin Sharq mamlakatlari Saudiya Arabistoni ularni isloh qilishda ijobiy qadamlar qo'ydi sud tizimlari yoki ularni moslashtirish kapital bozori xalqaro standartlarga muvofiq qonunlar. Samarali va qobiliyatli davlat institutlarini barpo etish ustuvor vazifa bo'lishi kerak.
Ushbu iqtisodiyotlarning raqobatbardoshlik darajasini ko'taring. Bunga mintaqaning ta'lim tizimini kapital ta'mirlash va agressiv ravishda sarmoya kiritish orqali erishish mumkin. Agar mintaqadagi ta'lim siyosati istalmagan ko'nikmalarni bozorga etkazib beradigan bo'lsa, xalqaro investorlar, ayniqsa xizmat ko'rsatish sohasiga kirishni xohlamaydilar. Ishsizlik kamida etti arab mamlakatlarida 40% gacha ishlaydi.[9] Ijtimoiy investitsiyalar ko'proq ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan bo'lishi kerak tadbirkorlar, muhandislar, olimlar va MBA bitiruvchilar va kengaytirish o'rta sinf.
Raqobatbardoshlikni oshirish, shuningdek, tezlashtirishni ham o'z ichiga oladi xususiylashtirish dasturlar, savdoni liberallashtirish, investitsiyalar infratuzilma, kapital bozorlarini chuqurlashtirish va bir-biriga bog'lash va ildizlarni yo'q qilish korruptsiya.
Dan foydalanish va kirib borishiga ko'maklashish yangi texnologiyalar. Bu g'oyalar, axborotlarning erkin oqimini kuchaytiradi va tadbirkorlik kuchlarini ishga soladi. Yangi texnologiyalar innovatsiyalarni rag'batlantiradi va investorlar izlayotgan samaradorlikni oshiradi.
Bunga bog'liq ravishda hukumat va biznesga qarshi muvozanat va muvozanatni ta'minlaydigan matbuot va ommaviy axborot vositalarining erkinligi oshmoqda. Yangi texnologiyalar va matbuot erkinligi yoshlarga alohida ta'sir ko'rsatishi va milliy va mintaqaviy darajalarda kelajakdagi strategiyalarni belgilashda ishtirok etishni rag'batlantirishi mumkin edi. Yaqin Sharq mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlik rivojlanib, bilimlar iqtisodiyotiga yo'naltiriladi. Yangi texnologiyalardan foydalanishni ko'paytirish, shuningdek, ko'pincha korxonalar investitsiyalarni to'xtatuvchi omil sifatida ko'rsatadigan byurokratik to'siqlarni kamaytiradi.

2017-yil holatiga ko‘ra, Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi.


Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish. 2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002-yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi.
Bunda eksport tarkibini diversifikatsiyalash va xomashyo mahsulotlari hamda materiallarini eksport qilishdan qochib, qo‘shilgan qiymat ulushi ko‘proq bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqarish, yangi texnologiyalar olib kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Eksportda tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berish mexanizmi tavsiya etildi. Mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
2001-yildan boshlab xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi. 2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabi holatlarda o‘z ifodasini topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.
Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatini oshirish uchun bir nechta muhim chora-tadbirlar mavjud:

1. Infrastruktura va energiya manbalarini rivojlantirish: Mamlakatning energetika tizimi, transport infrastrukturasini joriy etish va yangilash, suv va gaz ta'minoti, elektr energiya taminotini tartibga solish va boshqa infratstrukturaga to'xtovsiz investitsiyalar kiritish kerak.

2. Texnologiyalardan foydalanish: Avval, yangi texnologiyalardan foydalanish, yagona ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish mumkin.

3. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni kuchaytirish: O'zaro hamkorliklarni rivojlantirish, mamlakatning mahsulotlari uchun yangi bozorlar topish va barqaror doimiy mijozlarni jalb qilish uchun marketing va brandingni rivojlantirish.

4. Xodimlarning bilim va ko'nikmalari bo'yicha o'rtasida o'zaro ob-un borligini rivojlantirish: Xodimlarga sifatli o'quv kurslari va texnik jarayonlar bilan ta'lim berish orqali ularning kuchini kengaytirish.

5. Qonunlar va soliq siyosati muvozanatiga e'tibor qaratish: Sarmoya soliq siyosatini rivojlantirish, korxonalar va investitsiya qilishni rag'batlantirish uchun o'zgartirishlar kiritish. Bu, korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish uchun keng imkoniyat beradi.

Farg‘ona davlat universitetida jahon adabiyotining yirik vakili Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Chingiz Aytmatov va jahon adabiyoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘sh va Batken davlat universitetlari, B.Sidikov nomidagi Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti, O‘sh davlat pedagogika universiteti rektorlari ham qatnashdi. Shuningdek, farg‘onalik yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, adabiyot muxlislari ishtirok etdi.
Anjumanni Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib berdi. Barcha mehmonlar va qatnashchilarni tabriklar ekan, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

– Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz xalqining, balki butun Sharqu G‘arb xalqlarining ham sevimli yozuvchisidir. U yaratgan asarlar insoniyatni ezgulikka, to‘g‘rilikka, halollik va mehr-saxovatga, mehnatsevarlik va samimiyatga undashi bilan umrboqiy va o‘lmasdir, – dedi B.Shermuhammadov. – U o‘z asarlari bilan xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Realistik prozaning barcha imkoniyatlaridan samarali foydalanib, jahon adabiyotining badiiy takomiliga sezilarli ta’sir o‘tkaza olgan adib asarlari o‘zbek kitobxonlari uchun ham qadrli va sevimlidir.


Anjumanda ta’kidlanganidek, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi, Mehnat va Qirg‘iz Respublikasi Qahramoni Chingiz Aytmatovning “Jamila”, “Sarvqomat dilbarim”, “Birinchi muallim”, “Somon yo‘li”, “Alvido, Gulsari”, “Oq kema” va boshqa asarlari o‘zbek kitobxonlarga yaxshi tanish. Shu bilan birga, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Kassandra tamg‘asi” kabi asarlarida nainki bir xalq, balki butun insoniyatga taalluqli dolzarb masalalar bosh mavzu sifatida ko‘tarilgan. Uning asarlari dunyoning 170 dan ortiq tillariga tarjima qilingan, chop etilgan kitoblari adadi 80 milliondan oshadi. Yozuvchining qariyb hamma asari o‘zbek tilida nashr etilgan.
Anjuman qatnashchilari – o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik olimlar, talabalar, ijodkorlar adibning jahon adabiyotidagi salmoqli o‘rni va asarlari, ularda ilgari surilgan insonparvar g‘oyalar, adib ijodining bugungi kundagi ahamiyati xususida fikr bildirdi. – Bugungi anjuman ko‘tarinki ruhda o‘tayotgani, tadbirning namunali tashkil etilganidan mamnunman. Buning uchun rahbariyatga, universitet rektoriga minnatdorchilik bildiraman. Ma’ruzalar va mutaxassislar fikrlari ham mazmunan boy bo‘ldi, – dedi O‘sh davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Kapar Zulpukarov. – Bir vaqtlar Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti bo‘lib ishlagan Chingiz Aytmatov ta’kidlaganidek, qardosh hamkasblar uchun tarjimon ham zarur bo‘lmadi. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz, maqsadlarimiz ham mushtarak.

Foydalanilgan adabiyot
https://uza.uz/oz/posts/dillarni-va-ellarni-birlashtirgan-adib_545380
https://baxtiyor.uz/wp-content/uploads/2022/08/11-SINF-O%E2%80%98ZBEKISTON-Tarixi.pdf?ysclid=lpsojjjkqx487874961
https://packpdf.com/doc/tarix/15228-ozbekistonda-ishlab-chiqarish-salohiyatining-oshirilishi-va-jahon-iqtisodiy-tizimiga-integratsiyalashuvi?ysclid=lpsojbkzdb875728401
Yüklə 117,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə