Reja: Bitimlar tushunchasi va turlari



Yüklə 97,5 Kb.
tarix24.12.2022
ölçüsü97,5 Kb.
#97837
Bitim


Mavzu: Bitim
Reja:


1.Bitimlar tushunchasi va turlari
2. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
3. Bitim shakllari
4. Birja bitimlari
5. Bitimning haqiqiy sanalish shartlari
6. O`z-o`zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari
7. Nizoli bitimlarning turlari va ularning haqiqiy sanalmasligi oqibatlari
Bitimlar tushunchasi va turlari
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK, 101-modda).
Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog`liq bo`lib, muayyan huquqiy oqibat tug`dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va tashkilotlarning ma`lum moddiy hamda madaniy ehtiyoj-larini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi.
Bitim shaxslarning erki bilan bog`liq bo`lgan, ularning iroda-sidan kelib chiqadigan harakat bo`lganligi tufayli bitimda ifo-dalangan erk izhor qilinishi, ya`ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug`dirish uchun bitim tuzuvchi shaxslar bitimda o`z erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim bo`ladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, ma`lum mulkni topshirishga yoki ma`lum pulni to`lashga qaratilgan bo`lishi mumkin.
Fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan holatlar sifatida yuridik fakt tarkibiga kiradigan bitimlar boshqa yuridik fakt-lardan farq qiladi. Masalan, yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxslarning erkidan tashqari vujudga kelsa, bitimlar faqat shaxslarning erki bilangina tuziladi.
Bitimlar uchun quyidagi shartlarning bo`lishi muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo`lishi va bu erk ma`lum huquqiy oqibatlar tug`dirishga qaratilgan bo`lishi;
v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda o`zining tashqi ifodasini topishi, ya`ni ma`lum shaklda izhor qilingan bo`lishi kerak.
Fuqarolik huquqi fanida bitimlar o`zlarining belgilari bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi (klassifikatsiya qilinadi):
1. Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko`p tomonlama bo`lishi mumkin. Bir tomonlama bitimdan faqat bir tomonning-gina erki ifodalanadi, huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi bo`yichagina vujudga keladi, o`zgaradi yoki bekor bo`ladi. Bir tomonlama bitimlarga vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch qog`ozi berish, vakolat olmasdan vakillik qilgan shaxsning hara-katlarini vakolat beruvchi ma`qullashini misol qilib ko`rsatsa bo`ladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi.
Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq tuziladi. Bunday bitimlar – shartnomalardir. Ikki tomonlama bitimga, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sug`urta va boshqa shartnomalar kiradi.
Ko`p tomonlama bitimlarda uch va undan ortiq shaxslarning erklari ifodalanadi. Ko`p tomonlama bitimga oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi misol bo`ladi. Ko`p tomonlama bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari o`zaro kelishuvlar, ya`ni shartnomalardir.
Xulosa qilib aytganda, har qanday shartnoma bitim hisoblan-sa ham, har qanday bitim shartnoma bo`la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin.

2. Bitimlar muqobil ijroning bo`lish-bo`lmasligiga qarab haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlarga bo`linadi.


Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo`yicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul to`lash, ishni bajarish, bironta xizmat ko`rsatish singari harakat-larni qilish majburiyatini oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) ijro nazarda tutiladigan bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, sug`urta kabi bir qancha shartno-malardir, chunki ularda tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga bironta harakat qiladi. Masalan, sotuvchi pul evaziga ma`lum mulkni topshiradi.
Tekin, ya`ni haq to`lanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biron-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo`q. Masalan: hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to`g`risidagi shartnomalarni ko`rsatish mumkin.
3. Bitimlar qay paytdan e`tiboran tuzilgan deb hisoblani-shiga ko`ra konsensual va real bitimlarga bo`linadi.
Konsensual bitim deb huquq va majburiyatlarni o`zaro keli-shish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
Real bitim deb o`zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol qilib ko`rsatsa bo`ladi.
Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
Huquq subyektlari o`rtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddatlarda ijro etiladi va bekor bo`ladi.
Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor bo`lishi vaqti ko`rsatilgan bo`lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi. Bitimlarda muddatlar quyidagicha:
a) ma`lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2005 yil 15 sentabr);
b) ma`lum vaqtning o`tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin o`tishini ko`rsatish);
v) ma`lum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish – muz erishi bilan) bilan belgilanadi.
Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa, bunday bitim muddatsiz hisoblanadi. FKning 242-moddasi-da ko`rsatilganidek, agar majburiyatni bajarish muddati ko`rsatil-magan yoki talab qilib olish payti belgilab qo`yilgan bo`lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo`ladi. Majburiyatni darhol baja-rish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kunidan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.
Shartli bitim deb taraflar o`rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi yoki bekor bo`lishi, biron-bir shartga bog`lab qo`yilishiga aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi:
a) sharti kechiktirilgan;
b) bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitimlar.
FK 104-moddasining birinchi qismida aytilganidek, agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma`lum bo`lgan holatga bog`liq qilib qo`ysalar, bitim sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Aytaylik, uy egasi turar joyni ijaraga berilishini o`g`lining ma`lum vaqtga boshqa shaharga o`qishga ketishi sharti bilan bitim tuzadi, agar o`g`li boshqa shaharga ketmasa, bunda taraflar o`rtasida hech qanday huquq ham, majburiyat ham vujudga kelmaydi.
FK 104-moddasining ikkinchi qismi bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitimni ta`kidlaydi. Unda ko`rsatilishicha, agar tarafning huquq va burchlarining bekor bo`lishining yuz berishi yoki bermasligi noma`lum holatga bog`liq qilib qo`ysalar, bunday bitim bekor bo`lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Masalan, turar joyni ijaraga beruvchi fuqaro muayyan bir hol sodir bo`lganda, aytaylik, o`g`lining harbiy xizmatdan qaytgach, uyni bo`shatib berishni shart qilib, ijara shartnomasi tuzgan bo`lsa, o`g`li qaytishi bilan ijara shartnomasi bekor bo`ladi.
Shartli ravishda majburiyat olgan shaxs shartga bog`liq bo`lgan huquqni yomonlashtirish yoki yo`q qilishga qaratilgan harakatlarni qilmasligi kerak.
Agar shartning yuz berishiga, ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor bo`lgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan bo`lsa, bu shart sodir bo`lmagan hisoblanadi (FK, 104-modda, 4-band). Ma-salan, mol-mulklarini sug`urta qildirgan shaxs sug`urta summasini olish maqsadida mol-mulkka qasddan o`t qo`yib yondirsa, bu holda sug`urta summasi to`lanmaydi.

Bitim shakllari


Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar og`zaki va yozma (oddiy yoki notarial tasdiq-langan) shaklda tuziladi (FK, 105-modda, 1-band).


FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraf-larning kelishuvida yozma tasdiqlangan shakl belgilab qo`yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan bitim og`zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.
Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tar-tib belgilangan bo`lmasa, og`zaki shaklda tuzilgan bitim hisob-lanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og`zaki tuzilishi mumkin.
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzi-lishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadim-dan mavjud “sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi. Biroq bunday usulda bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yo`l qo`yiladi. FKning 105-moddasiga asosan sukut saqlash qonun huj-jatlarida yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollar-da bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodaning ifodasi hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakat-laridan bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan hol-larda ham bunday bitim tuzilgan hisobanadi. Bu usulda tuzilgan bitimlarning nomi lotincha “konklyudo” so`zidan olingan bo`lib, “tuzaman” degan ma`noni anglatadi. Konklyudent harakatlar shun-day harakatlarki, ular og`zaki shaklda ham, yozma shaklda ham ifoda etilmagan bo`lsada, shaxsning niyati, maqsadi haqida o`z-o`zidan guvohlik berib turadi. Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga:
a) oddiy yozma;
b) notarial idoralarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo`linadi.
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o`z ichiga olgan va taraflar (yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytila-di. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi:
1) yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari (chunki, yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuri-dik shaxslarning mulki va mablag`lari uning balansida aks etti-rilishi kerak. Binobarin, yuridik shaxsning turli bitimlar tuzish orqali ko`rgan daromadi yoxud zarari ham buxgalteriya balanslarida rasmiylashtirilishi kerak);

2) fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa – bitim summasidan qat`i nazar boshqa bitimlar.


Yozma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanishi kerak. Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa biron sabablar tufayli bitimni imzolay olmasa, bu holda uning topshirig`iga binoan boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim tuzuvchi ishlab yoki o`qib turgan tashkiloti va yashash joyidagi uy boshqarmasi yoki u davolanayotgan muassasaning ma`muriyat yoxud notarial idora tomonidan tasdiq-lanishi lozim. Bunday hollarda bitim tuzgan shaxsning o`zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi, albatta, ko`rsatilishi kerak.
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot rahbarining imzosi va muhri bo`lishi lozim. Ba`zi yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita imzo: tashkilot rahbari va boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki buxgalterning imzosi bo`ladi.
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogram-malar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasi mazmuni-ni belgilaydigan boshqa hujjatlarni o`zaro ayirboshlash, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.
Ba`zi hollarda yozma tuzilgan bitim qo`shimcha talabga ham javob berishi lozim (muayyan shakldagi tuzilishi, muhr bilan tasdiqlanishi va h.k.).
Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi ta-rafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Bu qoida og`zaki tadbirkorlik bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi.
Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi-ni, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko`rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi (FK, 109-modda).
Oddiy yozma shaklga rioya qilmasdan tuzilgan bitim qonun yoki taraflarning kelishuviga bevosita zid bo`lmasa, o`z o`zicha haqiqiy bo`lib sanalsa ham, nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligi-ni va uning mazmunini guvohlarning ko`rsatmalari bilan isbotlab bo`lmaydi.
Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat xati bo`lgan, notarius tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan yozma hujjatga aytiladi. Notarial shakldagi bitim uni tuzuvchilar yoki vakillari tomonidan notarius huzurida imzolanadi.
Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonun[93]da ko`r-satilgan yoki taraflardan biri talab qilgan hollardagina maj-buriydir. Jumladan, uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga qo`yish shartnomalari va boshqa ba`zi shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish to`g`risidagi bitim (vasiyatnoma) notarial tartibda tasdiqlanishini talab qiladi.
Bitimlarning oddiy yozma va notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi ba`zi muhim asoslar bo`yicha belgilangan, chunonchi:
birinchidan, bitimning yozma shakli bitim tuzilganligi fakti-ni bir tomonning bayonotiga yoki guvohlarning ko`rsatmalariga qara-ganda asosliroq isbotlaydigan dalil bo`la oladi;
ikkinchidan, yozma shakl og`zaki shakldan ko`ra bitimning haqi-qiy mazmunini aniqlashga yaxshiroq yordam beradi va zarur hollar-da uni tegishli davlat organlari tomonidan tekshirilishini yen-gillashtiradi. Shu nuqtai nazardan bitimning insofsiz ishtirok-chilari tomonidan ba`zi hollarda yo`l qo`yiladigan suiiste`molchi-liklarga qarshi ma`lum darajada garov bo`lib xizmat qiladi;

uchinchidan, bitimning yozma shakli taraflar uchun majburiy bo`lishi – yuridik faktlarni hujjatlashtirish va taraflarning faoliyatlari ustidan nazorat olib borish imkoniyatini beradi;


to`rtinchidan, bitimlarning yozma shaklda rasmiylashtirilishi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini muayyan tartibga, o`z erklarini aniq ifoda etishga va bitim bilan nazarda tutilgan shartlarni puxta bajarishga o`rgatadi.
Qonun ba`zi hollarda bitimlarning yozma yoki notarial shakl-da rasmiylashtirilishidan tashqari tegishli davlat muassasa-larida qayd etilishini (ro`yxatdan o`tkazilishini) talab qiladi. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak (FK, 111-modda).
Qonun bo`yicha talab qilinadigan shaklga rioya qilmaslik oqi-batida qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan taqdirdagina bitim-ning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi. Jumladan, bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro`yxatidan o`tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o`z o`zidan haqiqiy bo`lmaydi (FK, 112-modda, 1-qism). Bunday hollarda bitim tuzgan taraflar har bir bitimga binoan olingan hamma narsani qaytarishga, buning imkoniyati bo`lmaganda, agar haqiqiy bo`lmagan bitimning boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo`lsa, uning qiymatini pul bilan to`lashga majbur bo`ladi.
Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadi-gan bitimni to`la yoki qisman bajargan bo`lsa, ikkinchi taraf esa – bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo`yicha uni haqiqiy hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi (FK, 112-modda, 2-qism).
Agar davlat ro`yxatidan o`tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo`lib, ammo taraflardan biri uni ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida qaror chiqarishga haqli. Bunday hollarda bitim sud qaroriga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi (FK, 112-modda, 3-band).

Birja bitimlari


Bitimlar orasida birja bitimlari o`ziga xos xususiyatga ega. Birja avvaldan tayinlanadigan manzil va vaqtda belgilangan qoidalar asosida ochiq savdo-sotiq o`tkazish orqali birja tovar-lari bilan erkin ulgurji savdo qilish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxsdir[94].


Birjalarda quyidagi bitimlar tuzilishi mumkin:
– bor (mavjud) tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan, tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar topshirish-ni ko`zda tutuvchi oldi-sotdi bitimlari;
– forvard bitimlar, ya`ni bir tovarni yetkazib berish muddat-larini kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;
– fyuchers bitimlar, ya`ni standart kontraktlarga doir oldi-sotdi bitimlari;
–opsion bitimlar, ya`ni tovarlarni yoki tovarlar yetkazib be-rish kontraktlarini belgilangan narxlar bo`yicha kelgusida xarid qilib olish yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlar.
Forvard va fyuchers bitimlari hamda opsionlar savdosini amalga oshiruvchi birja o`zining hisob-kitob (kliring) markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi shart.

Birjalarda tuzilgan bitimlarda tegishli taraflardan tash-qari vositachilar ham qatnashadilar. Bunda vositachilik vazifasi-ni broker (oldi-sotdi bitimlar tuzilishida o`z mijozlarining topshirig`i bo`yicha va ularning nomidan vositachilik xizmatlarini amalga oshiruvchi shaxs) amalga oshiradi.


Birja bitimlari birjalarda ro`yxatdan o`tkaziladi va ular notarial tasdiqlanishni talab etmaydi (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari).
Birja bitimlarining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, ijro o`rni va muddatidan boshqa) oshkor etilishi mumkin emas.
Birja bitimlari birja nomidan va uning hisobidan tuzili-shi mumkin emas.
Birja bitimlari faqat yozma shaklda tuziladi.
Bitim bilan bog`liq nizolar oldin birjalar hakamlik (ixtilof) komissiyasida hal etiladi. Qarordan rozi bo`lmagan tomon sudga murojaat etishga haqli.

Bitimning haqiqiy sanalish shartlari


Bitimlar haqiqiy sanalishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi:


birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida chiqarilgan aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq bo`lishi;
ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega bo`lishlari;
uchinchidan, bitimlar ko`rinish uchungina tuzilmay, balki chindan ham yuridik oqibat tug`dirish maqsadida tuzilgan bo`lishi;
to`rtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Shuningdek, xo`jalik shartnomalarini xo`jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati (yoki advokati)ning imzosisiz tuzishga yo`l qo`yilmaydi. Ayni vaqtda, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnoma-lari yuridik xizmati (yoki advokati)ning yozma xulosasidan keyin-gina tuziladi[95].
Yuqorida ko`rsatilgan talablarga rioya qilinmay tuzilgan bi-timlar tuzilgan paytdan e`tiboran o`z o`zidan haqiqiy sanalmaydi. Bunday bitimlar mutlaq haqiqiy sanalmaydigan bitimlar deb atalib, hech qanday huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Mutlaq haqiqiy sanalmaydigan bitimlar jumlasiga qonun talablariga muvofiq bo`lmagan (FK, 116-modda), O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda tuzilgan (O`zbe-kiston Respublikasi JKning 175-moddasi), o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxs tomonidan tuzilgan (FK, 117-modda), qalbaki va ko`zbo`yama-chilik uchun tuzilgan bitimlar (FK, 124-modda) o`z o`zidan haqiqiy sanalmaydi.
Haqiqiy sanalmaydigan bitim yuzasidan ijroni, mulk topshirilishini yoki pul to`lanishini talab qilish mumkin emas.
Bitim butunlay haqiqiy sanalmaganidek, ba`zi hollarda uning ayrim qismi haqiqiy bo`lmasligi mumkin. Bitimning muhim qismi, ya`ni uning narsasini, yuridik tabiatini yoki maqsadini va boshqa muhim shartlarini ko`rsatuvchi bandlari haqiqiy bo`lmaga-nida bitim butunlay yuridik kuchga ega bo`lmaydi. Masalan, fuqa-roning o`ziga uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasini sotishi to`g`risida tuzgan bitimi butunlay haqiqiy sanalmaydi.
Bitimning muhim bo`lmagan qismlari, ya`ni bitimning yuqorida ko`rsatilgan ahamiyatga ega bo`lmagan bandlari qonunga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qolgan, qonunga xilof bo`lmagan qismla-ri haqiqiy sanaladi. Bu haqda FKning 128-moddasida bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga bu haqiqiy sanalmagan qism qo`shilmasa ham u tuzilgan bo`lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo`lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`lmaydi, deb ko`rsatilgan.
Haqiqiy bo`lmagan bitim, bu to`g`rida da`voning qilinish-qilinmasligidan qat`i nazar, tuzilgan paytdanoq o`z-o`zidan mutlaqo haqiqiy emas deb taniladi. Agar butunlay bitim sud yoki xo`jalik sudi muhokamasida bo`lsa, faqat uning haqiqiy emasligi ta`kidlanadi va unga binoan qonunda ko`rsatilgan oqibatlarning tatbiq etilishi lozimligi ko`rsatiladi.
Yuqorida ko`rsatilgan o`z-o`zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim-lardan tashqari nizoli bitimlar ham bo`ladi. Bunday bitimlarning sodir bo`lmasligi uchun: birinchidan, bitimni tuzuvchi shaxs o`z tomo-nidan tuzilayotgan bitimning xarakterini va huquqiy oqibatlarini aniq, ravshan bilishi; ikkinchidan, bitim tuzuvchi shaxsning erki o`zi tomonidan, boshqa birovlarning ta`siridan tashqari holda ifodalanishi; uchinchidan, bitim tuzuvchi shaxsning erki yetarli darajada yetuk, mukammal bo`lishi kerak.
Yuqorida ko`rsatilgan talablarga rioya qilmaslik tuzilgan bitim tuzilishi paytida haqiqiy sanalsa ham, keyinchalik bunday bitimlar to`g`risida nizo qo`zg`atilishi mumkin. Bunday bitimlar tuzilganidan so`ng taraflarga nisbatan muayyan huquq va majbu-riyatlar da`vo qo`zg`atilgani holda u haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Nizoli bitimlar jumlasiga, o`z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan (FK, 121-modda) yanglishish ta`sirida tuzilgan (FK, 122-modda), aldash, zo`rlik, qo`rqitish bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishuvi yoki og`ir holatlar yuz berishi ta`sirida tuzilgan (FK, 123-modda), muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan (FK, 120-modda), yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimlar (FK, 125-modda) kiradi.
Bunday nizoli bitimlar to`g`risida da`voni jabrlangan shaxs-ning o`zi, prokuror yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko`zlab sudga murojaat qilish huquqiga ega bo`lgan davlat organlari, jamoa xo`jaligi, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari hamda ayrim fuqarolar qo`zg`ata oladilar.
Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa, haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan to`xtaydi (FK, 127-modda).
O`z-o`zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaydigan mazmun-dagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoxud axloq yoki axloq asos-lariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim, FKning 116-modda-sida ko`rsatilganidek, o`z-o`zidan haqiqiy emasdir. Bu moddada ko`rsatilgan “qonun” so`zi keng ma`noda qo`llaniladi. Bu modda fa-qat O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan chiqarilgan hujjatlarni buzib tuzilgan bitimlargagina emas, balki qonunlar asosida chiqarilgan barcha hujjatlarni ham buzib tuzilgan bitimlarga tatbiq etiladi.


Qonun talablariga muvofiq bo`lmagan bitim haqiqiy sanalma-gani holda, bunday bitim bo`yicha taraflarning har biri ikkinchi tarafga bitimga binoan olingan hamma narsani qaytarishga, olin-gan narsaning o`zini qaytarib berish imkoniyati bo`lmagan holda esa, agar haqiqiy bo`lmagan bitimning boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo`lsa, uning qiymatini pul bilan to`lashga majburdir. Masalan, Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunning 90-moddasiga muvofiq, qiymati bitim tuzish to`g`risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizi-dan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida bo`lgan yirik bitim tuzish to`g`risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi. Agar jamiyatning aktivlarining 50 foizidan yuqori summadagi shartnomani kuzatuv kengashi imzolasa, u haqiqiy emas deb topiladi.
O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof maqsad-larda tuzilgan bitim haqiqiy sanalmaydi. G`araz, yomon niyat bilan atayin davlat va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitim qonunni jiddiy ravishda buzish, deb qaraladi. Binobarin, bunday bitimlarni tuzuvchilar uchun huquq normalarida qattiq mulkiy mas`uliyat belgilanadi hamda bu bitim mutlaqo haqiqiy sanalmaydi. Masalan, fuqaroga uy-joy qurish uchun ajra-tilgan yer uchastkasini butunlay yoki qisman oldi-sotdi to`g`risi-dagi yoki muomaladan chiqarilgan ashyolar, chunonchi: qoradori, nasha va boshqalarni oldi-sotdi to`g`risidagi bitimlar mutlaqo haqiqiy sanalmaydigan bitimlar jumlasidandir.
Bitim atayin davlat va jamiyat manfaatlariga xilof maqsad-larda tuzilganligi sababli haqiqiy sanalmagani holda quyidagicha huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradi:
1) bitim tuzuvchilarning har qaysisida g`araz niyat bo`lsa, har ikki taraf tomonidan bajarilgan bitim yuzasidan olingan hamma narsalar undirilib, davlat daromadiga o`tkaziladi;
2) bitim faqat bir taraf tomonidan bajarilganida esa, ikkinchi tarafdan uning olgan hamma narsasi va uning evaziga bi-rinchi tarafga to`lashi lozim bo`lgan narsalari undirilib, davlat daromadiga o`tkaziladi;
3) bitimlar tuzishda bir tarafdagina g`araz bo`lgan taqdirda, uning bitim bo`yicha olgan hamma narsasi ikkinchi tarafga qaytarib berilishi lozim, ikkinchi taraf olgan yoki bitimning ijrosi eva-ziga olishi lozim bo`lgan narsalar undirilib, davlat daromadiga o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasida O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Qalbaki va ko`zbo`yamachilik uchun tuzilgan bitimlar ham haqiqiy sanalmasligi mumkin.
Qalbaki bitim – taraflarning kelishuvi bo`yicha yuridik oqibatlar tug`dirmaslik niyati bilan faqat ko`rinish uchungina tuzilgan bitim bo`lib u haqiqiy sanalmaydi (FK, 124-modda).
Ko`zbo`yamachilik uchun tuzilgan bitim deb boshqa bir bitimni yashirish maqsadida tuzilgan bitimga aytiladi. Agar bitim boshqa bir bitimni yashirmoq uchun tuzilgan bo`lsa, bu holda taraflar tomonidan haqiqatda nazarda tutilgan bitimga oid qoidalar qo`llaniladi. Ko`zbo`yamachilik uchun tuzilgan bitim barcha hollarda haqiqiy sanalmaydi. Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga javob berish-bermasligiga qarab yo haqiqiy bo`ladi yoki haqiqiy emas deb topiladi.
Agar ko`zbo`yamachilik uchun tuzilgan bitim qonunga xilof bo`lsa ham, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan bo`lsa, har ikki tarafning bitim yuzasidan narsa olganlari bir-biriga qayta-riladi. Ammo bitim jamiyat va davlat manfaatlariga xilof maq-sadlarda tuzilgan bo`lsa, har ikki tarafning olgan narsasi davlat daromadiga o`tkaziladi.
Muomalaga layoqatsiz shaxslar tomonidan tuzilgan bitimlar to`g`risida shuni aytish kerakki, bitimning haqiqiy sanalishi uchun uni tuzuvchi shaxslar muomalaga layoqatli bo`lishlari kerak.
Muomalaga layoqatsiz fuqarolar, jumladan, ruhiy kasallar yoki o`n to`rt yoshga to`lmagan bolalar uchun bitimlarni ularning qonuniy vakillari: ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki vasiylari tuzadilar.
O`n to`rt yoshga to`lmaganligi, shuningdek ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimlar haqiqiy sanalmaydi, taraflarning har qaysisi bitim yuzasidan olgan narsalarining hammasini ik-kinchi tarafga qaytarishga majbur, olingan narsani natura barava-rida qaytarishi mumkin bo`lmasa, uning qiymatini pul bilan to`lashga majbur.

Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan bo`lsa, yoki bilishi lozim bo`lgan bo`lsa – uning bitim tufayli qilgan xarajatlarini, mulkining yo`qolishi yoki zararlanishidan kelgan ziyonlarni shu voyaga yetmagan shaxsga to`lashga majbur.


Yosh bolalar tuzilish vaqtidayoq ijro etiladigan mayda maishiy bitimlar, jumladan, qalam, daftar, umuman o`zlari uchun zarar bo`lgan narsalarni olish bo`yicha bitim tuzishlari mumkin.

Nizoli bitimlarning turlari va ularning haqiqiy sanalmasligi oqibatlari


O`n to`rt yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmagan o`smir-lar qisman muomala layoqatiga ega bo`lsalarda, bitimlarni ota-onalari, farzandlikka olganlar yoki homiylari roziligi bilan tuzadilar. Ammo ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan va o`zlari uchun zararli bo`lmagan maishiy bitimlarni mustaqil ravishda tuzishlari mumkin. O`smir tomonidan tuzilgan bitim (agar bu bitim uning ota-onalari yoki farzandlikka olgan yoxud homiylari roziligidan tashqari tuzilgan bo`lsa) ota-onalari-ning yoki farzandlikka olganlarning yoxud homiylarining da`vosi-ga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Demak, bunday bitimlar, umuman, haqiqiy sanalsada, ular to`g`risi-da nizo qo`zg`atilishi va bitim tuzuvchilarning qonuniy vakillari tomonidan qo`zg`atilgan da`volarga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday holda, mazkur bitim bo`yicha taraflarning har qaysisi bitim yuzasidan olgan narsalarining hammasini ikkinchi tarafga qaytarishga, olingan narsani natura baravarida qaytarish mumkin bo`lmasa, uning qiymatini pul bilan to`latishga majbur. Muomalaga layoqatli taraf, bundan tashqari, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan bo`lsa, yoki bilishi lozim bo`lgan bo`lsa, uning bitim tufayli kelgan xarajatlarini mulkning yo`qolishi yoki zararlanishidan kelgan ziyonlarni shu voyaga yetmagan shaxsga to`lashga majbur.
Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarini sui-iste`mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin (FK, 120-modda).
O`z harakatlarining ahamiyatini tushunishga yoki ularni boshqa-rishga qobiliyatli bo`lmagan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim deb muomalaga layoqatli bo`lsa-da, bitim tuzish paytidan qandaydir ta`sirlar ostida (Masalan: gipnoz, psixotropik dori) o`z harakat-larining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan holatda bo`lgan shaxs tomonidan tuzilgan bitimga ayti-ladi. Bunday bitim sud tomonidan ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Yuqorida ko`rsatilgan ikki holdan birinchisida da`volar muomalaga layoqati cheklangan fuqaro tomonidan uning homiysi qo`zg`atsa, ikkinchi holda, ya`ni bitim muomalaga layoqatli shaxs tomonidan tuzilgan holda uning o`zi tomonidan qo`zg`atilishi mum-kin. Agar bunday bitimlar haqiqiy emas deb topilsa, taraflar-ning har qaysisi bitim yuzasidan olingan barcha narsalarini ik-kinchi tarafga qaytarishga, agar olingan narsani natura baravari-da qaytarish mumkin bo`lmasa, uning qiymatini to`lashga majbur bo`ladi.
Bundan tashqari, bitim tuzish paytida o`z harakatlarining ahamiyatini tushunmagan yoki ularni idora eta olmagan tarafga ikkinchi taraf, agar o`zi bilan bitim tuzgan fuqaroning shunday holatda bo`lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo`lsa, uning bitim yuzasidan qilgan xarajatlarini, mulkning yo`qolishi yoki zararla-nishi sababli ko`rgan ziyonlarni to`lashi lozim.
Jiddiy ahamiyatga ega bo`lgan yanglishish ta`siri ostida tuzilgan bitim yanglishish ta`sirida harakat qilgan tarafning da`vosi bo`yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Jiddiy yanglishish ta`sirida bo`lib bitim tuzishda, bunday bitim tuzuvchi shaxs bitimda narsa, xususan, bu narsaning sifati to`g`risida, bitim tuzuvchi kontragentning (qarshi taraf-ning) shaxsi haqida noto`g`ri tasavvurda bo`ladi.


Agar jiddiy ahamiyatga ega bo`lgan yanglishish ta`sirida tuzil-gan bitim haqiqiy emas deb topilsa, taraflardan biri ikkinchi tarafga bitim yuzasidan olgan barcha narsalarini qaytarishga, olingan narsani natura baravarida qaytarish mumkin bo`lmaganida esa uning qiymatini to`lashga majbur. Bundan tashqari, o`z da`vosiga ko`ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf, yanglishish ikkinchi tarafning aybi bilan yuz berganligini isbotlay olsa, ikkinchi tarafdan o`ziga yetkazilgan haqiqiy zararni to`lashni talab qilishga haqli. Agar bu hol isbotlanmasa, o`z da`vosiga ko`ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf ikkinchi tarafning talabi bilan, basharti, hatto yanglishishi tarafga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra yuz bergan bo`lsa ham, yetkazilgan haqiqiy zararni unga to`lashi shart (FK, 122-modda).
Aldash, zo`rlash, qo`rqitish ta`siri ostida yoki bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda yoxud fuqaro uchun og`ir holatlarning yuz berishi oqibatida tuzilgan bitim jabrla-nuvchining da`vosi bo`yicha haqiqiy sanalmasligi mumkin.
Aldash ta`siri ostida bitim tuzilishida bitim tuzuvchi ikkinchi tomonni atayin yomon niyat bilan yanglishtiradi. Bu holda aldanuvchi tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari to`g`risida noto`g`ri tasavvur qiladi. Uy-joylarni egalikka berish haqidagi qaror va unga asosan egalik huquqi to`g`risida berilgan order bi-timlar fuqarolik qonunchiligida belgilangan asoslarda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qo`rqitish ta`siri ostida bitim tuzilishida jabrlangan shaxs o`ziga yoki yaqin kishilariga biror mulkiy yoki shaxsiy zarar yetkazilishidan qo`rqib, bitim tuzishga majbur bo`ladi.
Zo`rlik deyilganda boshqa shaxsning erki shu shaxsni bitim tuzishga majbur qilish maqsadida uning o`ziga yoki yaqin kishilariga jismoniy azob yetkazishdan iborat bo`lgan g`ayriqonuniy qilmish tushuniladi.
Bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishuvi tufayli bitim tuzilsa, vakilning yoki u bilan bitim tuzuvchining manfaatlari nazarda tutilib, unda vakil qilinuvchi-ning zarariga qaratilgan harakat qilinadi. Masalan, muayyan narsa sotib olish uchun vakil qilingan shaxs sotuvchi bilan yomon niyatda o`ziga ma`lum mukofot berilishi sharti bilan narsani yuqori bahoda sotib olish to`g`risida kelishsa, yuqoridagi hol yuz beradi.
Og`ir holatlarning vujudga kelishi tufayli tuzilgan bitimda taraflar biri qattiq muhtojlik ta`sirida harakat qiladi va o`zi zarari ochiqdan-ochiq ko`rinib turgan bitimni tuzadi.
Aldash, zo`rlik, qo`rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta`sirida tuzilgan bitim, shuningdek og`ir holatlar yuz berishi tufayli tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilsa, bu holat ikkinchi taraf bitim yuzasidan olgan narsasini jabrlanuvchiga qaytarishi, olingan narsani natu-ra baravarida qaytarishi mumkin bo`lmaganida esa, uning qiyma-tini to`lashi lozim. Bitim yuzasidan jabrlanuvchining ikkinchi tarafdan asossiz olingan mulki davlat daromadiga o`tkaziladi. Bundan tashqari, ikkinchi taraf bitimning haqiqiy emas deb topilishi tufayli vujudga kelgan xarajatlarning, yo`qolgan mol-mulk va yetkazilgan zararni jabrlanuvchiga to`lashi shart (FK, 123-modda).
FKning 125-moddasiga asosan, yuridik shaxs tomonidan uning ta`sis hujjatlarida (ta`sis shartnomasi, nizom, ustavi) aniq chegaralab qo`yilgan maqsadlarga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug`ullanishga litsenziyasi bo`lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da`vosi bo`yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Vakillik deb bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor qiladi (FK, 129-modda).Vakillikning mohiyati shundaki, bunga asoslanib tuzilgan bi-timlar faqat vakolat beruvchi uchungina muayyan huquq va majbu-riyatlarni tug`diradi, o`zgartiradi va bekor qiladi.
Vakilning shax-san o`zi esa, bitimlar yuzasidan hech qanday huquq va majburiyatlar olmaydi. Kishining shaxsi bilan bog`liq bo`lgan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan bitimlarni vakil orqali tuzishga yo`l qo`yilmaydi. Masalan, nikoh shartomasiga kirishish alimentlarni undirish yoki to`lash bilan bog`liq majburiyatlar.
Vakillik orqali huquq layoqatini amalga oshirish, ya`ni huquqlar olish va majburiyatlarni bajarish mumkin bo`lmaganligi sababli vakillarning xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj bo`ladilar. Chunonchi, fuqaro o`ziga qarashli uy-joyni vakil orqali boshqarish yoki sotishi, tashkilotlar esa, vakillar orqali bir-birlari bilan har xil shartnomalar tuzishlari mumkin.
Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil bo`lishlari, vakil-lik qilishlari mumkin. Istisno sifatida ayrim hollarda o`n olti yoshga to`lib, pasport olgan fuqaro ham vakil bo`lishi mumkin. Fuqarolarning faqat bir-birlari uchungina emas, ba`zi hollarda tashkilotlar uchun ham vakil bo`lishlariga qonun yo`l qo`yadi. Masalan, savdo va ta`minot bo`limlarining agentlari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar tashkilotlarning vakillari sifatida ish bajaradilar.
Yuridik shaxs faqat o`z ustavida nazarda tutilgan hollarda yoki o`z faoliyatining xarakteriga muvofiq bo`lgandagina fuqaro-larning vakil yoki boshqa yuridik shaxs vakili sifatida harakat qilishi mumkin.
Tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, shuningdek fuqarolar-ning shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo`riqlash maqsadida qonun kimlarning vakil sifatida harakat qila olmasligini belgilaydi. Jumladan, tashkilotning bosh buxgalteriga o`zi ishlab turgan tashkilot uchun bankdan va moliya organlaridan naqd pul, shuningdek boshqa tovar, moddiy boyliklar olishga yo`l qo`yilmaydi. Savdo korxonalari va boshqa tashkilotlar o`zlaridan olingan vakolatno-malar yuzasidan hisobot bermagan mansabdor shaxslarni tovar va boshqa ashyolarni olish uchun vakil qila olamaydi.
Sudda: voyaga yetmagan shaxslar, vasiylik va homiylik ostidagi shaxslar fuqarolarning vakillari sifatida qatnasha olmaydilar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar qonuniy vakil sifatida (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) shuningdek tegishli sud yoki prokuraturaning vakili sifatida qatnashish hol-laridan tashqari, sudda vakil bo`la olmaydilar (FPK, 51-modda).
Vakolat beruvchi har qanday shaxs muomalaga layoqatli va muomalaga layoqatsiz fuqarolar ham, shuningdek yuridik shaxslar ham bo`lishi mumkin.
Vakolat va uning turlari
Vakil o`zida bo`lgan vakolatga binoan o`zini vakil qiluvchiga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor qiladi. Binobarin, vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq tushuniladi. Vakilning vakolatlari qonunga, sud qaroriga, vakil qilingan davlat organlarining hujjatiga yoki ishonchnomaga asoslangan bo`lishi mumkin.
Vakil o`z vakolatini vakolat beruvchining manfaatlarini ko`zlabgina amalga oshirishga majbur. Binobarin, vakil o`ziga vakolat bergan shaxs nomidan, shaxsan o`ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo`lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas – tijorat vakilligi bo`lgan hollar bundan mustasno. (FK, 129-modda, 3-band).
Agar oshkora shaxs nomidan harakat qilish uchun hech qanday vakolat bo`lmasa yoki vakolatli bo`lsa ham uning doirasidan chetga chiqilgan bo`lsa – bu holda tuzilgan bitimlar bo`yicha kim nomidan harakat qilgan bo`lsa, mazkur shaxs uchun huquq va majburiyatlar vujudga kelmaydi.
FKning 132-moddasida ko`rsatilganidek, boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs keyinchalik ma`qullangan taqdirdagina, uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o`zgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim ma`qullangan hisoblanadi.
Vakil qiluvchi tomonidan bitimning kelgusida ma`qullanishi u tuzilgan vaqtdan e`tiboran haqiqiy deb hisoblashga huquq beradi.
Bitimlar tuzishda vakil o`z erki bilan harakat qiladi. Bu holda u o`ziga berilgan vakolatning hajmiga, amaldagi huquqiy normalarning qoidalariga, vakil qiluvchining bergan ko`rsatma-lariga asoslanib ish tutadi. Bitim tuzilishida vakilning erki ham vakolat doirasida ifodalanganligi sababli vakilning jiddiy ravishda yanglishi, aldanish, qo`rqitilish yoki zo`rlik ta`sirida tuzilgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Vakil vositachidan farq qiladi. Agar vakil bitim tuzishda boshqa shaxs nomidan harakat qilsa, komissioner boshqa bir shaxs komitent topshirig`i bo`yicha va uning hisobiga harakat qilsa ham bitimni o`z nomidan tuzadi.
Vakil vakil qiluvchi tomonidan yuridik harakatlar qilish, vakil qiluvchi uchun muayyan fuqarolik huquqlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish niyatida bo`lganligining bitim tuzuvchi shaxslarga ochiq-ravshan bildirishi lozim. Vakil-ning bunday niyatda bo`lganligi vakil harakat qilib turgan vaziyatning o`zidan ham ko`rinib turishi mumkin. Masalan: chakana savdo bilan shug`ullanuvchi korxonada ishlovchi sotuvchi, kassir va boshqalarning harakatlarini, ularning muayyan bir tashkilot vakillari bo`lishlarini bildiradi.
Vakil bilan vakolat beruvchi o`rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardan vakilning yuridik harakatlari tufayli, jumladan, u tomonidan tuzilgan bitim tufayli, vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxslar o`rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatni ajratish kerak. Agar vakil bilan vakolat beruvchi o`rtasidagi munosabat (ichki munosabat) shartnomaga, masalan, topshiriq yoki mehnat shartnomasiga asoslangan yoxud boshqa turdagi yuridik faktlarga, chunonchi: tug`ilganlik, vasiylik, farzandlikka olish faktlariga asoslangan vakolat beruvchi bilan uchinchi shaxs o`rtasidagi huquqiy munosabat (tashqi munosabat) vakilning uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimi asosida vujudga keladi.
Vakolat qanday asoslarda vujudga kelishiga qarab, vakillik ikki turga: qonun bo`yicha vakillik va shartnoma bo`yicha, ya`ni ixtiyoriy vakillikka bo`linadi.
Vakillik va uning vakolati normativ akt bilan belgilangan holda bunday vakillik muomalaga layoqatsiz shaxslar: yosh bolalar, ruhiy kasallar, aqli zaiflarning huquq va manfaatlari qo`riq-lanishini ta`minlashga qaratiladi. Sud organlarida vakillik qilish to`g`risidagi qoidalar tegishli qonunlar bilan belgilanadi.

Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va vasiylar FKning 131-moddasida belgilanganidek, qonuniy vakillar hisoblanadilar.


Shartnomali, ya`ni ixtiyoriy vakillikda vakil va uning vako-lati vakil qiluvchining erki bilan belgilanadi. Bunday vakillik-da vakil va uning vakolati vakil qiluvchi tomonidan ko`rsatiladi.
Shartnoma bo`yicha vakillikda mehnat shartnomasiga binoan tashkilot nomidan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi xizmatchi, masalan, tashkilotlarning yurist maslahatchilari, ta`mi-not vakillari va boshqalar vakil bo`lib hisoblanadilar.
Topshiriq shartnomasiga binoan berilgan vakolatnomaga asosan harakat qiluvchi shaxslar ham shartnoma bo`yicha vakil bo`la oladi.
Korxona rahbari korxona nomidan boshqa subyektlar bilan munosabatlarga kirishganda maxsus yozma vakolatnomasiz ish yuritishga haqli.
Ishonchnoma
O`zbekiston Respublikasi FKning 134-moddasida ta`riflani-shicha ishonchnoma deb bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakil-lik qilish uchun beriladigan yozma vakolatga aytiladi. Ishonchli vakil o`ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi. Ishonchnomaning berilishi vakil uchun vakolat belgilashga qaratilgan bir tomonlama bitim sifatida ko`riladi. Ishonchnoma topshiriq shartnomasi, mehnat shartnomasi, ekspeditsiya shartnomasi va boshqa shartnomalar asosida beriladi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonch-noma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko`rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo`lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin (FK, 134-modda, 2-band).
Ishonchnoma bir shaxs, shuningdek bir necha shaxslar nomidan bir yoki bir necha shaxslar nomiga ham berilishi mumkin. Chunonchi, uy-joy qurish kooperativining vakili kooperativ a`zolarining barchasi tomonidan yoki umumiy majlisning vakolatiga binoan bir necha shaxs tomonidan imzolangan ishonchnoma olishi mumkin.
Ishonchnoma vakilning uchinchi shaxslar bilan huquqiy munosa-batlarda bo`lishi uchun tayinlanadi. Ishonchnomaning mazmunidan uning qanday vakolatlarga ega ekanligi, qanday yuridik harakatlar qilishga haqli bo`lishi ko`rinib turadi. Binobarin, vakil ishonchno-mada ko`rsatilgan vakolat doirasida harakat qilib, uchinchi shaxs-lar bilan shartnoma tuzgan bo`lsa, vakil qiluvchi bu shartnomani bajarishdan bosh torta olmaydi.
Ishonochnoma umumiy va maxsus turlarga bo`linadi.
Umumiy ishonchnomada har xil bitimlar va boshqa yuridik harakatlar qilish, masalan, yuridik va jismoniy shaxslarning filiallarini idora etish yoki fuqaroga qarashli mulkni boshqarish uchun berilgan vakolat ko`rsatiladi.
Maxsus ishonchnomada bir turdagi bitimlarni tuzish, masalan, fermer xo`jaliklari va ularning a`zolaridan qishloq xo`jalik mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha bitimlar tuzish uchun vakolat belgilanadi. Faqat biron-bir bitimnigina tuzish, masalan, sotib olib ajratib qo`yilgan tovarni olish uchun berilgan ishonchnoma berganlik maxsus ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchnomada uning qachon berilganligi ko`rsatilishi lozim, aks holda, u haqiqiy sanalmaydi. Ishochnoma ko`pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko`rsatilgan bo`lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o`z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko`rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas (FK, 139-modda).

Tashkilotlar tomonidan tovarlar va boshqa moddiy boyliklar olish uchun beriladigan ishonchnomalarda ularning amalda bo`lish muddati, albatta, ko`rsatilishi kerak.


Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuri-dik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun beril-gan ishonchnoma idora tomonidan tasdiqlangan bo`lishi kerak. FKning 136-137-138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Ishonchnomalarning notarial idoralardan tashqari boshqa tashkilotlar tomonidan tasdiqlanishi FKning 136-137-moddalari bilan belgilanadi. Chunonchi, xat-xabarlar, shu jumladan pul va posilkalar olish uchun beriladigan vakolatnoma, ish haqi hamda mehnat munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan boshqa to`lovlarni, muallif va ixtirochilarga beriladigan haqlarni, pensiyalar, yordam pullari va stipendiyalarni, shuningdek xalq banklaridan tegishli summalarni olish uchun beriladigan ishonchnoma fuqarolar yashab turgan joydagi o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan, ishlab turgan yoki o`qib turgan tashkilot tomonidan, turar joydagi uyga xizmat ko`rsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti tomon-idan, davolanib turgan joyida esa – davolanish muassasasining ma`muriyati tomonidan, harbiy xizmatchi tomonidan ishonchnoma berilganida – tegishli harbiy qism qo`mondonligi tomonidan tas-diqlanishi mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoqda saqla-nayotgan shaxslarga beriladigan ishonchnoma tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi.
Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish yoki topshirishi uchun beriladigan ishonchnoma ushbu yuridik shaxsning bosh buxgalteri tomonidan ham imzolanishi kerak. Bankda operatsiyalarni amalga oshirishga ishonchnoma berish tartibi va uning shakli qonun hujjatlari bilan belgilab qo`yiladi (FK, 138-modda).
Vakilli shaxsiy ishonchga bog`liq bo`lganligi tufayli vakolat olgan shaxs qanday harakatlarni qilishga vakil qilingan bo`lsa, ularni shaxsan o`zi bajarishi lozim. Vakil olgan vakolati yuza-sidan bu harakatlarni bajarishni faqat ishonchnomada ko`rsatilgan hollarda yoki vakolat beruvchining manfaatlarini qo`riqlash uchun ma`lum bir sharoitlar tufayli birovga topshirishga majbur bo`lsagina boshqa shaxsga topshirishga haqli. Vakolatning vakil tomonidan boshqa shaxsga o`tkazilishi mumkinligi nazarda tutilgan ishonchnoma notarial idora tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ishonchnoma FKning 141-moddasida ko`rsatilganidek, quyidagi hollarda bekor bo`ladi: muddat tugashi, ishonchnoma beruvchi tomo-nidan bekor qilinishi, vakolat olgan shaxsning vakillikdan bosh tortishi, nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning bekor bo`lishi, nomiga ishonchnoma bergan yuridik shaxsning bekor bo`lishi, ishonchnoma beruvchi fuqaroning o`limi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan deb topilishi yoki bedarak yo`qolgan deb topilishi, ishonchnoma olgan shaxsning o`lishi, uning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo`qolgan deb topilishi bilan bekor qilinadi.
Ishonchnoma beruvchi xohlagan paytda uni bekor qila oladi, ishonchnoma oluvchi ham undan bosh torta oladi.
Nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning tugashi tufayli ishonchnoma bekor qilingan holda, bunday vazifa vakolat beruvchining huquqini oluvchi shaxslarga ham yuklatiladi. Vakolat beruvchining vafot etishi tufayli ishonchnoma bekor qilingan holda esa, bu vazifa uning vorislariga yuklatiladi.
Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor qilinganligi to`g`risida ishonchnoma bergan shaxsni, shuningdek ishonchnoma yo`naltirilgan uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi kerak. Nomidan ishonch-noma berilgan yuridik shaxs bekor bo`lgan, ishonchnoma bergan fuqaro vafot etgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan holatlarda ishonchnoma bekor bo`lgani haqida xabardor qilish ishonchnoma bergan shaxs huquqi qabul qilib oluvchilar zimmasiga yuklanadi.
Ishonchnoma bekor qilinganidan so`ng vakolat olgan shaxs tomo-nidan qilingan harakatlar to`g`risida FKning 142-144-moddalarida mulkning yo`qolishi yoki zararlanishi sababli ko`rilgan ziyonlarni jabrlanuvchiga to`laydi. Ishonchomaning bekor qilinganligi bilgu-niga yoki bilishi lozim bo`lguniga qadar ishonchnoma bergan shaxs tomonidan uchinchi shaxslarga nisbatan qilingan harakatlar ishonch-noma beruvchi uchun yoki uning huquqlarini oluvchilar uchun o`z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxs tomonidan uning ishonchnoma bekor qilingan yoki tugatilganini bilganidan yoki bilishi lozim bo`lgan vaqtdan so`ng qilingan harakatlar vakolatnoma beruvchi uchun huquq va majburiyat tug`dirmaydi. Ishonchnoma bekor qilinganidan so`ng vakolat olgan shaxs yoki uning vorislari (huquq va majburiyat oluv-chilar) ishonchnomani darhol qaytarishlari lozim.
Ishonchnomaning bekor qilinishi bilan bu ishonchnoma yuzasi-dan boshqa shaxslarga topshirilgan vakolat (o`tkazilgan vakolat) ham o`z kuchini yo`qotadi.
Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə