Dukkakli don ekinlarining umumiy morfologik belgilari



Yüklə 67,94 Kb.
səhifə1/5
tarix18.03.2022
ölçüsü67,94 Kb.
#84559
  1   2   3   4   5
SELEKSIYA BFF2





SELEKSIYA


DUKKAKLI DON EKINLARINING UMUMIY MORFOLOGIK BELGILARI

Dukkakli don ekinlari bargining tuzilishiga ko‘ra 3 ta guruhga: patsimon bargli (ko‘k no‘xat, vika, yasmiq, Burchoq no‘xat); ikkinchisi - uchta bargli (mosh, fasol loviya, soya) va uchinchisi - panjasimon bargli o‘simliklar (lyopin)ga bo‘linadi.

Bu guruh o‘simliklar dastlabki o‘sish va agrotexnikaviy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Birinchi guruhga kiradigan o‘simliklar urug‘ palla (epikotil) hisobiga o‘sadi va shuning uchun urug‘ pallasini tuproq yoziga olib chiqmaydi. Ular ancha chuqur ekish va maysalar paydo bulguncha hamda paydo bo‘lgandan keyin ham yerni boronalash mumkin.

Ikkinchi va uchinchi guruh o‘simliklari dastlabki urug‘ palla osti bugimi (gipoqotil)ning chuzilishi tufayli o‘sadi va urug pallasini tuproq yoziga chiqaradi. Ularning urug‘ini birmuncha yoza ekish va faqat maisa chiqargandan keyin juda ehtiyetlik bilan boronalash mumkin. Urug‘ pallalarini tuproq yozasiga olib chiqadigan o‘simliklarning maysasi mustaqil oziqlanishga tez o‘tadi va ancha kam siyraklashadi.

Dukkakli don ekinlarining ildizi yerga 2 m gacha chuqur kiradigan acociy uq ildizdan va tuproq katta hajmini kamrab oladigan tarmoqlangan yen ildizchalardan iborat. Tuproq dukkaklilar ildizida seziladigan shish, ya’ni tugunaklar bo‘lib, ularda havo azotini o‘zlashtiruvchi bakteriyalar joylashadi. Dukkakli don ekinlari ayrim turlarinnng azot to‘plash xususiyati tugunaklarining rivojlanish darajasiga bog‘liq tugunak bakteriyalarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish kerak.

Dukkakli don ekinlari poyasi turlicha bo‘ladi. No‘xat, xashaki dukkak va soya o‘simliklarining poyasi vertikal holatda tik o‘sadi.

Mosh, ko‘k no‘xat, vika, burchoq yasmiq va loviyaning poyasi yetilish vaqtiga kelib yotib qoladi. Bunday hol sodir bo‘lmasligi uchun dukkakli don ekinlarini ko‘pincha, poyasi tik turuvchi boshqa ekinlar bilan qo‘shib eqiladi, shunda ular gajaklari bilan boshqa ekinlarga tirmashib o‘sadi.

Dukkaklm don ekinlarining guli noto‘g‘ri shaklda, qo‘sh gulqo‘rg‘onli bo‘ladi. Gultojisi yirik mayda va turli shakldagi barglardan iborat qayiqcha, yelkan va qanotchali bo‘ladi. Gulida 10 ta changchi va 1 ta urug‘lanish, bir uyali tugunchasi hamda bir nechta urug‘ kurtaklari bor. Gultojisining rangi oqdan och qizil va bipafsha ranggacha bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining ko‘pchiligida gul asosi poya va yon novdalar ichidagi to‘pgullarda joylashgan (13-14-rasmlar).

Dukkakli don ekinlarining mevasi yirik mayda va har xil shakldagi dukkak bo‘lib, u ikki tabaqaga ochiladi va ichida bir nechta urug‘ bo‘ladi. Ko‘pchilik dukkakli don ekinlari­ning dukkagi ekilganda uzunasiga ketgan choqidan chatnaydi (yeriladi), so‘ngra dukkagining tabasalari srilib bo‘ralib, urush sochilib ketadi. No‘xat va lyopin ayrim navlarining dukkagi chatnamaydi. Selsksionerlar lovlya, soya va burchoqilig dukkagi kam chatnaydigan navlarini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.

Urug‘i turli tuman shaklda, turli rangda va yirik may­da bo‘ladi. Dukkaklarining urush urug‘ qobig‘idan va mo‘rtakdan tuzilgan. Urcht mevaga birikadigan joyidan urug‘ choqi, loviyada esa, xalaza va mikropmle dungchalar saqlanadi. Mo‘rtak seret 2 ta urug‘ palladan va ular orasida joylashgan mo‘rtak ildizchasi hamda kurtakchadan iborat. Urug‘ pallalari mo‘rtak barglaridan iborat, ularda o‘simliklar usganda foydalainladigan zapas oziq moddachalar to‘planadi.

Dukkakli don ekinlari o‘suv davrining uzoqligiga qarab ikki ruruhga. vegetasiya davri qisqa va uzun bo‘lgan o‘simliklarga bo‘linadl. Birinchi guruxga ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq, ikkinchi guruhga xashaki dukkak loviya va soya kiradi. Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari bor. Mamlakatimizning janubiy tumanlarida esa, ulardan keyin takroriy ekin (makkajo‘xori, jo‘xori va boshqalar) ekishga imkon bo‘ladi.

Issiqqa talabi. Dukkakli don ekinlaridan ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq sovuqga ancha chidaydi. Ularning maysasi 45°C dayeq paydo bo‘ladi. Ular erta eqiladigam ekin. Ingichka bargli lyopin, xashaki dukkak va no‘xatga (bular o‘rta muddatda eqiladigan ekinlar ) ancha ko‘proq issiqlik zarur. Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simlik. Ularning maisa hosil qilishi uchun 10-13° harorat bo‘lishi kerak. Bular kech eqiladi.

Urug‘larning unib chiqish harorati qancha past bo‘lsa, maysalarining mo‘zlash harorati ham shuncha past bo‘ladi. Masalan, ko‘k no‘xat va yasmiq maysalash fazasida 8°C gacha, lyo­pin va xashaki dukkaklar 6 S gacha, soya 3,4°C gacha sovuqga chidaydi. Loviya sovuqda juda ta’sirchan bo‘lib, maysalari - GS da nobud bo‘ladi. Dukkaklilarda don (urug‘)ning to‘liq bo‘lishi, ayniqsa muhimdir, chunki bu urupsh kech muddatlarda ekishga imkon bermaydi va ba’zi dukkaklilarning bir muncha shimoliy hududlarga surilishini cheklaydi.

Namga talabi. Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab qiladi. Masalan, urug‘i unib chiqishi uchun uz vazniga nisbatan 110-140% nam talab qiladi, transpirasiya koeffisiyenti 400 va 800 gacha uzgarib turadi. Ular sizot suvi yoza joylashgan yerlarda yaxshi usmaydi. Soya, xashaki dukkaklar va lyopin namga juda talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ular nam yetarli bo‘lgan tumanlarda eqiladi. No‘xat va burchoq qurgoqchilikka chidamli ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko‘k no‘xat va loviyaning ba’zi navlari ham qurgoqchilikka chidaydi.

Yorug‘likka talabi. Dukkakli don ekinlari ana shu belgisiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1) uzun kun o‘simligi - ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, lyopin, kun uzayishi bi­lan ularning o‘suv davri qisqaradi; 2) qisqa kun o‘simli­gi-soya, loviya, moshning ayrim turlari, yorug‘ kun qisqarishi bilan ularning o‘suv davri qisqaradi; 3) neyt­ral o‘simliklar guruhi -loviya va no‘xatning ko‘p navlari kiradi.

Burchoq bilan no‘xat qurgoqchilikka juda chidamli hamda bruxus kasalligidan kam kasallanadi, shuning uchun ular­ning ekin maydoni janubga va janubiy sharqga tomon surilib bormoqda. Bu yerda ko‘k no‘xatdan ko‘pincha kam hosil olinadi. Janubda esa loviya va soya ko‘p tarqalgan. Burchoqning o‘suv davri uzoq bo‘lib, u harorat va namda juda talabchan.

Tuproqqa va oziq; moddalarga talabi. Tarkibida yetarli miqdorda fosfor, kaliy, kalsiy bo‘lgan kuchsiz kislotali yoki neytral soz va qumoq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi.

Ular kislotali tuproqlarda yaxshi usmaydi va ohakka talabchan, chunki tuproqdan ko‘p kalsiy o‘zlashtiradi. Juda serpam sizot suvlari yoza joylashgan va yengil qumtuproqlar dukkakli don ekinlari uchun yaroqsiz bo‘ladi. Lyopin bundan mustasno, u kislotali va qum tuproqli yerlarda ham yaxshi o‘sadi. Asosiy yg‘it sifatida dukkakli don ekinlariga fos­for va kaliy solinadi. Ular o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga, ildizda azottuplovchi bakteriyalar faoliyatini kuchaytiradi. Ba’zi dukkakli don ekinlari (lyopin, ko‘k no‘xat, soya) tuproqdagi qiyin eriydigan fosfatlar tarkibidagi fosforni yaxshi o‘zlashtirishini hisobga olib, ularga fosforit kukunini solish mumkin.

Fosforli o‘g‘itlar dukkakli ekinlar uchun katta ahamiyatga ega. Lekin tuproq unumdorligini ortib borishiga va o‘simliklarning fosfatlar bilan ta’minlanishiga qarab fosforning ahamiyati birmuncha kamayadi va kaliyli vitaminlarning ahamiyati oshadi.

Azotli o‘g‘itlar masalasi bir oz murakkabroq, azotli o‘g‘itlarni dukkakli don ekinlariga solish mumkin emas, chun­ki ularni uzi havo azotini o‘zlashtiradi, solingan azotli o‘g‘itlar azot fiksasiyasini bushashtiradi deb hisoblanar edi. Lekin keyiigi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar (M.V. Fe­dorov, V.V.Bernard, G.SHmidt, L.M. Dorosinskiy va N.M. Lazerev) dukkakli don ekinlari azot fiksasiyalari xususiyatiga qaramay, ildizda tugunaklar hosil bulguncha dastlabki o‘sishda kichikroq dozadagi azotga (gektariga 30 kg) talabchan bo‘ladi, deb hisoblaydilar.




Yüklə 67,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə