Kirish mavzuning dolzarbligi



Yüklə 14,81 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü14,81 Kb.
#144639
  1   2
KIRISH.docxDasturlash tillari


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki dasturlash tillarini o‘qitish bir muncha qiyinchiliklardan iboratdir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun biz interfaol metodlardan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega: u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, o‘qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Hozirgi yetishib kelayotgan yosh avlod uchun dasturlash tillarini o‘rganish va uni amalda tadbiq etish dolzarb vazifalardan biridir. Albatta bu dolzarb vazifalarni bajarishda dasturlash tillarini o‘rgatuvchi va o‘z bilimini tekshiruvchi tizimlarning o‘rni judayam muhim. Dasturash tillarini o‘rganishda judayam ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, kitoblar, monografiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Bularni o‘zlashtirishda o‘quvchidan sabr, iroda va matonat talab etiladi. O‘quvchiga bularni tezda o‘rganishda zamonaviy pedagogik texnolgiyalarni qo‘llash zamon talablaridan biridir. Dars samaradorligini oshirishda o‘qituvchi avvalo maqsad belgilab olishi, noan’anaviy va an’anaviy darslarning farqini ko‘ra olishi shart. Noan’anaviy darslardan maqsad talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ko‘tarish uchun, fanni o‘qitishda yanada mazmunli, qiziqarli va tushunarli o‘tkazishda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritib, interfaol metodlardan foydalanish hamda talabalarni tez va samarali baholashga erishishdir. Shu bilan birga noan’anaviy darslarda o‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olishga, ijodiy yondashishga, izlanishga, tahlil eta olishga, o‘zlari xulosa qilib, o‘z-o‘zini hamda guruhni va guruh talabani baholay olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi esa ularning bu faoliyatiga imkoniyat va sharoit yaratib bera olishi kerak. Bu esa o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:

Yüklə 14,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə