1-Amaliy mashg’ulot: Birinchi gurux donli ekinlarning sistematik va morfologik belgilarini ajratish (o`rganish). Ikkinchi gurux donli ekinlarining sistematik va morfologik belgilari. Ishdan maqsad



Yüklə 20,28 Kb.
səhifə1/2
tarix09.05.2023
ölçüsü20,28 Kb.
#109390
  1   2
1-amaliy mashg`ulot O`simlikshunoslik


1-Amaliy mashg’ulot: Birinchi gurux donli ekinlarning sistematik va morfologik belgilarini ajratish (o`rganish). Ikkinchi gurux donli ekinlarining sistematik va morfologik belgilari.


Ishdan maqsad: Birinchi gurux donli ekinlarning sistematik va morfologik belgilarini ajratish (o`rganish). Ikkinchi gurux donli ekinlarining sistematik va morfologik belgilari, tavsifi, tur xillarining belgilari. Donli ekinlar navlari, fenologik kuzatuvlar bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar. Don ekinlarining umumiy tuzulishi. Donning ichki tuzilishini mikroskopda tekshirish. Keskich, o’lchagich,xar xil kattalikdagi idishlar.
Ishni bajarish tartibi: Morfologik xususiyatlari va yetishtirishdagi yo'nalishlari bo'yicha donli ekinlar birinchi guruh g'alla ekinlari kuzgi va bahori bug'doy, kuzgi va bahori javdar, kuzgi va bahori arpa, kuzgi va bahori tritikale, suli va ikkinchi guruh g'alla ekinlari (makkajo'xori, tariq, oq jo'xori, sholi, marjumak) hamda dukkakli don ekinlari (ko'k no'xat,soya, loviya, mosh, no'xat, burchoq, yasmiq, lyupin, xashaki dukkaklilar)ga bo'linadi. Birinchi va ikkinchi guruh don ekinlari G’alladoshlar (Gramineae) yoki Qo’ng‘irboshlar (Poaceae) oilasiga, marjumak Marjumakdoshlar (Polygonaceae), dukkakli don ekinlari Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub.
Ildiz tizimi .Don ekinlarining ildiz tizimi faqatgina suv va unda erigan oziqa moddalarni so'rish organi emas, balki ko'plab organik moddalar sintez bo'ladigan muhim organdir. Ildizlarda murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlar natijasida organik kislotalar, fosfor organik moddalar, aminokislotalar, alkoloidlar, amidlar va boshqa birikmalar hosil bo'ladi. Ildizlar o'simliklarda modda almashinuvi, fiziologik jarayonlarda, xlorofil hosil bo'lishida ishtirok etadi, ularga ta’sir ko'rsatadi. Don ekinlarining ildiz tizimi popuk. Don ko'karganda dastlab murtak yoki birlamchi ildizlar hosil bo'ladi. Ularning soni o'simlik turiga bog'liq. Kuzgi bug'doyda murtak ildizlar 3, bahori bug'doyda 5, sulida 3-4, arpada 5-8, tariqsimon o'simliklarda 1 dona bo'ladi. Keyin poyaning yer osti bo'g'inlaridan qo'shimcha yoki bo'g'in ildizlari hosil bo'ladi. Tuproqda yetarli namlik bo'lganda ular tez rivojlanadi. O'simlikning rivojlanishida, hosil to'plashida birlamchi (murtak) va ikkilamchi (bo'g'in) ildizlarining ahamiyati katta. Bug'doy, arpada ikkilamchi ildizlar hosil bo'lmaganda hosildorlik 35-40 % kamayadi. Murtak ildizlar o'simliklarning butun o'suv davri davomida oziqlanishda ishtirok etadi. Ular bo'g'in ildizlaridan oldin hosil bo'ladi va o'simlik o'suv davri oxirida kuzgi bug'doyda 2,5-3 m, makkajo'xori, oq jo'xorida 34 m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarining asosiy massasi tuproqning 25-30 sm haydalma qatlamida joylashgan.
Poyasi. Don ekinlarida poya 5-7 poya bo'g'inlari bilan ajratilgan bo'g'in oraliqlaridan iborat. Uzun bo'yli makkajo'xori o'simligida bo'g'in oraliqlari soni 25 va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ularning soni barglar soniga teng bo'ladi. Ko'pgina don ekinlarida poyasining ichi kovak, makkajo'xori va oq jo'xorida u parenxima bilan to'lgan. Poyaning o'sishida hamma bo'g'in oraliqlari ishtirok etadi. Dastlab eng pastki bo'g'in oraliqlari keyin navbatdagisi o'sa boshlaydi. Keyin hosil bo'lgan oraliqlari o'zidan oldingisidan uzunroq bo'ladi, eng oxirgi bo'g'in oralig'i eng uzun bo'ladi. Poya yer osti poyalarining bo'g'inlaridan novdalar hosil qilish xususiyatiga ega.
Bargi. G'alla ekinlarining bargi oddiy, barg qini va yaprog'idan iborat. Barg qinining yaproqqa o'tish joyida tilcha (ligula) joylashgan. U yupqa, rangsiz parda ko'rinishida bo'ladi. Barg qinining asosida ikkita quloqchalari (ouricula) bor. Tilcha va quloqchalarning tuzilishiga qarab don ekinlarining ko'pchiligini bir-biridan oson farq qilish mumkin. Bug'doy, аrpа, sholining tilchasi kichik, suliniki juda rivojlangan va cheti tishchali bo'ladi. Bug'doy quloqchalari kichik, ko'pincha kiprikli, javdarda kipriksiz, kaltа juda yirik butun poyani o'rab turadi. Sulida quloqchalar bo'lmaydi. Tojikistonda o'sadigan bug'doyning bir turida tilcha ham, quloqchalar ham bo'lmaydi.

Yüklə 20,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə