Reja: Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/5
tarix11.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#127015
  1   2   3   4   5
Umumiy pedagogika


O‘quvchilarning fuqarolik va huquqiy tarbiyasi.
REJA:
  • Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.
  • O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda davlat ramzlaridan foydalanish.
  • Huquqiy tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari.
  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari.

1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllangan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika Konstitusiyasida e‘tirof etilgan insonparvarlik, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy - siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, fuqarolik (huquqiy) madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosan talabi sanaladi.
Davrning ushbu o‘ta dolzarb talabi mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari mazmunida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Aholi o‘rtasida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini targ‘ib etdi, ijtimoiy tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik (huquqiy) madaniyatni shakllantirish muammolarining ijobiy hal еtilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun zarur shart - sharoitlarni vujudga keltirish: bir tomondan, jamiyat manfaatlari uchun; ikkinchi tomondan; shaxs (fuqaro) manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi manfaatlariga to‘la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi sharoitida ijtimoiy ta‘lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati yuzaga keldi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko‘lamda (kompleks) tarzda tashkil etish bugungi kunning da‘vati va talabi bo‘lib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish oila > ta‘lim muassasalari > jamoatchilik > davlat > jamiyat belgiligini yaratish asosida amadga oshiriladi.

  • Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun zarur shart - sharoitlarni vujudga keltirish: bir tomondan, jamiyat manfaatlari uchun; ikkinchi tomondan; shaxs (fuqaro) manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi manfaatlariga to‘la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi sharoitida ijtimoiy ta‘lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati yuzaga keldi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko‘lamda (kompleks) tarzda tashkil etish bugungi kunning da‘vati va talabi bo‘lib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish oila > ta‘lim muassasalari > jamoatchilik > davlat > jamiyat belgiligini yaratish asosida amadga oshiriladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə