Reja: kompas-3D haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 15,48 Kb.
tarix07.06.2023
ölçüsü15,48 Kb.
#115798
mavu


Mavzu:KOMPAS-3D tizimida loyihalash
Reja:
1.KOMPAS-3D haqida umumiy ma’lumot
2.Foydalanuvchi interfeysi uskunalar paneli
3.KOMPAS – 3D ning asosiy menyusi

Kirish

Bugungi kunda Kompas 3D - 2D chizmalar va 3D modellarni yaratishda eng mashhur dasturlardan biridir. Ko'pgina muhandislar uni qurilish rejalarini va barcha qurilish ob'ektlarini rivojlantirish uchun foydalanadilar. Bundan tashqari, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o'xshash boshqa maqsadlar uchun keng foydalaniladi. Aksariyat hollarda dasturchi, muhandis yoki quruvchi tomonidan o'qitiladigan birinchi 3D modellash dasturi Compass 3D hisoblanadi. Va ulardan foydalanish juda qulay bo'lgani uchun.



Kompas tizimi haqida umumiy ma’lumotlar.

Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.

Kompas - Rossiya Federasiyasining ASKON kоmpаniyasining avtomatik loyihalash paketi bo’lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog‘ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir.

Kompas dasturi Rossiya Federasiyasining ASKON ijodiy markazi tomonidan ishlab chiqaradigan dastur bulib, "MS WINDOWS" operasion tizimida ishlaydi. Kompas dasturi konstruktorlik xujjatlarini, detal andozalarini ko`p qo`llaniladigan detallarning ishchi chizmalarini yig`ish chizmalarini va boshqalarning kompleks kutubxonalarini o`zida mujassamlashtirilgan kompas dasturida konstruktorlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan.



Xulosa

Zаmоnаviy Kompas dasturi tizimi intеrfеysi kоmp`yutеrning eng zаmоnаviy vоsitаlаri vа tеxnоlоgiyalаrining imkоniyatlаrini hisоbgа оlgаn hоldа yarаtilgаnligi bоis chizmа vа sxеmаlаrni, lоyihаlаsh mаsаlаlаrini yuqоri sifаtdа bаjаrilishini kаfоlаtlаydi. Kompas dasturining yaratilganligiga 25 yildan oshgan bo’lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Chunki Kompas dasturi mukammal va ommabop dastur bo’lib, u har qanday turdagi mashinasozlikka oid bo`lgan sxema va chizmalarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis – texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida Kompas tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda.


Yüklə 15,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə