Reja: Moliya tizimi haqida umumiy tushuncha



Yüklə 15,79 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü15,79 Kb.
#181189
Документ (3) (2)


Mavzu: Moliya tizimini umumiy boshqarish va uni amalga oshiruvchi organlar
Reja:

  1. Moliya tizimi haqida umumiy tushuncha

  2. Moliya tizimini boshqarish

  3. Moliya tizimini boshqarish

Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqJash va boshqa ijtimoiy ehtiyojJarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi.


Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi.Siyosiy ta'sir ob'ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy,byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga bo'lib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishijiddiy ahamiyatga ega emas.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va enetodologik prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishiuchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma'ium bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni rnujassam etadi.Buning boisi shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda hukmron tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o'zgaradi, transformatsiyanadi.

Masalan, rnamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, ahoIi turmush darajasi ijtirnoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Burring ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub'ektlari, ya'ni aynan mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi.


Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:

• birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balkijamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak;



• ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
• uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moHyaviy siyosatini
Farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta'minlash bo'yicha davlat ijtimoiyiqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo'lishiga olib keladi.Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ish lab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta'minlab va davlat daromadlari manbaini ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moIiyaviy sharoitlarni yaratish moIiyaviy siyosatning asosiy maqsadidir.
Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq,o'rta va qisqa muddatJi) bajarish uchun moliyaviy resurslami jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat tadbirlari majmui ta'minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy tartibga solish muhirn o'rin egallaydi. O'z-o'zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yornon ekanligi jamiyat (yoki uning ma'lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyidan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalaming yechilishiga qay darajada ta'sir ko'rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhiari manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotinlng anlq dasturiga, yechiiishi lozim bo'igan masaiaiarnin muddatlari va metodlarini aniqiagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq iozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin.
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojiarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar va alohida guruhiarning manfaatlarini, ma'lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos xususiyatiarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali bo'ladi.
Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini amalga oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'lgan ob'ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga,ya'ni jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o'zgarishlarni hlsobga olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'siridan har tomonlama foydalanish mexanlzmini ishlab chiqishga bevosita bog'liq.
Moliyaviy siyosat, eng avalo,moliyaviy resurslaming maksimal hajmini shakllantirishga yo'naltirilgan
Bo'lishi kerak. Chunki aynan
Moliyaviy resurslar har qanday o'zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moJiyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli ma'lumotIar zarurdir.Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistika ko'rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo'lishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo'rialishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
• moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari,prinsiplarini, vazifalarini, am alga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ish lab chiqish;
• makrodaraja va bozor iqtis0diyoti sub'ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni rag 'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish;
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

• ijtirnoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roJiga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo'yicha moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish;



• iqtisodiy o'sishning joriy va istiqboldagi moIiyaviy salohiyatini shakllantirish.Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, asosiy yo'nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moiiyaviy siyosatni amalga oshirishga
Yüklə 15,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə