Reja: Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish



Yüklə 8,25 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü8,25 Kb.
#154417
Reja Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish-fayllar.org


Reja: Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish

O’quvchilardagi tipik orfografik xatolarni aniqlash.


Reja:
1.Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish

2.Grammatik –orfografik malakalarni mustahkamlashda qo’llaniladigan o’yinlar.


3.Darsdan tashqari diktantlarni tashkil qilish.
Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni,bilimlarni o’rganish,

rivojlantirish vazifasi turadi.Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz


tasavvur qilib bo’lmaydi.Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo’li ta’lim
tizimining tinmay takomillashtirib boorish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari
bilan chuqur qurollantirishdir.Boshlang’ich ta’lim davlat qonunini hayotga tadbiq
etishda muhum bosqich hisoblanadi va unda ona tili o’qitish asosiy o’rin egallaydi.
Ona tili darslari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi.
1.Savod o’rgatish,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’rgatsih.
2.Sinfda,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’rgatish.
3.Fonetika,grammatika,imlo va nutq o’rgatish.
Bu bo’lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy prinsip nutq o’stirish va orfografik
yozuv me’yor qoidalarini o’rgatish hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining darsda qo’llamoqchi bo’lgan metodlari
o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berishdan,ko’nikma va
malaka hosil qilishga ko’maklashishdan iborat bo’lishi lozim.Boshlang’ich
sinflarda ona tili o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarga faqat nazariy
tushunchalar berish yoki grammatik qoidalarni o’rgatish emas balki,ularning
og’zaki va yozma nutqlarini o’stirib,o’z fikrlarini qiynalmay bayon etishga va
topshiriqlarni mustaqil bajarishga o’rgatishdan iborat.
Ta’lim sohasida keng qo’llaniladigan o’quvchilarning mustaqil ishlari ta’lim
samaradorligini oshiruvchi omil sifatida doimo pedagoglar va tadqiqotchilar
e’tibor markazida bo’lib kelgan.Olimlar dars jarayonida mustaqil ishlardan keng
foydalanishni targ’ib qilganlar.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning ona tili
darslaridagi mustaqil ishlarning barcha belgilarini o’rganib chiqish natijasida
quyidagicha ta’rif berdik.
Ona tili darslaridagi mustaqil ishlar-bu o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish
qilishga imkon beradigan,o’qituvchining bevosita va bilvosita ishtirokida ammo
yordamsiz bajariladigan nazariy-amaliy materiallar ustida bajaradigan grammatik
vazifalardir.Bunday vazifalar davomida o’quvchilarning nafaqat bilim darajasini
balki o’zlashtirgan bilimlarni amaliyotda qo’llay bilish,mustaqil va mantiqiy
fikrlash darajasini aniqlashga,hamda rivojlantirishga imkoniyatlar yaratadi.
Mustaqil ishlarning bir qancha turlari mavjud.Jumladan mansabga ko’ra dars
asosidagi darslikdan tashqari bo’lgan mustaqil ishlar hamda amalga oshirish
shakliga ko’ra og’zaki va yozma turlarga bo’linadi.
O’quvchilar ko’pincha diktant yozish jarayonida orfografik xatolarga yo’l
qo’yadilar.Diktanda yo’l qo’yilgan xato,o’quvchi yoshi va sinfindan kelib chiqib,
u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o’zlashtirmagani yoki
tushunmaganini bildiradi.Bundan tashqari o’quvchi yo’l qo’yayotgan xatoga
qarab,uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa
chiqarish mumkin.Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola,albatta,
diktantda ham o’sha so’zlarni xato yozadi.
Tazyiq ostida bo’lib,kimdandir yoki nimadandir muntazam qo’rqib yurgan
o’quvchi ham so’zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi.Xullas,imlo
masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo’lib kelgan.Shu bois, u pedagogikada hal
etilishi shart bo’lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalar ustida
Muntazam ishlab,bir qator ta’limiy diktantlarni o’tkazishni va o’quvchilarning
Imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib,tahlil qilib borishni
Maslahat beradi.Ammo ular ustida ishlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar
Yo’l qo’yayotgan xatolarni guruhlashtirib olishi zarur.Ona tili darslarida
o’quvchilarning ona tili daftarlarini ko’zdan kechirsak,quyidagi xatolarga duch
kelamiz:
-grafik xatolar:harf elementlarini tashlab ketish,harflarni tushurib qoldirish
Ularning o’rinlarini almashtirib qo’yish
-so’z o’zagidagi xatolar:jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish,yonma-yon
kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish,talaffuzda tushib qoladigan
undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish.
-so’z va shakl yasovchi qo’shimchalarni xato yozish.
-bo’g’in ko’chirishdagi xatolar.
-bosh harflarni qo’llashdagi xatolar.
-shevaga oid xatolar.
Orfografik xatolar ustida ishlash borasida ayrim imloviy mavzular ustida qayta
suhbat o’tkazish,analitik va sintaktik mashqlarni qaytadan tashkil etish maqsadga
muvofiq.Kerakli usullarning qo’llanilishi davomida o’quvchilarning imloviy
savodxonligi darajasi maxsus diktant matnlarini yozdirish bilan tekshirib boriladi.
Natijada,tajriba o’tkazilgan sinflarda qancha foiz ijobiy o’zgarish yuz berishi
aniqlanadi.
Pedagoglarga tavsiya qilingan usullar quyidagilardan iborat:
1.Grafik xatolarni tuzatish mashqlari:
-kartochkaga harf elementlari tushurib qoldirilgan 8-10 tadan so’z yozilib,
o’quvchilarga tarqatiladi.O’quvchilar esa tushurib qoldirilgan harf elementlarini
o’z o’rniga qo’yib,daftarlariga ko’chirib yozadilar.
-yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto’g’ri qo’yib,o’quvchilarga
ularni to’g’irlab ko’chirish vazifasi topshiriladi.
-doskada harflari tushurib yozilgan murakkab so’zlar “Qaysi qator oldin yozadi?”
ta’limiy o’yini o’tkazish orqali mustahkamlanadi.
2.Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari:
-o’quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so’zlarni jarangsiz undosh tarzida
o’qib,lug’at diktanti o’tkazish.
-tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarning yarmini aytib,qolganini
o’quvchi yozishini ta’minlaydigan lug’at diktanti o’tkazish.Masalan,al-alla,
el-ellik,is-issiq,ar-arra kabi.
3.So’z va bosh harflarni tuzatish mashqi:
-so’zlardagi xatolarni tuzatish uchun o’quvchilarga shu so’z ishtirokida gap
yozdirish;kichik harf bilan yozilgan so’zlarni esa ana shu so’zning kichik va bosh
harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish.
Masalan:O’lkamizga bahor keldi.-Men bahor ko’chasida yashayman.
Ona-aziz inson.-Biznikiga Aziz keldi.
Orfografik xatolarni oldini olish maqsadida “Harf kassalari” metodidan
foydalanishimiz mumkin.To’g’ri yozish uchun harf kassalari sinf doskasi
yonida osilib turadi va o’qituvchi darsda javob bergan o’quvchiga mazkur harf
kassasidan foydalanib,biror bir so’zni yozib berishni so’raydi.
Bunda o’qituvchi ona tili darslarida “Harf kassasidan” foydalanib,5 daqiqa
“To’g’ri yozuv”mashqini o’tkazadi.Mashqda har bir o’quvchi oldiga harf
kassasini oladi va o’qituvchi tomonidan o’quvchiga so’z aytiladi o’quvchi
harflardan so’zni to’g’ri yasashi lozim bo’ladi.Orfografik xatolar ustida ishlash
jarayonida yuqoridagi barcha usul va tajribalarni muntazam va izchil qo’llash,
onda-sonda yoki mavzu to’g’ri kelganidagina ularga murojaat qilish kutilgan
natija bermaydi.Shu bois,o’qituvchilar o’quvchilarni imlo savodxonligini
oshirishni istar ekan,umrboqiy,haqiqat-ularni badiiy kitob o’qishga undash lozim.
http://fayllar.org
Yüklə 8,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə