Husnixatga o`rgatishning grafik asoslari Reja



Yüklə 19,34 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü19,34 Kb.
#125492
  1   2   3
Husnixatga o`rgatishning grafik asoslari


Husnixatga o`rgatishning grafik asoslari
Reja:

  1. Hozirgi yozuv shriftiga tavsif

  2. Kichik va bosh harflarning yozilishi

  3. Kichik va bosh harflarning tutashtirilishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va kichik, yozma va bosma shakllarga ega.


Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga ega:
-harflar bosmasdan yozishga mo’ljallangan;
-harflar qo’l uzmasdan tutash yoziladi
O’zbek alifbosidagi yozma kichik harflar yozilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Ikki chiziq oralig’iga yoziladigan harflar:

a, y,i,m,n,o,r,s,v,x,o’,ch,sh 4 mm

  1. Ikki chiziqning yuqorisiga ko’tarilib yoziladigan harflar:

b,d,k,l,t,h 8 mm

  1. Chiziqdan pastga tushib yoziladigan harflar:

g,q,p,j,g’,ng ,y 7 mm
4. Chiziqdan yuqori va pastga tushirib yoziladigan harflar:
f 11 mm
Bosh yozma harflar yozilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar: B,D,E,F,G,H,J,K,U,I,O,P,Q,R,S,T,O’,
2. Pastdan boshlab yoziladigan harflar: A,N,M,I
Yozma harfiarning tutashtirilishi
Alifbodagi harflar yozilish shakliga ko'ra yozma harflar va bosma harflar deb ikki turga ajratiladi. Bularning bar biri yozilish shakli va qo'llanish o'rni jihatidan kichik harflar va bosh (katta) harflarga bo'linadi.
Yozma harflar, odatda, qo'lda yoziladi, bosma harflar esa, asosan, yozuvgaoid texnika vositasida, shuningdek, qoMda ham ifodalanadi.
Kichik va bosh bosma harflar rasmiy ma'qullangan shaklda bir-biriga tutashtirilmay, tik yoziladi. Yozma harflar esa o'ng tomonga 65 daraja qiya qilib tutashtirib yoziladi. Kichik harflar o4ng va chap tomonidan, bosh harflar esa o'zidan keyingi harf bilan tutashadi.
So'zda yozma harflar bir-biri bilan tutashtirilib, bir butunlik - zanjir hosil qiladi. Ammo bu zanjir so'zlarda imlo belgilari (tutuq, ko'chish belgisi, chiziqcha) bo'lgan o'rinlarda uziladi, qo’l harakati to'xtab, belgilar qo'yilgandan keyin harakat davom etadi.
Mazkur' belgilarni so'zni yozish jarayonida qo'yib borish, harflarning ustiga qo'yiladigan ishorani esa so'zni yozib bo'lgandan keyin, uni o'qib turib qo'yish tavsiya qilinadi.
Yozma bosh harflarda qo'l harakati kichik harflarni yozishga nisbatan ko'proq uziladi: ayrim harflarning unsurlari qo'shiladi, tutashtiruvchi belgilar chiziladi va hokazo.
Ko'rinadiki, bu ish oson emas. Buning uchun muttasil ishlash lozim. O'qituvchi o'quvchilarga doimiy topshiriqlar berishi zarur. Shundagina ko'zlangan manzilga erishiladi.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosidagi yozma kichik va bosh harflar yozuvda bir-biri bilan tutashtirilishi jihatidan ikki guruhga ajratiladi:
-tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo'lgan harflar;
-tutashtiruvchi unsuri bo'lmagan harflar.(Bunday harflarga tutashtiruvchi unsur yozuv jarayonida qo'shiladi.)
Tutashtiruvchi unsurli kichik harflar o'zidan keyingi harf bilan qayeridan tutashtirilishiga ko'ra uch guruhga bo'linadi:
a) ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: o, o', v
(bunday ikki chiziq (asosiy chiziqlar) orasiga yoziladigan harflarning bo'yi 4mm, eni 3mm bo'ladi);
b) o'rta qismidan tutashtiriladigan harflar: b, f, g ,j, p, g’ y, q, ng.
(ikki chiziqdan yuqoriga ko'tarilib yoziladigan harflarning bo'yi 8 mm, pastga tushadiganlari 7 mm)
v) ostki qismidan tutashtiriladigan harflar: a, d, e, k, i, h, , r, s, u, x, z, sh, ch,m,n,t,d.
Bosh harflarning tutashtirilishi
Yozma bosh harflarning bo'yi 8mm bo’lib, ular o'zidan keyingi kichik harflar bilan tutashtiriladi.
Bosh harflar o'z tarkibida tutashtiruvchi unsuri bor yoki yo'qligiga ko'ra 2 guruhga bo’linadi: - tutashtiruvchi unsurli bosh harflar;
—tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar.(Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflarga yozish vaqtida unsur qo'shiladi).

Yüklə 19,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə