Reja: O'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish



Yüklə 9,46 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü9,46 Kb.
#166112
  1   2   3
12-mustaqil ta\'lim


Boshlang’ich ta'limda tabiiy fanlarni oʻqitishda o'quvchilarning moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish
Reja:
  • O'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish
  • Dunyoqarash g'oyalarini rivojlantirish

Ijtimoiy tarqqiyotning zamonaviy bosqichi uzluksiz taʼlim tizmi oldiga yosh avlodni har tamonlama barkamol etib tarbiyalashni talab etmoqda. Zamonaviy taʼlimda tafakkuri boy, dunyoqarashi keng, mustaqil fikrga ega bo`lgan mutaxasislarni tayyorlashni taqazo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida” gi qonuni talablari asosida malakali mutaxassis va barkamol shaxsni tarbiyalashda uzluksiz taʼlim tizimining asosiy bosqichlaridan biri bu boshlang‘ich taʼlim hisoblanadi. Mazkur bosqich o‘quvchilarni ilmiy bilimlarni puxta va chuqur o‘rgatish ularning taffakurini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamizda boshlang‘ich taʼlim mazmunini takomillashtirish, uni ilg‘or g‘oyalar bilan boyitish, bu davrda o‘quvchilarning chuqur bilim olishlariga imkon beruvchi moddiy texnik bazani mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan
Tabiiy fanlarini o‘rganish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga imkon beradi.
Shuning uchun ham pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, tabiatshunoslik fanini o‘qitishning ilmiynazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo‘lishlari kerak.
“Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy taʼlim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi. Hozir bu masalaga eʼtibor qilmasak, nafaqat kechirmaydi, yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi”.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida so‘zlagan nutqida boshlang‘ich taʼlimni tashkil etishga nisbatan yangicha munosabatni qaror toptirish, uzluksiz taʼlim tizimining mazkur bosqichiga malakali mutaxassislarni jalb etish zarurligiga urg‘u berib quyidagilarni taʼkidlaganlar. “Bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylarni biriktirish zarurligini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi”.
Bugungi kunda o‘quvchilarni har tomonlama ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim ro‘l o‘ynaydi.

Yüklə 9,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə