Reja: Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari Ta’lim jarayonining psixologik



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/7
tarix26.05.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#112967
  1   2   3   4   5   6   7
1544082325 73133 (автовосстановление)


TA’LIM JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.


Reja:



  1. Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi

  2. O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

  3. Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari


Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi
Ta’lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo‘lib, u bolalarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi.
Ta’lim jarayoni besh elementdan iborat:

  1. Ta’limning maqsadi - nima uchun o‘qitish kerak?

  2. Ta’limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak?

  3. Ta’limniig metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari.

  4. Ta’lim beruvchi.

  5. Bola.

Ta’lim jarayonini tashkil etish

  • ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi;

  • faoliyatning barcha turlari tarkib topgan usullar va jarayonlarning o‘zlashtirilishiga;

  • maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash va foydalanishga bog‘liq.

Ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyat quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Motivatsiya, ya’ni tarbiyachi (o‘qituvchi) yaxshiroq o‘qitishga, bola esa yaxshiroq o‘qishga harakat qilishi.

  2. Ta’limning rivojlangan va egiluvchan tuzilishga egaligi.

  3. Ta’limning turli shakllarda amalga oshirilishi. O‘qituvchiga o‘z ijodiy pedagogik imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi, bolalarga bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun o‘z individual xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish uchun faoliyatni turli shakllarda amalga oshirilishi.

  4. Ta’limning zamonaviy texnik vositalar yordamida bajarilishi.

Yuqorida keltirilgan ta’lim va o‘qishga quyilgan talablarni o‘quv faoliyatining o‘zaro bog‘liq ikki jihati bo‘yicha alohida ko‘rib chiqamiz.
Ta’lim motivatsiyasi bolalarning o‘quv materialni yaxshiroq o‘zlashtirishiga shaxsiy qiziqishini anglatadi. O‘qituvchi (tarbiyachi) ning faqat moddiy qiziqishlarini qondirish, yoki ishsiz qolmaslik, qisqarishga tushmaslik uchungina ta’lim berishi, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim mahsuldorligini oshirishdagi dastlabki vazifa uni chuqur va ko‘p motivatsiyali jarayonga aylantirishdir. O‘qituvchi bolalarni o‘qitish jarayonida o‘z hayotining asosiy mazmuni va maqsadini ko‘ra boshlaganida ta’lim samarali bo‘ladi.
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqichmabosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Y.Galperin).

Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə