Reja: Zamonaviy matn muharrirrlari



Yüklə 25 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü25 Kb.
#147086
30-mavzu Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish i



30-Mavzu: Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish 
imkoniyatlari. 
 
Reja: 
1.
 
Zamonaviy matn muharrirrlari.
2.
 
Matn muharrirlari funksiyalari.
3.
 
Maxsus tahrirlovchilarning vazifalari 
 
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini 
ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, 
fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma`lumotlarni qayta ishlash, audio 
ma`lumotlarni qayta ishlash, aloqa o`rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar 
misol bo`la oladi. 
Kompyuter tizimi bilan o’zaro muloqotda bo’lish, ko’nikmalarni hosil
qilishda va amaliy dasturiy ta'minot bilan ishlashda, ishni odatda matn
redaktorlaridan boshlanadi 
Matn kiritish dasturlar.
Matn kirituvchi dasturlar qisqa hajmdagi matnlarni va ko`p sahifali matnli 
ma`lumotlarni kiritish uchun mo`ljallangan. Bu dasturlarning mavjudligi shu 
yo`nalishda ishlaydigan mutaxassislar uchun qulay va ularning ish samaradorligini, 
hamda uning sifatini oshiradi. Aniqrog`i bir marotaba kiritilgan ma`lumotni 
kompyuterning xotirasida uzoq muddatda saqlashi, o`zgartirish kiritishi, nusxa 
olishi va istalgan nusxada chop etib olishi mumkin.
Matnli muharrirlar matnli axborotni qayta ishlash uchun mo’ljallangan va asosan 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
matnni faylga yozish; qo’shimcha kiritish, chiqarib tashlash, ramzlar, 
qatorlar, matn parchalarini almashtirish; orfografiyani tekshirish; matnni turli 
shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga 
bo’lib tashlash; so’z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar 
kiritish; matnni terib tayyorlash. 


Kompyuterda turli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini 
tayyorlash, tahrir qilish va ularni sahifalashga xizmat qiluvchi vositalar bo’lib, 
imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
- oddiy matnli ma’lumotlarni, turli formulalarni yozish, tahrir qilish va 
bosmaga chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga LUX, Leksikon, PE2, 
Chiwriter, WD, Multi-Edit kabi dasturlar misol bo’laoladi; 
- yuqori sifatli matnli ma’lumotlarni, nashriyot mahsulotlarini (reklama 
varaqalari, blankalar, vizit kartochkalari va h.k.) tayyorlash va ularni bosmaga 
chiqarishga imkon beruvchi vositalar. Bularga WinWord, Word Perfect, Word 
Star, XYWrite, AmiPro kabi dasturlar misol bo’laoladi; 
- murakkab nashriyot mahsulotlarini sifatli tayyorlash va ularni sahifalash imkonini 
beruvchi vositalar. Bularga Corel Wentura, Page Maker, Ventura Publisher, Quark 
Xpress kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Grafik dasturlar. Bunday dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va
yaratishga muljallangan. Grafikaga misol qilib rasm chizish, tasvirlarni qayta 
ishlash, fotosuratlarni qayta ishlash, 3D yoki uch tomonlama ko`rinadigan 
ob`yektlarni yaratish, badiiy grafika, illyustrasiya yaratish kabi amallarni olish 
mumkin. Undan tashqari bunday dasturlarda tasvirlardan nusxa olish, tayyor 
ob`yektlarga o`zgartirish kiritish, uzatish, qabul qilish, kengaytmalarini 
o`zgartirish, grafo-montajlar qilish hatto matn kiritish kabi amallarni bajarish 
mumkin.
Kompyuter grafik dasturlari – bu, avvalo, keng tarqalib borayotgan dastur 
ta`minotidir, ya`ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga 
tayanadi. Kompyuter grafikasidan reklamada, multiplikasion filmlarni yaratishda 
va Web sahifalarni yaratishda foydalaniladi. 
Bunday dasturlarga AdobePhotoshop turli versiyalari, Corel Xara, Xara X, 
Corel Draw turli versiyalari, Adobe Illustrator, Maya Unlimited, Matcad, 3D 
MAX, Diskreet 3DS Max, Softimage 3D, BioVirtual 3DmeNow Pro, Animation 
Master, Alteros va h.k.z.lar misol bo`la oladi. 


Video – audio dasturlar.
Hozirgi vaqtda ko`pgina ishlab chiqarishlardan tarqaluvchi ma`lumotlar 
asosan multimediyali ma`lumotlarga asoslangan. Masalan video kliplar
reklamalar, taqdimotlar, kino industriya mahsulotlari, axborot tizimida, san`atda, 
ta`lim sohasida uchratishimiz mumkin. Video montajlar va audio ma`lumotlarni 
qayta ishlashlar maxsus dasturlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bularga 
misol qilib Adobe Premiere 6.5 dasturini olsak, u DV-video maxsulotlarini 
taxrirlashda videomontaj tizimida oldingi o`rinlarda. Bu dastur nafaqat 
videomontaj ishlarida, hattoki tovushlarni taxrirlashda qo`llaniladigan yuqori sifatli 
asbobdir. Adobe Premier Effects 6.0 DVD va Web sahifalardagi video 
maxsulotlarda animasiya va maxsus efektlarni yaratishda foydalanadigan paketdir. 
Ulead VideoStudio v6.0 raqamli va analog video kameralarda MPEG1/2, AVI, 
VCD va DVD sistemalarida yozilgan videolarni montaj qiladi. Bunday misollarni 
ko`plab keltirish mumkin. Tovushlarni eshitish va ularni qayta ishlash maqsadida 
ko`plab dasturlardan foydalanish mumkin. Bularga misol tariqasida JET AUDIO, 
Media Pleyer, COOL EDIT PRO, WINAMP va h.k.z.lar 
Buxgalteriya tizimlari. 
Bu maxsuslashtirilgan tizimlar bo’lib, ular o’z ichiga matn va jadval
dasturlarini, elektron jadvallar va ma'lumotlar omborining funksiyalarini oladi. 
U korxona birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va hisobga olishni
avtomatlashrirish, buxgalterlik hisobotlarni olib borishga mo’ljallangan. Bundan
tashqari, bu tizim korxonaning, soliq va statistik hisob tashkilotlariga beradigan
formada tayyorlanadigan hisobotlarni olib borish uchun ishlatiladi. Bu hisobotlar 
korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatini aks
ettiradi.Albatta, bu hisobotlarni yuqorida keltirilgan boshqa tizimlar yordamida 
ham bajarish mumkin. Ammo buxgalteriya tizimi har xil vositalar muhitlarini 
bitta tizimda mujassamlanganligi bilan qulaydir. 
Nazorat savollari ! 
1.
Amaliy dasturlar nima? 


2.
Matn kiritish dasturlar nima? 
3.
Matnli muharrirlarining vazifalarni aytib bering? 
4.
Grafik dasturlar nimalar yaratishga muljallangan 
5.
Kompyuter grafik dasturlari nima? 
6.
Video – audio dasturlar qanday ma`lumotlarga asoslangan? 

Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə