Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#161258
  1   2
7. SUZISH USULLARIGA QO\'L VA OYOQLAR HARAKATI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI
3 - kurs 21.23B - guruh talabasi

Ro’ziboyev Lazizbek


Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi
fanidan tayyorlagan



Farg‘ona -2023

SUZISH USULLARIGA QO'L VA OYOQLAR HARAKATI


Reja:

  1. Krol usuli

  2. Sinxron (badiiy) suzish:

  3. Brass usuli

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



Suzish bu — suvda qo‘l va oyoqlar harakati ko‘magida siljishidir. Suvda suzishni siz bolajonlar juda yaxshi ko‘rasiz-a, shundaymi? Lekin uning usullari haqida ko‘pchiligingiz yetarli ma‘lumotga ega bo‘lmasangiz kerak. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

Krol usuli:


Eng tezkor bo‘lgan bu usulida ko‘krakda suzish orqali qo‘l va oyoqlarning navbatma-navbat bajariladigan to‘xtovsiz harakatlari bilan amalga oshiriladi. Gavda suv yuzida deyarli gorizontal holatda joylashadi. Bu usul asosan 50 metrdan 1500 metrgacha bo‘lgan masofalarda qo‘llaniladi. Bu usul, baxtsiz hodisalarning oldini olishda, cho‘kayotganlar oldiga tezroq suzib borishda juda qulaydir.

Delfin usuli:


Harakat vaqtida qo‘llar suv ustidan (havodan) oldinga olib o‘tiladi, oyoqlar krol usulidagi kabi, faqat ikkala oyoq bir vaqtda harakatlanadi.

Sinxron (badiiy) suzish:


Bu usul suzishning eng go‘zal va rohatbaxsh usulidir. Bunda sportchi qizlar musiqa jo‘rligida turli xil mashqlarni yakka yoki jamoa tarzida bajaradilar.

Brass usuli:


Oyoq va qo‘llar harakatlarini bir vaqtda, bir-biriga mos holda bajarish, harakatlarni ma’lum tartibda uyg‘unlashtirib borish bilan xarakter-lanadi. Bu usuldan kiyim bilan suzishda va buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tishda foydalanish mumkin. Brass usuli texnikasini yaxshi egallaganlar katta masofalarni bemalol suzib o‘ta oladigan bo‘ladilar.
Krol usulida ko'krakda suzish. Krol-eng tez suzish usuli. Haqiqiy sportcha suzish taxminan 19 asr oxirlaridan boshlab yuzaga kelgan. Ungacha suzish uzoq tarixni bosib o'tgan bo'lsa ham, halqaro musobaqa shartlari asosda muayyan usullarda sportda shunga to'g'ri keladi. U paytlarda tredjen usuli va brass usuli ommalashgan edi. Tredjen usulida suzuvchi qo'llari bilan navbatma- navbat harakat qilgan xuddi krol usulidek, ammo oyoqlar bilan qaychidek harakat qilgan va nafas olish ixtiyori bo'lgan. Qo'llar harakatini batafsilroq tasvirlaydigan bo'lsak,
bu quyidagicha bo'ladi: o'ng qo'l o'ng elka ro'parasidan suvga botiriladi va shu paytda qo'l tirsakdan xiyol bukiladi, oldin barmoqlarni yozib panjani keyin bilak va nihoyat elka suvga botiriladi. Suv tagida qo'l oldinga uzatilgan bo'lishi va pastga qarab eshilishi, yarmisiga kelganda qo'l tirsakdan bukiladi va biqin yonidan to songacha suvni zo'r berib tortishda davom etiladi. Eshish harakatlarini bajarayotganda barmoqlar birlashtirilib suvni iloji boricha ko'proq olish uchun yuza xovuch qilindi. Shunday qilinganda suv qo'llar uchun tayanch vositasini o'taydi va odam gavdasi tezroq ilgariga suriladi. Krol usulida suzilganda odatda qo'l bilan ikki marta eshishga, oyoq bilan esa olti marta harakatlanishga ulgurish kerak. Oyoqlar harakati. Sportchi suzib ketayotganda uning oyoq harakatlarining roli ham ko'p narsaga bog'liqdir. Shu jihatdan ular harakatlariga nom berilgan. Oyoqlarning pastki harakat qilishi ishchi harakati, yuqoriga harakati esa tayyorlanish harakati deyilai. Ularning vazifalari ham har xil. Ishchi harakatlar gavdani olg'a siljishga xech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Tayyorlanish harakati Hozir aytib o'tganimizdek oyoq suv ostida tizza bo'g'imida batamom to'g'rilanib olgach, gavdaga nisbatan pastga egik, ya'ni chanoq-son bo'g'imidan bukilgan holatni oladi. Yuqoriga harakat oyoqni chanoq-son bo'g'imidan yozish bilan boshlanadi. Oyoq to gorizontal holata kelguniga qadar ham to'g'ri turadi, sal yuqoriga ko'tarildimi, tizza bukila boshlaydi, boldir bilan panja esa yuqoriga harakatini davom ettiraveradi. Shu paytda oyoq chanoq-son bo'g'imidan bukila turib pastga harakat qiladi. Songa etganda oyoqning pastdan yuqoriga bo'lgan harakati tugaydi va navbatdagi ishchi harakat boshlanadi. Endi ikkala oyoqning bir-biriga monand harakatiga kelsak, bu- suzuvchi sportchi uchun juda muhim. Demak, yuqorida aytib o'tganimizdek, tayyorlanish harakati o'z chegarasiga etishi bilan u pastga harakat qilib ishchi harakatni boshlaydi, xuddi shu paytda esa o'zining ishchi harakatini tugatayotgan ikkinchi oyoq yuqoriga harakat qilib, tayyorlanish haakatiga o'tadi. Mana shu dam-badam almashinib bajarilayotgan oyoqlar harakati muttasil bir-biriga mos tushib borishi va har doim gavdaning olg' a harakatlanishiga xizmat qilishi lozim. Bu usul uzoqqa suzib borganda ham, yaqinga suzganda ham muvaffaqiyat bilan qo'llaniladi. Krol usulida ko'krakda
suzganda suzuvchining gavdasi gorizontal holatda bo'ladi. Yuzi suvga botib turadi, ammo nafas olganda boshi yon tomonga buriladi. Suzuvchi qo'l va oyoqlarini ishlatganligi tufayli olg'a siljiydi. Oyoqlar barmoq uchigacha erkin uzatilib, birin- ketin yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga tez-tez harakatlantiriladi: oyoqlarni to'g'ri ishlatganda tovonlar suv ustiga chiqib suvni bir tekisda ko'piklantirib borishlari lozim. O'ng qo'l o'ng elka to'g'risidan suvga botiriladi. Qo'l suvga botirilganda tirsak bir oz bukiladi. Dastlab panja, so'ngra bilak va nihoyat, elka suvga botiriladi. Suv tagida qo'l oldinga uzatiladi va pastga qarab eshiladi. Qo'l toboro tezroq harakatlantiriladi va yarmisiga etganda ayniqsa tez eshadi. Bu harakatning yarmisiga etganda qo'l tirsakdan bukiloib yanada tezroq va shu bilan birga zo'r berib eshishga imkon beradi. Eshganda barmoq juftlashtiriladi. Panja bir ozgina bukiladi, shunday qilganda panja yaxshiroq esha oladi. Eshib bo'lgan qo'lni suvdan astagina chiqarish kerak. Bunda tirsak panjadan ilgari suvdan chiqishi lozim, so'ngra tirsakni erkingina bukib va quloch tashlab qo'lni oldinga uzatiladi. Panjani suvga yaqin tutish kerak. Quloch otganda muskullar ko'proq bo'shashtiriladi. Qo'l elkadan oldinga o'tishi kerak. Qo'l elkadan oldinga o'tishi bilan uni yana suvga botirish va eshish kerak. Eshayotgan qo' l vertikal holatga kelganda ikkinchi qo' lni suvga botirib ulgurish uchun tezroq quloch ochish kerak. Shunday qilganda ikkala qo'l ham hamisha suvni eshib turadi va suzuvchining ilgari siljishiga imkon beradi. Krol usulida suzganda yuz ko'pincha suv ichida bo'ladi, shu sababli nafas olish uchun boshni yon tomonga burib, og'izni suvdan chiqariladi. Boshni istagan tomonga burish mumkin. Boshni chap tomonga burib nafas olayotirmiz deb faraz qilaylik. Bu holda chap qo'l vertikal holatga kelishi bilan bosh chapga buriladi, og'izni suvdan chiqarib nafas olinadi. So'ngra chap qo'l suvdan chiqishi bilan yuz yana suvga botirilib, burun yoki og'izdan nafas chiqariladi. Chap qo'l vertikal holatdan o'tishi bilan suzuvchi boshini burib yana nafas oladi. Krol usulida suzganda qo'l bilan ikki marta eshganda oyoq bilan olti marta tepish, ya'ni qo'lga qaraganda oyoq bilan tezroq harakatlanish zarur. Krol usulida qo'lni suvdan chiqarmay ko'krakda suzish-sekin suzish usulidir. Yuqorida aytilgandek, qo'lni suvdan chiqarmay suzish oson usul bo'lib, uni tez o'rganish
mumkin, shu sababli suzishni endi o'rganayotganda shu usulni qo'llagan ma'qul. Suzishni mutlaqo bilmagan kishilar ham 3-4 mashg'ulotdan keyin cho'kmay suv ustida tura oladilar va o'zini suvda yaxshi xis qiladilar. Buning katta psixologik ahamiyati bor. Krol usulida qo'lni chiqarmay ko'krakda suzishni bilib olgandan keyin, suzishning mukammalroq usullarini o'rganishga dadilroq o'ta olasiz. Krol usulida suzganda gavda gorizontal holatda bo'ladi. Bunda boshni shunday ko'tarish kerakki, og'iz suvdan chiqqan bo'lsin va iyak suvda tursin. Oyoqlar krol usulidagidek harakatlantiriladi. Qo'llar suvdan chiqarilmaydi, balki eshib bo'lgandan keyin tirsak biqinga etkazilmay bukiladi va barmoqlar oldinga qaratiladi, qo'llar suv tagida galma-gal oldinga uzatiladi, so'ngra xuddi krol usulidagi singari eshiladi. Bir qo'l bilan eshganda ikkinchi qo'l suv tagida uzatiladi. Qo'llar bilan bir marta eshganda oyoqlar uch marta siltinadi. Qo'l bilan ikki marta eshganda bir marta nafas olinadi va bundan keyingi ikki marta eshganda nafas chiqariladi. Qo'lni suvdan chiqarmay krol usulida kiyim kiyib ham suzish mumkin. Brass usulida ko'krakda suzish: Brass -suzishning qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri. U amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, suvga cho'kayotgan odamlarni qutqarib qolishda hamda kiyimbosh bilan suzishda qo'llaniladi. Brass usuli barcha suv sporti musobaqalari dasturlariga kiradi. Dastlabki holatda suzuvchining gavdasi gorizontal, yuzi suv ichida bo'ladi, kaftlar pastga qaratilgan holda qo'llar suv ostida oldinga uzatilgan, oyoq boshmoldoqlari bir-biriga tegib turgani holda orqaga uzatilgan bo'ladi. Kaftlar yon tomonga burilib, panjalar egilib, ikki qo'l ikki tomonga bir oz pastroqqa eshadi. Eshish elka chizig'igacha davom etadi. Og'iz suvdan chiqariladi hamda nafas olinadi. Avvalo sekin-asta eshiladi, tezlik borgan sari oshadi. Suzuvchi ikkala kafti bilan suvga tayanganini sezib turadi va shundan foydalanib gavdasini oldinga siljitadi. Eshib bo'lgandan keyin ikki qo'l yana oldinga cho'ziladi, tirsaklar pastga tushiriladi, qo'llar oldinga cho'zilib, 5-10 sm chuqurlikda asta-sekin bir-biriga borib tegadi. Shu paytda ikkala tizza bukilib, oyoqlar gavdaga tomon tortiladi, tizzalar ikki tomonga keriladi. Nafas olinmaydi. So'ngra ikkala qo'l ham oldinga uzatiladi. Tizzalar bir-biriga bir oz yaqinlashadi, tovonlar ham ikki tomonga uzatiladi, sonlarning ichki tomoni va
tovonlar bilan suvga tayangan holda oyoqlar ohistagina uzatiladi, son va tovonlar jipslashadi. Oyoqlarni kerish harakati asta-sekin jipslashtirish harakatiga aylana borishi, tez harakat qilish bilan tugallanishi kerak. Oyoqlarning bunday harakatlanishi brass usulida suzganda katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham uni to'g'ri bajarishga alohida e'tibor berish kerak. Qo'llar cho'zilib oddiygina harakat qilganligi va oyoqlarga nisbatan kamroq yo'lni bosib o'tganligi sababli, oyoqlarni ishlatib, eshishga qaraganda ikkala qo'lni cho'zish harakati oldinroq tamom bo'ladi. Qo'llar suvdan chiqqan zahoti nafas olish boshlanadi. Ayni bir vaqtda qarshidan kelgan to'lqin jag'ni suvga ko'mib o'tadi, shuning uchun ham nafasni suv tagida chiqarish kerak. Endi oyoq-qo'llar uzatilgan. Nafas chiqarish tamom bo'lgan. Suzuvchi oldinga siljimoqda. Suzish tezligi kamaygan zahoti suzuvchi eshish harakatini yana takrorlaydi, bu harakatlar sikli birin-ketin bajarilib turiladi. Brass usulida suzishni o'rganish. Brass usulida suzish texnikasining eng muxim tomoni ikkala oyoqlarni ishlatish mashqlari bilan dastavval qirg'oqda o'tirgan holda, keyinchalik suvda shug'ullanadilar. Ularni puxtaroq o'zlashtirib olib uchun harakatlarni avval bo'lib-bo'lib, keyinchalik bir yo'la o'rganiladi. Chunonchi bir deganda oyoqlar qimirlamay turadi, ikki deganda oyoqlar bukiladi, tovonlar ikki tomonga qaratiladi, uch deganda go'yo suv eshilgandek doiraviy harakat qilinadi va oyoqlar rostlanadi, to rt deganda oyoqlar harakatsiz turadi. Ikki deganda oyoqlar harakatsiz turadi. Ikki deganda harakat sekin, uch deganda esa, tez bajariladi. Brass usulida suzgandagina oyoq harakatlarini o'rganib olgandan song avval quruqlikda, keyin engashib turgan holda, suv ichida qo'l harakatlari o'rganiladi, so'ngra qo'l harakatlarini nafas olish bilan moslab bajarishni o'rganish kerak. Eshganda avval kaftlar yozilmaydi, keyinchalik qo'llarni to'g'ri harakatlantirish usullarini o'zlashtirib olgandan keyin brass usulida kaftlarni ikki tomonga yozib birdaniga esha boshlansa, xotolarga yo'l qo'yiladi. Ular kaft bilan suvga tayanayotganlarini sezib, keng quloch yozib esha boshlaydilar. Qo'l va oyoqlar harakatlari texnikasini o'zlashtirib olgandan so ng avval bosh suvda bo'lgani holda so'ngra barcha harakatlarni va nafas olishni bir-biriga moslashtirib brass usulida suzishga o'ting. Brass usulida suzish harakatlarini o'rganib olish va
mahoratni oshirish uchun suzish masofasi asta-sekin oshirib boriladi. Delfincha suzish yoki batterflyay usulida suzish brass usulida suzishning bir turi sifatida maydonga keladi. Uning sportcha suzish turi o'rnida rivojlanib, takomillashib borishida ko'pgina sportchilar salmoqli xissa qo'shdilar. Keyingi vaqtlarda delfin suzish keng tarqaladi va musobaqa programmalariga kiritila boshlandi. Bu suzish usuli muskullarini, ayniqsa elka bo'g'inida yaxshi rivojlantiriladigan mashqlardan iborat. Delfin usulida suzish texnikasini osongina ta'riflash uchun dastlabki holat sifatida quyidagilarni olamiz: suzuvchining gavdasi suvda gorizontal holatda bo'lib, qo'llar elka kengligida oldinga uzatilgan, yuzi suv ichida, oyoqlar uzatilgan, tovonlar suv ustiga yaqin.
Suzish texnikasi deganda, harakatlarni mutanosib ravishda nampyon qilish tushuniladi. Bu esa ma'lum harakat qoidalariga rioya qilgan holda boladi. Aks holda oddiy suvda cho'miluvchilar suzishidan farqi qolmay qoladi. Buning uchun, avvalo, suzishning shakli, harakat Usullari va shu harakatlarning o'zaro qovushishi, mos kelishi talab etiladi. Shunda sportchi o'zining tashqi va ichki kuchlarini yuqori darajada safarbar qila oladi. Suzuvchining muntazam ravishda «bir qolipga tushib suzish» tabiatini egallashi bora-bora uning individual suzish texnikasiga aylanib boradi. Endi u o'zining butun harakat va funksional imkoniyatlarini o'z texnikasi asosida ro'yobga chiqaradigan bo'ladi. Bu, odaftda, individual texnika deyiladi. Individual texnika doimiy ravishda rivojlantirib, takomillashtirib borishni talab etadi. Individual texnika qanchalik takomillashsa, u shunchalik yengil ko'chadigan bo'lib boradi va yangidan-yangi turlar ustida mashq qilish imkoniyati tug'iladi. Suzish texnikasi qanshalik tez takomillashtirib borilsa yuqorida aytib o’tganimizdek sportchining yoshi bo’yi gavda qisamlari rivojlanadi o’zaro nisbati vazni oyoq va shu suzuvchining xos shaxsiy qobiliyati shakllanadi. Sportchining jismoniy chiniqqanligi, kuchli va qayishqoqligining roli o’z-o’zidan ayon.
Bularni bilganimiz ham, ular xususida qisqacha eslatib o’tishini lozim topdik, demak gidrosatika suzuvchi tanasining suvdagi muvozanatni ifodala, gidrodinamika tushunchalarini anglab o’tgansiz.Shunday bo’lsa ham ular
xususuda eslatib o’tishni lozim topdik. Gidrodinamikadan dinamik suzish kelib chiqqanidek gidrostatikadan static suzish kelib chiqadi.
Buni quyidagicha izohlash mumkin. Masalan, odam gavdasi hech bir harakatlanmay ham ma’lum vaqt mobaynida suvda qalqib tura oladi, suvda cho’milganlarning barchasi buni yaxshi biladi. Xuddi mana shu ma’lum vaqt davomida odam gavdasining suv betide yoxud uning biror qatlamida muallaq turish holati yuqorida tilga olgan static suzish bo’ladi. Keyinroqda bular haqida alohida to’xtab o’tamiz. Suzsih sportida suvning fizik xossalari deganda odatda uning qovushqoqligi, zichligi, suvning siqiqligi va solishtirma og’irligi tushuniladi. Suvning qovushqoqligi odatda shu suvning kimyoviy xossasiga ham, holatiga ham bir qadar bog’liqdir. Suv harorati qancha past bo’lsa, uning qovushqoqligi shuncha yuqori bo’ladi.Masalan, suv harorati harorati 300 bo'lganda, uning qovushqoqligi 20% kamayishi bizga ma'lum. Suvning zichligi deb hajmi birligidagi massasiga aytiladi. Bu bizga fizikadan ma'lum. Masalan, 1 kg suvning massasi hamisha hamma suvda bir xil emas. Suv qancha sho'r, harorati qancha yuqori bo'lsa, uning massasi shuncha kam bo'ladi, demak, zichligi kam degan so'z. Chunonchi haroratda 40 li chuchuk suvning zichligi kubometr bilan ulchaganimizda 1000 kgG'm3 ga teng. Sho'r dengiz suviniki esa 1010-1030 kgG'm3.
Suvning siqiqligi odatda, suvning zarrachalari va qatlamchilarining bosimidan kelib chiqadi. Shu bosim qancha ko'p bo'lsa, suvning siqiqligi hajmi shuncha kam bo'ladi. O'z navbatida, suvning siqiqligidan gidrostatik bosim kuchi kelib chiqadi. Har qanday suv, hatto tinch holatda turganda ham, unda og'irlik kuchi bo'ladi. Bu kuch, bir tomondan, suyuqlikning o'z vaznida paydo bo'lsa, ikkinchi tomondan, atmosferaning unga ko'rsatayotgan ta'siridan yuzaga keladi. Binobarin, gidrostatik bosim kuchi suvga tushgan odamning hamma yeriga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Odamning qulog'ida paydo bo'ladigan og'riq mana shu bosim kuchi ta'sirida yuzaga keladi.
Suvning solishtirma og'irligi deganda, odatda, gavda og'irligining shu gavda hajmidagi suv og'irligiga nisbati tushuniladi. Bu fanda gG"sm3 bilan ifodalanadi.
Bu ham suvning kimyoviy tarkibi bilan uning haroratiga bog'liq. Binobarin, suvning zichligi qancha yuqori bo'lsa, uning solishtirma og'irligi ham shuncha yuqori bo'ladi. Buning uchun 27-280 S bo'lishi kerak, bunday haroratdagi suvlarning solishtirma og'irligi 0,998 gG'smS ga teng bo'ladi. Bu o'rinda, shuni aytib o'tish lozimki, suvda cho'milish uchun faqat suvning solishtirma og'irligi emas, balki suzuvchi tanasining solishtirma og'irligi ham bir qadar rol o'ynaydi. Odam gavdasidagi to'qimalarning solishtirma og'irligi esa har xil Masalan, teri, mushak, suyak to'qimasiniki yog' to'qimasinikadan og'ir, mushakniki terinikidan, suyakniki mushaknikidan og'ir. Umuman olganda, odam gavdasi qismlarining solishtirma og'irligi o'rta hisobda 0,935 dan 1,057 gG,sm3 gacha 'o'lchanadi. Bolalar bilan ayollar gavdasi qismining solishtirma og'irligi esa biroz yengil bo'ladi. Chunki hozir aytganimizdek, ularning yuqori solishtirma og'irlikka ega bo'lgan suyak va mushaklari erkaklarnikiga qaraganda, yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi. Shunday ekan, suzuvchi sportchining yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lishiga gavdasining solishtirma og'irligi ham bir qadar rol o'ynar ekan. Suvga tushgan suzuvchining harama tomoniga odatda, suvning bosim kuchi ta'sir qiladi deb yuqorida aytib o'tdik. Binobarin, odam suvga qancha chuqur tushsa unga tazyiq o'tkazadigan bosim kuchi ham ortib boradi. Ammo mana shu bosim kuchining qay darajada yuqori bo'lishi gavdaning joylashish vaziyatiga va suvning tarkibiga ham bog'liqdir.
Chunki odam gavdasi suvda gorizontal vaziyatda bo'lsa, unga suvning ko'tarish kuchi katta hajmda ta'sir qiladi. Suvning tarkibi haqida yuqorida bir karra eslatib o'tdik. Demak, suvdagi tinch turgan suzuvchiga bir vaqtning o'zida og'irlik kuchi, bu odamning o'z vazni va suvning ko'tarish kuchi (tarkibiga ko'ra yuqoriga itaruvchi kuchi) ta'sir qiladi.
Suzuvchining mana shunday kuchlar ta'sirida bo'lishi statik suzish deyiladi. Bundan tashqari suzuvchi gavdasiga suvning itaruvchi kuchi ham ta'sir qiladi. Bu kuch odatda, gavda siqib chiqargan suv hajmiga teng bo'ladi. Suvning har tomonidan yo'nalgan itaruvchi kuchi ham ta'sir qiladi. Bu kuch odatda, gavda sikiq chiqargan suv hajmiga teng bo'ladi.
Suvning har tomonidan yo'nalgan itaruvchi kuchlarning jam bo'lib yo'nalgan nuqtasi suzuvchanlik markazi deyiladi. Bu markaz odatda, siqib chiqarilgan suvning zichlashgan hajmi markaziga to'g'ri keladi. Endi biz quyida tilga olingan suvdagi kuchlarning ta'siri haqida to'xtalamiz.
Gavda suzuvchanligi. Yuqorida aytilganidek, gavdaning og'irlik kuchiga va suvning o'z itaruvchi kuchiga qarab odam suvda u yohud bu darajada muallaq qalqib turadi, muvozanat saqlay oladi yoki cho'kadi. Masalan, gavda og'irligi u siqib chiqargan suv hajmi og'irligidan kam bo'Tsa (sabablarga ko'ra),"bu holda gavda suv betida juda bo'lmaganda suvning sal quyi qatlamida qalqib tura oladi. Odamning mana shu qalqib tura olish qobiliyati gavdaning suzuvchanligi deyiladi. Odatda, bu ham gavdaning solishtirma og'irligi bilan suvning solishtirma og'irligiga bog'liq. (Odam gavdasidagi qismlarning solishtirma og'irligi xususida yuqorida gapirib o'tdik). Bunga binoan, ozg'in odamning suvda muallaq turishi (yoki chiqishi) semiz odamnikiga qaraganda, bir qadar ko'proq harakatlanishni talab etadi. Bu o'rinda suvdagi suzuvchining nafas olishi bilan nafas chiqarishi paytidaga solishtirma og'irligining o'zgarishini ham aytib o'tish joizdir. Chunonchi, odam o'pkasini to'ldirib nafas olganda, gavdasining solishtirma og'irligi 0,97 ni tashkil qilsa, to'la nafas chiqarganida esa 1 dan oshmaydi, bu esa suvning solishtirma og'irligi bilan teng bo'lgan degan so'zdir, odam bunday paytda suvda qalqib tura oladi. Odam gavdasi qismlarining solishtirma og'irligi bir xil emas deb yuqorida aytib o'tdik. Masalan, gavdaning o'pka atrofii qismlarining solishtirma og'irligidan oyoqlarning solishtirma og'irligi yuqori. Demak, odam suvga botayotganda hamisha uning oldingi oyoqlari suvga botadi. Havodan tushayotganida, tayyoradan sakraganida garchi u oyoqlari bilan sakrasa-da, boshi bilan tusha boshlaydi. Bu ham ma'lum. Chunki odam boshining solishtirma og'irligi gavdaning boshqa qismlari og'irligidan katta. Binobarin sportchi faqat o'z harakatlari bilan havo qarshiligiga oyoq-qo'llarini ro'para qilish
orqali, ya'ni havoda «suzish» elementlarini bajarish bilangina havodagi vaziyatni o'zpartiradi va turli ko'rinishlarda shakllar yasaydi. Bir so'z bilan aytganda, sportchi o'zining butun og'irlik kuchini havoning qarshilik kuchiga butun gavdasi bo'ylab
bir tekisda taqsimlay olgandagina, u gorizontal holatga erisha oladi. Suvda suzishda ham shunga o'xshash hodisa yuz beradi. Masalan, suzuvchining og'irlik kuchini Fl suvning ko'tarish kuchini F2 deb olsak, odam vertikal suzganida, ya'ni gavdaning vertikal suzuvchanligida F4 va F3 kuchlari gavdaning bo'ylamasiga ketgan o'qi*bo'ylab taqsimlanadi: gorizontal suzuvchanlikka esa bu kuchlar « mashur o'qqa perpendikulyar taqsimlanadi. Demak, gavdaning keyingi suzuvchanligi suzish texnikasiga yordam beradi.
Badiiy suzish usulida ko'p qo'llaniladigan harakatlardan biri -oyoqlarni uzatgan holda ikki yoqqa kerib, qo'llami ham uzatib og'irlik kuchi markazi bilan suzuvchanlik markazini bir-biriga yaqinlashtirishdir. Bunda «juft kuchlar» yelkasi kamaytirilgan bo'ladi. Bunga gavdani o'z o'qi atrofida bo'ylamasiga aylantirish orqali erishiladi.
Endi gavdani o'z o'qi atrofida yonga aylantirishni ko'raylik. Bunda bir qo'lni yoki oyoqni ko'tarish kerak, shunda gavda qo'l yoki oyoq ko'tarilgan tomonga qarab aylanadi. Chunki suvning siqilgan hajmi ta'sir kuchi, bosimi o'zgaradi, binobarin, suzuvchanlik markazi bilan og'irlik markazining nisbati o'zgaradi, demak, qo'l yoki oyoq ko'tarilgan toraonga gavdani aylantiradigan «juft kuch» hosil buladi. Gavdaning qanchalik kam qismi suvga botgan bo'lsa, uni ko'taruvchi kuch shu tomonga shimcha kam kuch bilan ta'sir qiladi. Shu sababli ham, suzayotgan odam nafas olish uchun boshini ancha yonga burishni yoki ko'tarilishni, qo'lini suvdan yuqoriga chiqarib oldinga tashlashni tez bajaradi, ikkinchi suvdagi qo'li esa nisbatan sekin harakatlanadi. Bordi-yu bosh yoki qo'l suvdan sekin ko'tariladigan bo'lsa, u holda suvning ko'tarish kuchini oshirish uchun suv ostidagi qo'l va oyoqlarni tezroq harakatlantirish zarur. Suzuvchi suvga kalla tashlaganida tezroq boshi bilan qo'llarni yuqoriga ko'tarishga va oyoqlari bilan suvni tepishga oshiqadi, chunki bu paytda suvning ko'tarish kuchi kamayib, og'irlik kuchi ortib ketadi.
Ma'lumki, suzuvchining suzish organlari harakatlanib borishi dinamik suzish deb yuqorida bir karra aytib o'tgan edik. Uni amalga oshirish uchun odatda
suzuvchi ta'sir kuchlarini hosil qilishi kerak. Bunday ta'sir kuchlar, qoidaga ko'ra to'rtga bo'linadi:

  1. Og'irlik kuchi Ғо; 3. Tortish kuchi Ft

  2. Suvning ko'tarish kuchi P; 4.Qarshilik kursatish kuchi P.

Bular orasida og'irlik kuchi FO doimiy gidrostatik kuch bo'lib qoladi va o'zgarmaydi. Suzuvchi odatda havoga qaraganda, zich suvga tayanib uni qo'l va oyoqlari bilan itarib oldinga harakat qilib boradi. Bundan ayon bo'ladiki, suvning zichligi suzuvchi uchun tayanch vositasini o'taydi va demak, unga tayanib, olg'a harakatlanib borar ekan, o'z navbatida ro'paradan gavdaga ta'sir qiluvchi kuchlar ortib boradi, natijada, suzish tezligi pasayadi. Mexanika qonunidan ma'lumki, suvning qarshilik kuchini butunlay yo'qotib bo'lmaydi. Faqat suzuvchi sportchining malaka va mahoratiga bog'liq ravishda uni maksimal kamaytirish va shu bilan tezlikni maksimal oshirish (kamaytirish) mumkin.
Buning uchun esa sportchi o'z harakat yo'nalishlariga qarshi ro'paradan kelayotgan qarshilik kuchining qanday paydo bo'lishini va ta'sir mexanizmini tushunishi, binobarin, suvning qarshiligi bu kuchning kattaligi va uning doimiy emasligi, nimalarga bog'liqligini bilishi lozim. Masalan, suvning qarshilik kuchi gavdaning ko'ndalang yuzasi kegnligi suzish tezligining oshishiga qarab kattalashib qonuniyatini, qolaversa gavdaning tuzilishi uning suvdan olgan holatini ham bir karra ahamiyatga ega bo’lishini u ahglab yetishi kerak.
Ishqalanish qarshiligi deb suzuvchi qavdasi tarkib yuzasining suv bilan o’zaro ta’siriga aytiladi. Bu suvning qanchalik qovushqoqligiga bog’liq.
Ishqalanish kuchi, odatda gavda tekis, silliq bo’lmaganda suzish liboslari dag’al matodan tikilgan bo’lganda oshadi. Hatto tajribali sportchilar musobaqalar oldidan qo’l-oyoqlari butun tuklarni kuydirib tashlaydilar.
Girdob (uyurma) qarshiligi. Sportchi zo’r berib olg’a harakatlanib borar ekan, oldidagi suv oqimini ikkiga yorib boradi. Suvlar esa ikki yonidan va bo’yni uzra tomondan qo’shiladi.
Ma’lumki, suzuvchining orqasidagi girdob, uning oldidagi suv bosim kuchi o’rtasidagi farqlanishdan kelib chiqadi. Bosim past yerga tushib qolgan suv
zarrachalarini ishqalanish qonuniga muvofiq oz bo’lsada muayyan vaqt mobaynida gavdaning quyi qismlariga ko’proq oyoqlariga ilashib qoladi va ma’lum masofalarga ergashib boradi. Keyin ular o’rniga boshqa suv zarrachalari ilashadi va ergashadi. Shu jarayon muttasil davom etib boradi. Bu sportchi uchun yengil bo’lmaydi.. Sportchi ularni engish uchun ancha-muncha quvvat sarflaydi. Girdob qarshiligining kuchi suzuvchi olgan tezlikka va uning qomatiga bog'iiq. Girdob kuchini kamaytirish uchun bir yo'l qoladi, ya'ni oldingi suv bosimi bilan orqadagi suv bosimini tenglashtirishga erishish kerak bo'ladi. Sportchi bunga qanchalik yaxshi erishsa, girdob qarshiligini ham u shunchalik kamaytirgan bo'ladi. Bunda suzuvchi sportchi qanday bo'lmasin, gavdasini shunday holatda tutib borishi kerakki, natijada suvning gavdadan sirpanib o'tishi osonlashsin. Bunga erishish maqsadida suzuvchi o'z gavdasini suv betida iloji boricha gorizantal holatga yaqinroq ushlab, oyoq va qo'llarini bor bo'yicha uzatib borishi, oyoqlar panjasini chuzishi, qo'llarini boshi yaqinida tutishi kerak. Tajribali suzuvchilar shuni bilganlari holda start olgandan so'ng va burulib bo'lganidan keyin hovuz devoridan depsinib chiqqan vaqtlarida shu holatni qabul qiladilar, Bu o'rinda shuni aytish joizki, girdobning qarshilik kuchi suzuvchi suv betiga qancha ko'p gavdasini ko'tarib suzsa, shuncha ko'p ortadi. Bu suzish usuliga bog'iiq. Masalan, brass usulida ko'krakda va chalqancha yotib suzishda girdob qarshiligi oshadi. Uni kamaytirish uchun esa tajribali suzuvchi sportchilar bunday paytlarda qo'llarini suv yuzasidan pastga tomon harakatiantirib oyoqlarini tana enidan chiqarib yubormasdan, bellarini maksimal darajada bukib suzadilar.

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə