Rivojlanish tarixi



Yüklə 334,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü334,02 Kb.
#130251
  1   2   3   4   5
GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH QOIDALARI VA RIVOJLANISH TARIXI.



 
21.23 C guruh talabasi VALIYEV ZIKIRJON
 


GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH QOIDALARI VA 
RIVOJLANISH TARIXI.
REJA 
1.
Gandbol o’yini haqida
2.
Gandbol o’yining kelib chiqish tarixi
3.
O’zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.


Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo’lib, u o’quvchi yoshlarni jismoniy 
rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, 
eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o’smir-yoshlar uchun ham 
birdek ma‘qul bo’lgan chinakam xalqchil o’yin hisoblanadi. Musobaqada o’n ikki 
o’yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O’yin maydoni 40x20 

kattalikdagi to’rtburchakdan iborat.
O’yinda qatnashuvchi jamoa o’yinchilarining maqsadi - to’pni egallab olib, 
dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To’p bilan barcha harakatlar 
faqat qo’lda bajariladi. To’p uchun kurashda, qarshilik ko’rsatishda qo’pollik va 
sportchiga xos bo’lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O’yin 
ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog’liq bo’lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha 
davom etadi. O’yin vaqtida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy fazilatlarini ko’rsatish 
imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o’yin har bir gandbolchidan o’z 
shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo’ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o’yinining asosini yugurish, sakrash, to’pni uzatish, uloqtirish kabi 
shug’ullanuvchilarning har jihatdan uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy 
harakatlar tashkil etadi. YUklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning 
rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg’ulotlar tasirida, shuningdek, musobaqalarda 
shug’ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, 
ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol 
o’yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo’lib xizmat qila oladi. 
Yo’nalishni o’zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal 
tezlikda harakat qilish yo’llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy 
hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli qo’l to’pi har qanday ixtisosdagi 
talaba uchun zarur bo’lgan sport o’yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o’yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida keng 
qo’llanilmoqda. Qo’l to’pi musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda 


jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini 
oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me‘yoriy talablarini bajarishning 
asosiy omillardan hisoblanadi.
1898 yilda - qo’l to’piga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi 
gimnaziyalardan birining o’qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, 
qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli havoda zalda o’ynasa bo’ladigan yangi 
sport o’yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini 
qisqartirib, to’pni uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. SHu 
tariqa olamda «Xandbol» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo’l, ball-to’p 
ya‘ni ―qo’l to’pi‖ yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi.
1904 yili birinchi bo’lib Daniya qo’l to’pi federatsiyasi tashkil topdi.
1906 yili Kopengagen shahrida qo’l to’pi o’yinining dastlabki qoidalari nashr 
etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqda qo’l to’pi bo’yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili I Butunittifoq 
spartakiadasi doirasida o’tkazilgan. 1955 yilda Butunittifoq qo’l to’pi federatsiyasi 
tashkil topgan. 1962 yildan boshlab erkaklar va ayollar o’rtasida muntazam Ittifoq 
chempionatlari o’tkazilib turgan.
Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 123 davlati a‘zo bo’lib, 
jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug’ullanadi. SHu jumladan, 1,4 
million shug’ullanuvchi sobiq Ittifoq mamlakatlari gandbolchilaridir.

Yüklə 334,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə