Rivojlanish tarixi



Yüklə 334,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü334,02 Kb.
#130251
1   2   3   4   5
GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH QOIDALARI VA RIVOJLANISH TARIXI.

«Universiada-2002»
dasturiga kiritildi. 2004 yil Samarqandda va 2007 yil Toshkentda bo’lib o’tgan 
Universiada musobaqasida Toshkent shaxri jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
Bu uch bo’g’inli tizim yo’lga qo’yilgandan boshlab yana qo’l to’pi sportiga, uning 
yashashiga, rivojiga e‘tibor berila boshlandi.
2003 yilda 
«Talaba» sport jamiyati
ning tuzilganligi ayni muddao bo’ldi, chunki 
endilikda barcha sport turlari qatorida qo’l to’pi bo’yicha ham oliy o’quv yurtlari 
o’rtasida musobaqalar o’tkazilib, bu sportchilarimizning tajriba orttirishiga xizmat 
qilmoqda.


O’zbekiston gandbolida hal etilmagan muammolar hali anchagina.
Bugungi kunda avvalo qo’l to’pi jamoalaridagi o’quv mashg’ulotlari jarayoni va 
tarbiyaviy ishlar sifatini keskin yaxshilash kerak bo’ladi. Sport ilmiy vakillari - 
pedagogika fanlari doktori E.Seytxalilov, pedagogika fanlari nomzodlari V.Izaak, 
M.Jukov, J.Akramov, L.Xasanova, I.SHelyagina, S.Azizov, Abdalimov O.X, 
Nabiev T.E, dotsentlar F.A.Abduraxmanov, V.Lemeshkov, SH.Pavlovlar o’z 
tajribalari asosida gandbolga doir qanday yangilik va ilg’or usullarni va taklif yoki 
tavsiya etadigan bo’lsalar, hammasi bilan qurollanish lozim. SHularga amal 
qilgandagina eng yaxshi jamoalarimiz jahon gandbolida etakchi mavqega ega 
bo’lishlari mumkin.
2005 yildan boshlab O’zbekiston gandboli yangi bosqichni boshladi. O’zbekiston 
gandbol federatsiyasining bosh kotibi etib Mathalikov I.I. saylangandan so’ng 
o’zbek gandbolchilari xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda

2011 yilning 3-11 yanvar kunlari Hindiston Davlati CHennay shahrida
1992-1993 yilda tug’ilgan yoshlar o’rtasida Gandbol sport turi bo’yicha Halqaro 
trofeya kubogida ishtirok etib 3-faxrli o’rinni;

2011 yilning 3-9 iyun kunlari sportning gandbol
 
turi bo’yicha 199597 yilda 
tug’ilgan yoshlar va qizlar o’rtasida Rossiyaning Tolyati shahrida 
o’tkazilgan Xalqaro turnirda ishtirok etib 3-faxrli o’rinni;

2011 yilning 10-19 iyul kunlari Gongkong (Gongkong) shahrida
(Germaniya, Fransiya) Evropa va (Koreya, Xitoy, Singapur, Gongkong) Osiyo 
davlatlari ishtirokida 20 yildan buyon o’tkazilib kelinayotgan gandbol bo’yicha 
Xalqaro CHempionatida ishtirok etib 3-faxrli o’rinni;



2011 yilning 23 oktyabr – 3 noyabr kunlari erkaklar o’rtasida
Koreaning Seul shahrida gandbol bo’yicha jamoalari o’rtasida 2012 yil
Londonda o’tkaziladigan Olimpiyada o’yinlariga yo’llanma beruvchi saralash 
musoboqasida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib hamda 
sportchilarni xalqaro maydonlarda malaka va ko’nikmalarini oshirib;

2013 yil 13 - 19 may kunlari Samarqand shahrida gandbol bo’yicha
20 yoshgacha bo’lgan yoshlar va qizlar o’rtasida "Xalqaro Trofi Kubogi" 
musobaqasi Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyasi tashabbusi bilan o’tkazildi. 
Unda, Taybey(Xitoy), Hindiston, Tailand davlatlari ichidan O’zbekiston o’smirlar 
terma jamoasi 1-o’rinni va qizlar milliy terma jamoasi
2-o’rinni egallab, final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

2013 yil 31 may -7 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbol 
bo’yicha yoshlar va qizlar o’rtasida XII - Xalqaro bolalar festivalida 
vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 55 tadan ortiq 
davlat va shaharlar ichidan O’zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma 
jamoalari faxrli 3-o’rin qo’lga kiritdilar.

2013 yil 21 - 30 iyun kunlari Olma-ata (Qozog’iston) shahrida Gandbol 
bo’yicha qizlar o’rtasida Ociyo chempionatida vatanimiz sharafini yanada 
yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8ta davlat ichidan O’zbekiston qizlar milliy 
terma jamoalari faxrli 6-o’rin qo’lga kiritdilar.

2013 yil 19 - 29 iyun kunlari Olma-ata (Qozog’iston) shahrida Gandbol 


bo’yicha 1996-97 yillarad tug’ilgan o’g’il bolalar o’rtasida Xalqaro turnirda 
ishtirok etishdi. Unda, Qozog’iston, Rossii, Ukraina, Belorussiya, Eron, 
Xitoy, Turkmanistan davlatlari ichidan O’zbekiston terma jamoasi 4o’rinni 
qo’lga kiritdi.

2013 yil 1- 15 iyul kunlari Teramo va Florentina (Italiya) shahrida Gandbol 
bo’yicha erkaklar terma jamolari o’rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 27 ta davlat ichidan 
O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.

2013 yil 22 iyul – 5 avgust kunlari Alushta (Ukraina) shahrida Gandbol 
bo’yicha yoshlar terma jamolari o’rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8ta davlat ichidan 
O’zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdilar.

2013 yil 4 - 16 sentyabr kunlari Bangkok (Tailand) shahrida Gandbol 
bo’yicha qizlar o’rtasida Ociyo CHempionatida vatanimiz sharafini yanada 
yuqori pog’onalarga ko’tarishdi. Ushbu nufuzli musobaqada Osiyoning 
Koreya, YAponiya, Tailand, Xitoy, Qozog’iston, Eron kabi bir qator kuchli 
davlatlaridan terma jamoalari ishtirok etdilar. O’zbekiston qizlar milliy 
terma jamoasi xam o’ziga xos o’yin ko’rsatib, Osiyo chempionati 
musobaqasida faxrli o’rinni egallab, 2014 yil Makedoniyada bo’lib 
o’tadigan Jaxon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

2013 yil 7 – 24 noyabr kunlari Qatar (Doxa) shahrida gandbol bo’yicha 
erkaklar o’rtasida Osiyo chempionlar ligasida O’zbekiston erkaklar milliy 
terma jamoasi ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada faxrli 8-o’rin qo’lga 
kiritdilar.

2013 yil 24 – 30 noyabr kunlari Meksikaning Montere shaxrida o’tkazilgan 


"Xalqaro Trofi Kubogi" ning Qit‘alar aro final bosqichida O’zbekiston 
yoshlar milliy terma jamoasi vatanimiz sharafini yanada yuqori 
pog’onalarga ko’tarib, faxrli 4-o’rin qo’lga kiritdilar.

2013 yil 1 – 9 dekabr kunlari Rajatxon (Tailand) shahrida gandbol bo’yicha 
erkaklar va ayollar o’rtasida Janubiy – SHarqiy - Osiyo chempionatida 
vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, O’zbekiston 
erkaklr va ayollar milliy terma jamoalari faxrli 1-o’rin qo’lga kiritdilar.

2013 yil 5 – 15 dekabr kunlari Florensiya (Italiya) shahrida gandbol 
bo’yicha yoshlar va qizlar o’rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini 
yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8 tadan ortiq jamoalar ichidan 
O’zbekiston yoshlar milliy terma jamoalari faxrli 3-o’rin qo’lga va qizlar 
milliy terma jamoalari faxrli 1-o’rin qo’lga kiritdilar.

2014 yil 10 – 17 mart kunlari Astana (Qozog’iston) shahrida Gandbol 
bo’yicha qizlar o’rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini yanada yuqori 
pog’onalarga ko’tarib, 8ta davlat ichidan O’zbekiston qizlar milliy terma 
jamoalari faxrli 2-o’rin qo’lga kiritdilar.

2014 yil 13 – 19 may kunlari Respublikamizning Qarshi shaxrida 
o’tkazilgan xalqaro Trofi Markaziy Osiyo mintaqaviy turnirida O’zbekiston 
yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari vatanimiz sharafini yanada yuqori 
pog’onalarga ko’tarib, faxrli 1-o’rin qo’lga kiritdilar. Ushbu musobaqada 
Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron dvlatlari ishtirok etdi.

2014 yil 6 - 12 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbol bo’yicha 
yoshlar va qizlar o’rtasida XIII - Xalqaro bolalar festivalida vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 178 tadan ortiq jamoalar 


tashrif buyurgan bo’lib, ulardan O’zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma 
jamoalari faxrli 3-o’rin qo’lga kiritdilar.
Respublikamizda gandbolni ommaviylashtirish va uni yanada rivojlantirish, aholi 
o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek gandbol sport turini 
targ’ibot qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari 
vazirligi va gandbol federatsiyasining 2014 yil taqvim rejasiga asosan xar xil 
yoshdagi yoshlar va qizlar, erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati 
musobaqalari, hamda Mustaqillik kubok o’yinlari yuqori saviyada tashkillashtirilib 
o’tkaziladi.
1.O’zbekiston milliy chempionat 4-tur o’yinlaridan iborat.
Ushbu musobaqalarning 

Yüklə 334,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə