«закон сравнительного преимущества» nomini olgan



Yüklə 26,65 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü26,65 Kb.
#183491
  1   2   3
ishlab chiqarishni joylashtirish bo`yicha klassik nazariyalar.


Jahon xo’jaligining yagona tizimi vujudga kelganga qadar halqaro (geografik) mehnat taqsimoti uncha rivojlanmagan edi. Hatto XVII-XVIII asrlargacha ko’pgina mamlakatlar halqaro iqtisodiy munosabatlarda o’zlarining ichki bozorlariga chet el mahsulotlarini kiritishga qarshi siyosat olib borar edilar. Bu siyosat, yoki importni cheklash iqtisodiyot tarixida merkantilizm nomi bilan o’rin olgan.
Albatta, bunday sharoitda jahon bozori xususida so’z yuritish mumkin emas. Jahon bozori erkin iqtisodiyot, ochiq savdo tizimini joriy qilishni taqozo etadi. Ana shunday yo’nalish fiitredizmya’ni erkin savdo deb ataladi. Uning ilmiy asosini yaratishda A. Smit va, ayniqsa, D. Rikardoning xizmati katta bo’lgan. Ularning g’oyalari halqaro geografik mehnat taqsimotini keng ko’lamda rivojlantirish, mamlakatlararo savdo-sotiqni faollashtirishga qaratilgan boiib, u qiyosiy imtiyoz yoki qulaylik qonuni («закон сравнительного преимущества») nomini olgan.
Bu qonunning asl mohiyati shundaki, har bir mamlakat o’zining ichki imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqqan holda ma’lum mahsulotni boshqa davlatlarga qaraganda arzonroq, ya’ni kamroq xarajat bilan yetishtiradi va uni bozorda oson realizatsiya qiladi. Sotilgan mahsulotning puliga o’zida yo’q, yoki yetishtirishi qimmatroq, xarajatliroq tushadigan tovarni xarid qilib oladi. Bunday tovar ayirboshlash naqd pulsiz, «ayirbosh», ya’ni barter usulida ham olib borilishi mumkin.
Fritredizm g’oyalarini amalga tatbiq qilish jahon xo’jaligining shakllanishiga, mehnat taqsimotini rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda mamlakatlar iqtisodiyotining ixtisoslashuvi va hududiy tashkil qilishida ham o’zgarishlar yuz berdi.
Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g’oyalar dastavval Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen XIX asrning 20-30-yillarida o’zining qishloq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirish bo’yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarlarida bayon qildi (ruscha nomi «Изолированное государство»).
I.G. Tyunen g’oyasining asosiy mohiyati yagona shahar, ya’ni iste’mol markazi atrofida qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishni hududiy tashkil qilishdan iborat. U bu g’oyani amalga tatbiq qilish uchun xo’jalik bilan shahar yoki bozor (uning misolida bu shahar — Meklenburgdagi Rostok) o’rtasidagi masofa, qishloq xo’jalik mahsulotining narxi, qiymati va yer rentasiga asoslanadi. Yer rentasi esa unga qo’yilgan mabla`g bilan olingan daromad nisbati bilan belgilanadi.
Yuqoridagi shartlar yordamida I. Tyunen shahar atrofida qishloq xo’jaligi tarmoqlarining joylashuv tizimini yaratadi. Bu tizim adabiyotda «Tyunen halqalari» nomi bilan mashhur.
Chunki, turli mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan har xil tarmoqlar iste’mol markazi atrofida halqasimon joylashadi. Masalan, birinchi halqa — bog’dorchilik, sabzavotchilik va qisman sut chorvachiligi; ikkinchisi — o’rmon xo’jaligi (o’sha davrda o’tin uchun), uchinchi halqa — kartoshka, arpa yetishtirish va urug’chilik, sut chorvachiligi, to’rtinchi — yuqori unumdor g’allachilik va sut-go’sht chorvachiligi, beshinchi — g’allachilik va nihoyatoltinchi halqa — yaylov chorvachiligi.

  1. Tyunenning xizmati shundaki, u birinchi bolib yerdan foydalanish masalalarini ko’tarib chiqdi va ilmiy adabiyotga «iqtisodiy makon» tushunchasini kiritdi. U o’zining abstrakt modelida mahsulotning bozorga — iste’molchiga arzon va sifati buzilmagan holda yetkazib berishiga katta e’tibor beradi. Shunday qilib, I.Tyunen qishloq xo’jaligi tarmoqlarini joylashtirishning dastlabki ilmiy asosini yaratuvchisi bo`ldi.

1909 yilda Tyunenning vatandoshi — Alfred Veber «Sanoat shtandorti to’g’risida» nomli asarini chop ettirdi. U o’zining diqqat-e’tiborini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratdi. Shu maqsadda Veber omillarning ta’sir kuchiga qarab, tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi.

  1. Veber sanoat shtandortining asoschisidir. Shtandort esa — korxonaning o’rnashgan joyi yoki korxonaning optimal (standart) joylashgan nuqtasi ma’nosini anglatadi. Joylashtirish omili u yoki bu korxonani qurishda ko’zda tutilgan iqtisodiy samaradorlik, foyda nuqtai nazaridan baholanadi.

Bu foyda, A. Veber fikricha asosan xom ashyo mahsulotini realizatsiya qilish, transport va ishchi kuchiga ketgan xarajatlar nisbati hamda asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan tashkil topadi. Keyinchalik u xom ashyo va mahsulotni sotish bilan bog’liq omilni umumiy transport sarf-xarajatlariga kiritdi. Chunki, mahsulotning tannarxiga xom ashyoni keltirish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlar ham kiradi.
Natijada, sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil — transport va ishchi

Yüklə 26,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə