«закон сравнительного преимущества» nomini olgan



Yüklə 26,65 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü26,65 Kb.
#183491
1   2   3
ishlab chiqarishni joylashtirish bo`yicha klassik nazariyalar.

kuchi (mehnat resursi) olindi. Veber keyinroq ularga yana bir muhim omilni qo’shdi — u ham bo’lsa aglomeratsiya omilidir.
Transport omiliga mahsulot yoki xom ashyoning vazni, tashiladigan masofa, mehnat resursida ish haqi, aglomeratsiya omilida esa korxonalarning bir joyda to’planishi hisobga olinadi.

  1. Veber ilmiy adabiyotda o’zining shtandort nazariyasi, «joylashtirish omili» va «aglomeratsiya samaradorligi» tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi — bu asl mohiyatiga ko’ra mujassamlashuv (konsentratsiya) samaradorligi bo’lib, u hozirgi kunda korxonalarning yiriklashuvidan, ya’ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv («xilma-xillik», yoki sifat iqtisodi) natijasida erishiladi.

I.Tyunen (qishloq xo’jaligi) va A. Veberning (sanoat shtandorti) g’oyalari abstrakt sharoitlarni hisobga olgan holda yaratilgan bo’lsa-da, ularning ilmiy ahamiyati hozirgacha yo’qolmagan. Bu olimlarining g’oyalarini «omillar tahlili» shaklida umumlashtirish mumkin. Omillar esa hududda ayrim joylarni tanlab olish va pirovard natijada hududiy mujassamlashuv va hududiy notekisliklarni yoki geografik tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishning ikki asosiy tarmog’i, ya’ni qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish bo’yicha ilmiy g’oyalar yaratildi. Endi navbat — aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarining hududiy tashkil etish muammolariga keldi. Bu haqdagi ishlanmalar ham nemis olimi Valter Kristallerga tegishli.
U 1930-yillarda aholining hududiy tarqalishi va joylanishi masalalarini o’rganib, o’zining «Janubiy Germaniya markaziy o’rinlari» nomli kitobini yozdi.
Markaziy o’rinlar turli yiriklikdagi shahar va boshqa aholi manzilgohlari bo’lib, ular o’ziga xos ta’sir doirasi, xizmat ko’rsatish radiusiga ega. Ideal holatda har xil miqyosdagi markaziy o’rinlar geografik muhitda oltiburchak shaklga ega va ular asalarining uyasini eslatadi.
Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo’yicha bir xil bo’lishi, ya’ni hudud tep-tekis, aholi, aholi manzilgohlari, yo’l va boshqalar bir xil joylashgan. Ana shunday ideal manzaradan kelib chiqqan holda u o’zining ilmiy g’oyasini yaratdi. V. Kristaller nomi bilan «Markaziy o’rinlar», iyerarxiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi tushunchalar, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini joylashtirishga oid ilmiy fikrlar bog’liq.
Boshqa, yosh va iste’dodli nemis olimi 
Yüklə 26,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə