Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
tarix19.09.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#122625
Презентация

Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi

Tayyorladi: Ergasheva Tabassum

Mavzu: O’smirning o’zaro kattalar bilan munosabati xususiyatlari

  • O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi.O‘smirlik 10-11 Yoshlardan 14-15 Yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik Yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi.
  • «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi
  • O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi.Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi.

. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi

Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta Yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining Yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladi

O‘smirda katta Yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin,mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.

Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.O‘smirlik davriga kimningdir xattiharakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.

O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtliichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə