Sana: 20-aprel 2011-yil



Yüklə 450,5 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#110109
6 sinf fizika elektr

Sana: 14.03.2023

Fan: Fizika


Sinf:7A

Mavzu: Tok manbalari


Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarga elektr toki haqida to`liq ma`lumot va bilimlarni berish.
Ta`rbiyaviy: O`quvchilarni mavzuning hayotga bo`g`liq bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish orqali o`quvchilardagi hayotiy ko`nikmalar asosida bilimlarni to`ldirish va rivojlantirish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy (Guruhlarda o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;
b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran
Mashg`ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-Zaryadli zarralarning tartibli harakati;
- Tok hosil bo`lishida elektr maydonning o`rni
I. Darsning tashkil etilishi:
salomlashib, davomat aniqlanadi;
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. “Elektr toki”
Guruhlar bilan “Savol –javob” o`tkazish.
O`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig`i chiqib tanlab oladilar.

  1. Jismlarning elektrlanishini tushuntiring

  2. Elektr zaryadining ikki turini ayting.

3. Elektr atamasi qanday so’zdan kelib chiqqan?
III. Yangi mavzu bayoni: Elektr toki haqida tushuncha.Tok manbalari
Yangi mavzuni boshlashdan avval o`quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida “Savol-javob” metodidan foydalaniladi.

    1. O`quvchilarga savollar beriladi. O`quvchilarning fikrlari va g`oyalari tinglanadi.

    2. O`quvchilar tomonidan berilgan fikr va g`oyalari umumlashtiriladi.

Shundan so`ng o`quvchilarga elektr toki haqida to`liq ma’lumot beriladi.
XVIII asr oxirigacha olimlar «elektr»ni asosan ishqalanish orqali hosil qilganlar. XVIII asr oxiriga kelib elektr hodisalarini o‘rganishda katta burilish ro‘y berdi. Italiyalik olim A. Volta mis va rux plastinalari orasiga kislota shimdirilgan mato qo‘yilsa, mis plastina musbat ishorada, rux plastina manfiy ishorada zaryadlanib qolishini aniqlaydi. Bu plastinalarni bir-biriga o‘tkazgich orqali ulansa elektr toki o‘tishini kuzatadi. Shunday qilib birinchi tok manbai ixtiro qilinadi.
Volta manba tokining kuchini oshirish uchun mis va rux plastinalarini doira shaklida qirqib, orasiga kislota shimdirilgan matoni qo‘yadi va ularni ustuncha shaklida taxlaydi. Bu manba «Volta ustuni» deb ataldi hamda elektr va magnit hodisalarini o‘rganishda katta rol o‘ynadi.

Kimyoviy reaksiyalarga asoslangan tok manbalarini galvani elementlar deyiladi. Galvani 123 elementlar kundalik hayotda keng qo‘llaniladi. Galvani elementlardan ma’lum muddat ishlatilganidan so‘ng tashlab yuboriladiganlarini batareyalar (91-rasm), qayta zaryadlab ishlatiladiganlarini akkumulyator lar (92-rasm) deyiladi.

Tok manbalari elektr kuchlanishi deb ataluvchi parametr bilan farqlanadi. Elektr kuchlanishi maxsus asbob voltmetr yordamida o‘lchanadi. Uning tashqi ko‘rinishi va ulanishi rasmda keltirilgan. Voltmetr iste’molchiga parallel ulanadi. Elektr kuchlanishining birligi sifatida bir volt qabul qilingan (1 V).
Katta quvvatga ega bo‘lgan elektr tokini ishlab chiqaradigan qurilmaga elektr tokining generatori deyiladi.
Slayd orqali mavzudagi tasvirni katta ekranga chiqarib, o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.
IV. Mavzuni mustahkamlash:

  1. Elektr toki deb nimaga aytiladi?

  2. O`tkazgichlarda zaryadli zarralar tartibli harakat qilishining sababi nimada?

  3. Tok manbalarini sanab bering?

VI.Uyga vazifa.
1. Mavzuga oid savollarga javoblar tayyorlash.
Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə