Sana Hafta kuni: Dushanba Mashg’ulot nomi: Nutqiy muloqot



Yüklə 0,71 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#130086
7-hafta


Sana________________ Hafta kuni: Dushanba
Mashg’ulot nomi: Nutqiy muloqot
Mavzu: Suvni tejashni 10 qoidasi
Maqsad : Ta’limiy: Suvni tejash va undan oqilona foydalanish haqida o’quvchilarga tushuncha berish
Tarbiyaviy : Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, mustaqillik in’om etgan milliy davlatchilikni, oʻzlikni, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatni tiklash, qadimiy-milliy urf-odat va an’analarni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulugʻlash haqida qisqa suhbat tashkil qilish
Korrektsion : O’quvchilar og’zaki nutqini rivojlantirish,lug’at boyligini oshirish,erkin nutqiy muloqotga tayyorlash,adabiyotga haqida ijobiy munosabat shakllantirish.
Mashg’ulot usuli : noan’anaviy
Mashg’ulot jixozlari: o’qish kitobi darsligi,rasmlar,taqdimot
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Suvni asrah haqida o’quvchilar bilan qisqa savol javob o’tkazish;
1. Suvning inson salomatligi uchun ahamiyati qanday?
2. suvni asrash uchun yana nimalarga e’tibor berish kerak?
3. O‘zingiz suvni asrashni yana 5 ta yo‘lini mustaqil yozib keling.

Asosiy qism:


• Tishingizni tozalayotganingizda yoki qo‘lingizni sovunlayotganingizda krandagi suvni o‘chirib turing.
• Ichish uchun bir shisha suvni sovutkichda saqlang. Krandagi sovuq suvni bekordan bekorga yoqmang.
• Idish-tovoq yuvadigan va kir yuvish mashinalarini faqat to‘lgandagina yoqing.
• Kran va quvurlardan suv oqayaptimi yoki yo‘qmi, tek- shiring va sozlang.
• Ko‘p uylarda ovqat pishirish yoki boshqa ehtiyojlarga sarflanadigan suvga qaraganda quvurlardan suv oqishi hisobiga ko‘proq suv sarf bo‘ladi.
• Hovlingizdagi ekinzorlar, gazon (o‘t)larni har uch kun- da salqin tushganda sug‘oring.
• Ichki hovlini supurishda kamroq suv sarflang.
• Gazonga suv sarfini kamaytirish maqsadida kimyoviy unsurlarni kamroq ishlating
Mustahkamlash : “Baliq skleti” strategiyasidan foydalanib mavzuni mustahkamlash

Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.
Ko’rildi:_____________

Sana________________ Hafta kuni: Seshanba


Mashg’ulot nomi:Kasbiy ta’lim
Mavzu: Tikuv mashinasini moylash qoidasi.
Maqsad : Ta’limiy: Tikuv mashinasini moylash qoidasi haqida o’quvchilarga tushuncha berish.
Tarbiyaviy : Mehnat tarbiyasi haqida suhbat o’tkazish.
Korrektsion : O’quvchilarda kasb–hunarga nisbatan qiziqish uyg’otish,kasb-hunarga oid ilk bilimlarni berish va mustahkamlash, mehnat orqali bilish jarayonlarini rivojlantirish,ijtimoiy hayotga tayyorlash
Mashg’ulot usuli : noan’anaviy
Mashg’ulot jixozlari: Taqdimot ,rasmlar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
“Jumlalarni tog’rillang” strategiyasi

  1. Tikuvchi bilan orasidagi, kerak, masofa, tikuv mashinasi 10-15 cm bo‘lishi.

  2. qismlardan tashkil topgan ,Tikuv mashinasi korpus va

Asosiy qism: Tikuv mashinasining gazlamani qisib turuvchi qismiga mato qo‘ymasdan ishashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki shunday qilinsa, gazlamani surib beruvchi tishi o‘tmas- lashadi. Ish tugagandan keyin tepkining tagiga bir parcha gazlama bo‘lagini qo‘yish zarur. Har doim mashinaning aniq, bir maromda ishlayotganini kuzatib turish kerak. Agar biror-bir nosozlik - shovqinmi, tiqillashmi yoki g‘ildirakning og‘ir aylanishi sezilsa, ishni darhol to‘xtatib, buning sababini topish va tuzatish lozim. Mashinaning changini artib, maxsus moy bilan yog‘lab turish kerak.



Lug‘at: moki, naycha.
Mustahkamlash: suhbat orqali mashg’ulotni mustahkamlash

Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.


Ko’rildi:_____________

Sana________________ Hafta kuni:Chorshanba


Mashg’ulot nomi:Yo’l harakati qoidalari va sayrlar
Mavzu: Tuman markaziy stadioniga sayr
Maqsad : Ta’limiy: Maqsadli sayr haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berish
Tarbiyaviy : O’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash .
Korrektsion : O’quvchilarni yo’lning qatnov qismi va piyodalar yo’lakchasida erkin harakatlanishga tayyorlash
Mashg’ulot usuli : an’anaviy
Mashg’ulot jixozlari:Taqdimot , rasmlar,ko’rgazmalar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism:
Tuman markaziy stadioniga sayr rejasi:
.
Mashg’ulotni mustahkamlash: maqsadli sayr tahlili
Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.

Ko’rildi:_______________

Sana________________ Hafta kuni:Payshanba


Mashg’ulot nomi:O’yinlar
Mavzu: “Maymunchalar” o’yini
Maqsad : Ta’limiy: O’quvchilarga “Maymunchalar” o’yini qoidalari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy : O’quvchilar bilan jismoniy tarbiya haqida suhbat.
Korrektsion : O’quvchilarda ziyraklik , chaqonlik , kabi fazilatlarini tarbiyalash, jismoniy jixatdan rivojlantirish
Mashg’ulot usuli : an’anaviy
Mashg’ulot jixozlari:O’yin uchun kerakli jixozlar
Tashkiliy qism: (refleksiya , mavzuga oid suhbat o’tkazish)
Asosiy qism:

Bolalar ketma –ket bo’lib sardorning ortidan turadilar. Sardor turli xarakatlarni ko’rsatadi, ular esa uni takrorlaydilar. Sardor mayda qadam bilan , aylanish bo’ylb, tez, ilon izi yugurishi, bir oyoqlab sakrashi, yurishi va to’xtashi mumkin . U qo’llari , boshi, tanasini harakatlantirishi xam mumkin. Sardorning xarakatlarini diqqat-e’tibor ilan kuzatmgan bolalar zanjirning oxiriga o’tadilar. So’ngra sardor o’zidan keying o’rinda turgan bolalarga o’rnini bo’shatib beradi, o’zi esa zanjirning oxiriga borib turadi.

Mustahkamlash : o’yin natijalari taxlili


Mashg’ulotni yakunlash: Mashg’ulotda faol qatnashganlarni rag’bartlantirish.
Ko’rildi:_______________
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə