Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti Reja



Yüklə 1,81 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#140581
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta\'minoti

  • Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti
  • www.arxiv.uz
  • Zamonaviy kompyuterlar sinfi
  •  
  • Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma`lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo`lish mumkin:
  • - super kompyuterlar (Super Computer);
  • - katta kompyuterlar (Manframe Computer);
  • - mini kompyuterlar (Minicomputer);
  • - shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
  • - bloknot(noutbook) kompyuterlar.
  • Super kompyuterlar - (TOR 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni echish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Superkompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o`rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda.
  • Katta kompyuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni echishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES Ғ 9000, Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M 1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
  • www.arxiv.uz
  • Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi.
  • Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusimiga mos kompyuterlardir.
  • IBM rusimiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta`minoti mosligi, ya`ni bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida, hozirgi kunda 750-1000 megagertsni, xotira hajmi esa, 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendentsiyasini kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda.
  • www.arxiv.uz
  • Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - «Oq yasalgan», Janubiy-SHarqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname) deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta`minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.
  • Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga o`rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir
  • Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.
  • www.arxiv.uz
  • Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
  • Asosiy qurilmalar
  • Sistema bloki
  • Sistema bloki bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprotsessor, qattik disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta`minlovchi blok va disk yurituvchilari hamda boshqa qurilmalar joylashadi. Bu sistema blokiga hamma tashqi qurilmalar bog`lanadi va u ularning ishini ta`minlaydi. Sistema blokning asosiy qismlari:
  • www.arxiv.uz
  • Mikroprotsessor yoki protsessor kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. U kichkina, turtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagertslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
  • Qattik disk yoki vinchester tashqi xotira. Ma`lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattik disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30Ғ30" bo`lgan va bu mashxur Winchester miltikning kalibrga o`xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
  • Tezkor xotira mikrosxemalari kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo`lgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter uchirilgandan keyin shu xotiradagi ma`lumotlar yuqotiladi.
  • Kesh xotira mikrosxemalari kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchuí foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.
  • Kontroller yoki adabterlar ular har xil tashqi kurilmalar ishini ta`minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va b).
  • Ona platasi Motherboard asosiy elektrosxema bo`lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari urnatiladi, qattik disk va disk yurituvchilari ulanadi.
  • Disk yurituvchilari bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma`lumotlarni o`qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
  • Elektr ta`minlovchi blok har bir qismning o`ziga mos elektr-quvvat extiyojini ta`minlovchi blok.
  • www.arxiv.uz
  • Monitor - displey yoki ekran.
  • Ma`lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diogonal uzunligi (14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar o`rtadagi masofa (0,25 - 0,39 milimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 rangli) bo`ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo`lsa, shuncha shu monitor ko`proq ma`lumotlarni ko`rsata oladi. Qancha nuqtalar urtasidagi masofa kichkina bo`lsa, shuncha ekrandagi ma`lumotlar aniq xolda ko`rinadi
  • Klaviatura
  • Ma`lumotlarni kiritish qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo`yicha farqlanadi. Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz
  • Qo`shimcha qurilmalar
  • Sichkoncha
  • Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo`yicha farqlanadi.
  • www.arxiv.uz
  • Printerlar
  • Ma`lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlarning lazer, matritsali (ignali) va sepuvchi turlari mavjud. Ular har biri ishlash xolati, tezligi, bosmani sifati va narxi, hamda ranglar bo`yicha farqlanadi.
  • Modem
  • Ma`lumotlar bilan telefon aloqa orqali almashish qismi. Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo`yicha farqlanadi. Telefonda hamma ma`lumotlar tovush holatida bo`ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o`tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o`tkazadi. Bu holat «modelirovanie» va «demodulirovanie» deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan
  • Skanerlar
  • Tasvir va matn ma`lumotlarini kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo`ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo`yicha farqlanadi.
  • Aktiv kolonkalar
  • Musiqa va xar xil tovushlarni chiqarish qurilmasi. Aktiv kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) buyicha farklanadi.
  •  Quyidagi sxemada kompyuterninig asosiy va qo`shimcha qurilmalari keltirilgan bo`lib, ularning vazifalari hamda ishlash prinsipi keyingi mavzularda batafsil keltiriladi.
  • www.arxiv.uz
  • Taktli impulslar generatori va uzilishlar nazoratchisi
  •  
  • Taktli impulslar generatori elektr impulslari ketma-ketligini ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilayotgan impulslarning chastotasi mashinaning taktli chastotasini aniqlaydi.
  • Uzilishlarning nazoratchisi SHKda muhim rol o`ynaydi.
  • Uzilish - bir dasturni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa dasturni tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to`xtatilishidir.
  • Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo`ladi, shuni aytish etarliki, ma`lumotlarni kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari uzulishlar bilan bajariladi, masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta hosil qilinadi va xizmat ko`rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ularni sezmaydi). Uzilishlar quyidagilarga bo`linadi:
  • • kiritish-chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar yoki quyi daraja uzulishlar;
  • • operacion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja uzulishlari.
  • Uzilishlar nazoratchisi uzulish jarayonlariga xizmat ko`rsatadi, tashqi qurilmalardan uzulishga so`rovni qabul qiladi, bu so`rovni muhimlilik darajasini aniqlaydi va mikroprossesorga(MP) uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasturning bajarilishini to`xtatadi va tashqi qurilma so`ragan uzulishning maxsus xizmat ko`rsatish dasturini bajarishga o`tadi. Xizmat ko`rsatish dasturi bajarilgandan so`ng uzilgan dasturni bajarilishi qayta tiklanadi. Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan hisoblanadi.
  • www.arxiv.uz
  • Dasturiy ta`minot
  •  
  • Dastur ta`minoti (DT) - bu doimiy qo`llaniladigan dasturlar to`plani bo`lib, ular foydalanuvchining masalalarini echish uchun zarur va hisoblash texnikasini eng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda eng ko`p qulaylik yaratishni hamda masalalarni va ma`lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarfini ta`minlaydi.
  • DTni tizimli (bazaviy) va amaliyga bo`lish qabul qilingan.
  • Tizimli dastur ta`minoti (TDT) axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni EHMda qo`llash uchun hamda EHM dan foydalanuvchilarga EHM resurslari bilan ishlash bo`yicha ma`lum xizmatlarni taklif etish uchun mo`ljallangan.
  • Amaliy dastur ta`minoti (ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki shunday masalalar sinfini echish uchun mo`ljallangan (ADT ni ko`pincha dasturli ilova deb ataladi).
  • Tizimli dasturli ta`minoti o`z ichiga quyidagilarni oladi:
  • Operatsion tizim (OT) - TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo`lib, u SHK ning turli rejimlarda samarali ishlashini ta`ninlaydi, dasturning bajarilishini va foydalanuvchi va EHM tashqi qurilmalarining o`zaro ishini tashkil etadi.
  • Servisli dasturlar, ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo`shimcha xizmatlar to`plamini taklif etib, DT ning imkoniyatlarini kengaytiradi.
  • Instrumentalli (vositali) dasturli vositalar, ular DT ni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo`ljallangan.
  • Texnik xizmat ko`rsatish tizimi, u diagnostika, jixozlarni tiklash va SHK da nuqsonlarni topishni engillashtiradi, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni o`zgartirish jarayonlarining bajarilish aniqligini ta`minlaydi.
  • www.arxiv.uz
  • Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS)
  •  
  • BIOS, qatiy aytganda, OT ning emas, balki SHK ning komponenta hisoblanadi, negaki SHKda ishlatiladigan OT almashganda o`zgarmaydi (Doimiy eslab qolish qurilmasida joylashganligi uchun).
  • BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:
  • mashinani iniciallashtirish, ya`ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning barcha elementlarini boshlang`ich holatga keltirish;
  • testlash, ya`ni mashinada butlikni hamda apparatura va dasturli resurslarning ishga layoqatliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b.);
  • operacion tizimni iniciallashtirish, ya`ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini o`qish;
  • xizmat ko`rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzulishlarni qayta ishlash;
  • SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. 
  •  
  •  Drayverlar 
  • Drayverlar bu kompyuterninig asosiy va qo`shimcha qurilmalarining dasturiy ta`minoti bo`lib, bu qurilmalarni kompyuterga tanishtiradi va ishga tayyorlaydi.
  • Drayverlar DOS dasturlarini va foydalanuvchi dasturlarini, kiritish-chiqarish amallarini batafsil va to`la dasturlashdan xalos qiladi.
  • Drayver quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • tashqi qurilmalarga murojaat qilish so`rovlarini qabul qiladi;
  • so`rovlarni tashqi qurilmani boshqarish buyruqlariga, bu kurilmaning hamma ish xususiyatlarini va tuzulish detallarini hisobga olgan xolda, o`zgartiradi;
  • xizmat ko`rsatilayotgan tashqi qurilmadagi uzulishlarni qayta ishlaydi.
  • www.arxiv.uz
  • Operasion tizimning yuklovchisi
  •  Operacion tizimni yuklovchi - bu Boot Record va Sistem Bootstrap dasturli modulidir.
  • Odatda oddiygina yuklovchi deb ataladigan bu modul tezkor xotiraga DOS ning ushbu ikkita faylini o`qish uchun mo`ljallangan: BIOS kengaytirmaning IBMBIO.COM moduli (yoki EM BIOS) va uzulishlarni qayta ishlash moduli. Yuklovchi har bir formatlangan diskda 0-yo`lakning 0-tomonida 1-sektorda joylashadi. Yuklovchining hajmi 512 bayt, ya`ni bu uncha katta bo`lmagan dastur. Yuklovchi boshlanishida BIOS to`g`risida (firma-tayyorlovchi nomi va tizimning sana - versiyasi) va diskdagi yozuvlarning strukturasi to`g`risida (disk formata, diskdagi va klasterdagi sektorlar soni, fayllarni joylashtirish jadvallari soni va b.) xizmat ma`lumoti joylashtiriladi, keyin esa dastur-yuklovchining o`zi joylashadi.
  •  
  • DOS bazaviy bloki 
  • Bu DOS ning markaziy bloki bo`lib, u operacion tizimning asosiy vazifalarini, SHK resurslarini va bajariladigan dasturlarni boshqarishni amalga oshiradi.
  • Bu blokda resurslarni (jumladan, tashqi qurilmalarni) boshqarish drayverlar vositasi bilan boshqarishga nisbatan yuqog`iroq, darajada, ya`ni drayverlarga murojaat qilishni tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Ana shu tashkil etishning boshida fayl tizimi yotadi.
  • DOS bazaviy blokining asosini (IBMDOS.COM fayli) yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchilar tashkil etadi, shuning uchun bu blok ko`pincha uzulishlarni qayta ishlash bloki yoki moduli deb ataladi.
  • Uzilishlarni qayta ishlash moduli IBMDOS.COM (yoki MSDOS.SYS) nomiga ega va tizimli diskda joylashgan. IBMDOS.COM SHK ning hamma resurslarini mantiqiy darajada (BIOS ni boshqarish darajasiga nisbatan yuqog`iroq) boshqarish (va taqsimlash) dasturlarini o`z ichiga oladi. Xususan, IBMDOS.COM ishlaganda BIOS drayverlarini qims dasturlar kabi ishlatuvchi, yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchi dasturlar joylashadi.
  • IBM DOS.COM ning muhim dasturlari - bu faylli tizimni boshqarish, disklar bilan qiymatlarni blokli almashtirish, asosiy xotirani taqsimlash dasturlaridir.
  • www.arxiv.uz
  • Buyruqli processor
  •  Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining SHK bilan o`zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command.com nomiga ega.
  • O`zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki tipda bo`ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning o`zining tarkibiga kiradi va DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi .EXE va .COM tipidagi fayllardir.
  •  
  • Konfigurasiya fayli
  •  Konfiguraciya fayli yordamida operacion tizimni kengaytirish va SHK ba`zi qurilmalarining ishlashiga ta`sir ko`rsatuvchi o`rnatuvchi parametrlarni o`zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish imkoniyatini ta`minlovchi drayverlarni ulash mumkin.
  • Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
  • operacion tizimni aniq bir apparat resurslariga moslashtirish;
  • foydalanuvchining hamjihatlik interfeysini optimallash va yaratish;
  • DOS va SHK ning ishlash samaradorligini oshirish.
  • Konfiguraciyalash CONFIG.SYS faylida berilgan ko`rsatmalar (direktivalar) bo`yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar bajarilishi mumkin:
  • operacion tizimning ish rejimlarini o`rnatish;
  • yangi tashqi qurilmalarning va qo`shimcha xotiraning drayverlarini ulash;
  • DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga o`tkazish imkoniyatini ta`minlash;
  • xotirani strukturlash (masalan, kiritish-chiqarish buferlari uchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u.), utilitalarni sozlash, tizimning sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini o`rnatish;
  • rezident dasturlarni yuklash;
  • kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikaciyalash.
  • www.arxiv.uz
  • Jarayonlarni avtoyuklash fayli
  •  SHK da ishlaganda ba`zi bir doimiy jarayonlarning bajarilishini ta`minlovchi bir xil buyruqlarni tez-tez bajarishga to`g`ri keladi. Operacion tizim bu tez-tez takrorlanadigan buyruqlarni maxsus faylga birlashtirish imkonini beradi, bu fayl buyruqli fayl deyiladi (VAT kengaytmasi bilan, shuning uchun uni ko`pincha batch-fayl deyiladi; batch-paketli degan ma`nomi anglatadi). Buyruqli faylga kiritilgan hamma buyruqlar bu faylni bajarish ishga tushirilganda avtomatik ravishda bajariladi.
  • Eng muhim buyruqli fayllardan biri jarayonlarni avtoyuklash AUTOEXEC.BAT faylidir, uning bajarilishi bilan odatda DOS ni konfiguraciyalash yakunlanadi. AUTOEXEC.BAT, tizim ishga tushgandan keyin foydalanuvchi har doim berishi kerak bo`lgan DOS buyruqlarini o`z ichiga oladi, foydalanuvchini trivial (oddiy) amallarni bajarishdan ozod etadi.
  • AUTOEXEC.BAT fayliga kiritilgan buyruqlar bo`yicha quyidagi jarayonlar bajarilishi mumkin:
  • operacion sharoitni va DOS ning ish rejimlarini shakllantirishni yakunlash;
  • bajariladigan fayllarni va qiymatli fayllarni qidirishning alternativ yo`llarini o`rnatish;
  • tez-tez ishlatiladigan marshrutlar uchun yo`llar nomini belgilash;
  • rezident dasturlarni yuklash;
  • biror dasturli qobiqni, masalan, Norton Commander ni ishga tushirish;
  • ishchi katalogni o`rnatish;
  • kiritish-chiqarish standart qurilmasini qayta belgilash;
  • foydalanuvchi tomonidan ma`lumot kiritishga DOS taklifining ko`rinishini shakllantirish;
  • sananing va vaqtning joriy qiymatlarini o`rnatish.
  • www.arxiv.uz
  • DOS ning tashqi buyruqlari va utilitalari
  •  
  • DOS ning tashqi buyruqlari (yoki, aniqrogi, makrobuyruqlar) DOS ning ichki buyruqlaridan farqli ularoq rezident emas (ya`ni DOS yuklangandan keyin ular tezkor xotirada doimiy joylashmaydi, balki ular u erga bajarilishi kerak bo`lgandagina chiqariladi) va bevosita buyruqli fayllarda ishlatila olmaydi. Ular buyruqli processor tarkibiga kirmasdan, balki alohida dasturlar bilan amalga oshiriladi.
  • Tashqi buyruqlarga misollar: vaskur, undelete, format, ndd, sys, exe2bin, sort, diskcomp, find va boshqalar.
  • DOS utilitalari ko`p jihatdan tashqi buyruqlarga o`xshashdir, lekin, odatda, murakkabroq dasturlar bilan amalga oshiriladi va DOS ning servisli vazifalarining bajarilishini ta`minlaydi (tizimli resurslar bilan ishlashni engillashtiradi).
  • www.arxiv.uz
  • XULOSA
  •  
  • Xulosa qilib aytganda operacion tizimni yuklash deganda uni operativ xotiraga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.
  • SHK ulanganda doimiy eslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o`qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layoqatliligini va uning o`zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.
  • Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga ega bo`lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga ega bo`lgan vinchesterni (Boot Record) o`qish bajariladi, ularning yordamida keyin operativ xotiraga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma`lumotlar bo`yicha qo`shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.
  • Keyin mashinani boshqarishni o`ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi operativ xotiradan o`chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displey ekranida ishga taklif etish paydo bo`ladi (C:>, A:> yoki boshqa variantlar) SHK ishga tayyor.
  • www.arxiv.uz
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  •  
  • Skott Myuller «Modernizatsiya i remont PK» Izd-vo «Piter», 2001.
  • A.Jarov, «Jelezo» IBM 2000 Moskva: «MikroArt»
  • Borzenko A. «IBM PC ustroystvo, remont i modernizatsiya» M. 1995.
  • A.Myachev «Periferiynо‘ye ustroystva EVM» Zaochniuy institut CP VNTO priborostroeniya . Moskva 1988.
  • www.tuit.uz
  • www.ziyonet.uz
  • www.arxiv.uz

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari

  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə