Sichqonlar kengashi



Yüklə 46,01 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü46,01 Kb.
#147448
4-amaliy mashg\'ulot

SICHQONLAR KENGASHI

Mushukning doimiy xavf solishidan tushkunlikka tushgan sichqonlar muammolarini hal qilish uchun kengash chaqirishibdi. Ular birin-ketin bildirilgan rejalarni tahlil qilib, ularni rad eta berishibdi. Oxiri bir yosh Sichqon mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osib qo‘yishni taklif qilibdi.

Qanday ajoyib fikr, — deb qichqirishibdi ular, — bu Mushuk kelganda qochish uchun juda yaxshi ogohlantirish!

Ular bu taklifni zavq-shavq va olqishlar bilan qabul qilishibdi. Shunda keksa bir Sichqon o‘rnidan turib:

— Bu rostdan ham juda yaxshi maslahat va, shubhasiz, bizning muammomizni hal qiladi, — debdi. — Biroq Mushukning bo‘yniga qaysi birimiz qo‘ng‘iroqni ilamiz?!

Qissadan hissa: Taklif qilish boshqa, uni bajarish boshqa.


Yüklə 46,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə