Siz uchun yozuv ko’nikmalari nima? Siz odatda nima yozasiz?



Yüklə 18,57 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#111141
answers


  1. Siz uchun yozuv ko’nikmalari nima? Siz odatda nima yozasiz?

Iqtisodchi sifatida qaraydigan bo’lsak, yozuv ko’nikmasi bu berilgan statistic, grafik ko’rinishda bo’lgan ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida turli formulalar orqali kelib chiqqan ma’lumotlarni so’zlar orqali ifodalab xulosa bera olish qobiliyati. Iqtisodiy maqola, tezis va kitoblarni yozishda hozirgi zamon va kelajak uchun izlanishlarni amalga oshirib prognoz ma’lumotlarini sodda va tushunarli tilda yoza olish qobiliyati. Moliyaviy muammolarga duch kelmaslik uchun oldindan hisob-kitoblarni amalga oshirib mamlakat, korxona va shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash. Men odatiy holatda sonlar va harflar orqali, menga berilgan grafiklarga, iqtisodiy ma’lumotlarga o’z xulosamni va tahliliy natijalarimni yozaman.

2. Yozuv ko’nikmalaringiz rivojlanishida qanday omillar ta’sir qildi?
Iqtisodiy yozuv ko’nikmamni rivojlanishiga turli iqtisodiy maqolalarni o’qishim, boshqa iqtisodchi olimlarning iqtisodiy tahlilga oid videolari va kitoblaridan foydalanishim, hamda institutdagi o’qtuvchilarimning o’rgatganlari sabab bo’lgan.

3. Maktab sizning dastlabki yozuv ko’nikmalaringiz shakllanishida qandaydir ta’sir ko’rsatdimi?
Ha yordam bergan. Maktabda ilk harflarni va sonlarni, tinish belgilarini yozishni o’rganganman. Maktabda to’gri yozish va xatosiz yozish qoidalarini, matn yozayotganda jumlalar va gaplarni to’g’ri yozishni o’rganganman.

4. Ota-onangiz yoki do’stlaringiz yozishga ilhom berganmi?
Dastlabki yozish ko’nikmalarini o’rganayotganimda ota-onam to’g’ri va xatosiz yozishimni va gaplarni mazmunan to’g’ri tuzayotganligimni nazorat qilib turishgan. Iqtisodiy yozish ko’nikmalarini hosil qilayotganimda kursdoshlarimning yozgan iqtisodiy maqola, tezis, va iqtisod haqidagi telegram kanallarida yozgan postlarini muntazam o’qib borganman va kerakli joyini eslab qolganman.

5. Siz yozuv ko’nikmalaringizni rivojlantirishingizda to’raraklar va o’quv kurslarga borganmisiz?
Iqtisodiy yozuv ko’nikmalarini shakllantirish uchun turli kurslardan foydalanish shart emas deb hisoblayman. Bunga doir ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali ham toppish mumkin.

6. Yozuv hech o’rganish qobiliyatingizga hissa qo’shganmi? Qanday?
Yozuv o’rganish qobiliyatimni rivojlantirishda muhim elementlardan biri hsioblanadi. Turli olimlarning, institute o’qtuvchilarining ma’ruzalaridan kerakli joylarini qayd etib olishga, eslab qolish qiyin bo’lgan terminlarning mazmunini yozib olishda, muhim ahamiyat kasb etadi.

7. Yozuv hayotingizni qanday o’zgartirdi? (akademik va professional)
Yozish ko’nikmam orqali turli akademik jurnallarda ( 3marta institute jurnalida) bitta iqtisodiy maqolam va 2ta tezisim chop etildi.

8. Yosh avlodni ko’proq yozishni mashq qilishga undarmidingiz? Nima uchun?
internet, electron ma’lumotlar rivojlanayotgan jarayonda, yozishni mashq qilish ko’p vaqtni talab qiladi, ammo bu narsa yoshlarda fikrlash va eslab qolish qobiliyatini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

9. Sizningcha, muntazam yozish faoliyati, biz o’rab turgan ijtimoiy muhitni o’zgartirishi mumkinmi? Qanday?
muntazam yozish orqali insonda tahliliy, tanqidiy ong shakllanadi. Berilgan ma’lumotlarni tez va hisob-kitoblar orqali qabul qilib, qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi.




10. Oila a’zolaringiz, hamkasblaringiz va do’stlaringiz ham yozishni mashq qiladimi? Ha bo’lsa, nega?
oila a’zolarimning barchalari o’qtuvchi bo’lganliklari sababli o’z sohalariga oid ilmiy maqola, tezis, o’quv qo’llanmalar, kitoblar yozib chop etishadi. Biz kursdoshlarim bilan birgalikda yozish ko’nikmalarimizni muntazam rivojlantirishga harkat qilamiz. Har bir semester davomida tezis yozamiz va institut o’qtuvhcilariga tekshirtiramiz. Moliyaviy tahlil fanida har darsda bittadan jadval ko’rinishidagi misollarni yechib, uni nazariy ma’lumotlarga bog’lagan holda o’z xulosamizni yozamiz.
Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə