Soliqlar va soliqqa tortish” ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Moliyaviy tahlil” fanidan 1-joriy nazorat uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarish yuzasidan yo‘riqnoma



Yüklə 56,72 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü56,72 Kb.
#165875
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
SST-01-21 JN topshiriqlari va yo'riqnoma 1 semestr (1)


Soliqlar va soliqqa tortish” ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Moliyaviy tahlil” fanidan 1-joriy nazorat uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarish yuzasidan
YO‘RIQNOMA
1. Mustaqil ta'lim topshiriqlari har bir talabaga individual tarzda beriladi. Bunda talabalar Xemis tizimidagi ro‘yxatdagi tartib raqamlari bo‘yicha variantlarni bajaradilar. (Xemis tizimida kimda nechanchi tartib raqami bo‘lsa, shu variantni oladi).
2. Har bir variantdagi mustaqil ta'lim topshiriqlari 3 qismdan iborat. Birinchi qismda berilgan mavzu bo‘yicha talaba tomonidan Referat tayyorlanadi. Ikkinchi qismda berilgan mavzu doirasida talaba tomonidan kamida 20 ta test, 10 ta tayanch so‘z va iboralarga izohlar (glossariy) va krossvord yoki amaliy keyslar tuziladi. Uchinchi qismda berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlanadi.
2.1. Referat Microsoft Word matn muharririda chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 smdan qoldirib, Times New Roman 14 shriftda 1,5 intervalda yoziladi. Referat tuzilishi jihatdan kirish, mavzuni ochib beruvchi savollarga javoblar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi. Mavzuni yoritishda bir qator adabiyotlarga havolalar (snoska) keltirish, olimlarni fikrlarini jadval ko‘rinishida umumlashtirish, ularning bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlariga muallif sifatida munosabat bildirish baholash jarayonida alohida inobatga olinadi.
2.2. Berilgan mavzu bo‘yicha kamida 20 ta test aniq savollar va mantiqan o‘zaro bog‘langan 4 ta javoblar (masalan: a, b, c, d) dan iborat bo‘lishi lozim. Talaba to‘g‘ri javobni qoraytirilgan (polujirniy) holda alohida belgilashi kerak. Glossariyda mavzu bo‘yicha alohida ahamiyat kasb etuvchi kamida 10 ta tayanch so‘zlarga o‘z ta'rifini berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mavzu doirasida krossvord, ko‘rgazmali material yoki biror amaliy keys ishlab chiqilishi lozim.
2.3. Taqdimot tayyorlashda talaba berilgan mavzuni ham nazariy ham amaliy jihatdan ochib berishga harakat qilishi lozim. Bunda talabaning hohishiga ko‘ra kirish, asosiy savollar, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati berilishi mumkin. Biroq, mavzuni eng muhim jihatlarini yorituvchi 10 tadan kam bo‘lmagan slayddan iborat bo‘lishi kerak. Amaliy misollar, keyslar va ularning yechimlarini keltirish ijobiy baholashga sabab bo‘ladi.

Yüklə 56,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə