So’z boshi O’zingiz umrning avvali-boshi



Yüklə 19,72 Kb.
tarix03.03.2023
ölçüsü19,72 Kb.
#101822
SSENARIY(1)

So’z boshi

O’zingiz umrning avvali-boshi


Farzandlar qalbining porloq quyoshi
Jannat chamanining mohir naqqoshi
Yolg’iz siz o’zingiz,aziz ayollar!
Bahor asli sizning ko’nglingizdadur,
Sadoqat va vafo yo’lingizdadur.
Dunyoning beshigi qo’lingizdadur,
O’zingiz azizsiz,aziz ayollar.

Assalomu alaykum,tadbirimizni tomosha qilgani tashrif buyurgan mehmonlar! Ayolini asragan,ulug’lagan xalq—buyuk xalq.Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol,kelajagi nurafshondir.


Biz bejizga so’zimizni ayollar ta’rifidan boshlamadik.
``Nafaqat o’z she’rlari,balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo’shgan bo’lardim.Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari Sharq ayolining aql-u zakosi,fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik,muhabbat va sadoqatdan saboq bergan,desak,mubolag’a bo’lmaydi``degan edi hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich KarimovBugungi kunda mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin.Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi iste’dodli qizlardan bir guruhi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
Bizning institutimizda ham o’zining a’lo o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan talaba qizlarimiz
ta’lim oladilar.Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab
mana shu qizlarimiz o’rtasida bellashuv tashkil etganmiz.
6.Erkin mavzu
(bu shartda talaba she’r,qo‘shiq yoki raqs ijro etishi mumkin)

ISHTIROKCHILARIMIZGA OMAD TILAGAN HOLDA,BIRINCHI “Tanishtiruv “ shartini boshlaymiz.



2-shart
Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi. U yuraklarni-yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir. Kitobga oshno bo‘lgan odam o‘z umrini chiroyli o‘tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi. Zero,Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir”.
Navbatdagi shartimiz “Kitobxonlik” bo’lib, Bunda ishtirokchilarimiz ro’yxatda keltirilgan o’zbek adabiyotining eng sara asarlardan biriga sharh berishlari kerak bo’ladi.

3-shart
Endigi shartimiz Blits savollar hisoblanib, bunda ishtirokchilardan berilgan 10 ta savolga tezkorlik bilan aniq javob berishlari talab qilinadi

4-shart
Do‘stona oila – baxtli hayot asosi. Oilada hamjihatlik, mehr-muhabbat va o'zaro hurmat hukmron bo'lsa, bu kichik qurilgan dunyoning har bir a'zosi g'amxo'rlik, quvonch va o'z qadr-qimmatini his qiladi. Biroq, inqirozli vaziyatlar tez-tez yuzaga keladi va baxt yoqasida bo'lib tuyuladi.
Aynan mana shu shartimizda ishtirokchi qizlarning oilaviy hayotga qay darajada tayyorligi va unda yuzaga keladigan muammolarga yechim topa olishliklari sinovdan o’tadi

5-shart
Alla , u nima ? Aslida allaning aniq bir matni yoʻq. Uni har bir ona yurak tubidan chiqarib aytadi. Oʻzining hayoti, farzandidan kutayotgan orzu-niyatlarini alla ohangiga moslab aytaveradi. Alla matnini chaqaloq (bola) tushunmasligi mumkin, lekin alla mohiyatiga singdirilgan ona muhabbatini, undagi shukronalik tuyg‘usini ko‘ngli bilan his qiladi.Bizningcha, bolaligida qulogʻiga alla singdirilgan qizaloq bir kun kelib ona boʻlganida yurak-yurakdan yana shu ohangni takrorlaydi.
Navbatdagi shartimizda ishtirokchilardan aynan mana shunday mahorat talab etiladi.

6-shart
Eng so’nggi , 6-shartimiz “Erkin mavzu “ bo’lib , bunda ishtirokchilarimiz she’r , musiqa , qo’l mehnati yoki raqs yordamida o’zlarining bor mahoratlarini namoyon etishlari kerak bo’ladi.




Yüklə 19,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə