Spektr-Elektromagnit nurlanish energiyasining to‘lqin uzunligi bo‘yicha taqsimlanishi spektr deyiladi. Nurlanishning modda bilan ta’siriga qarab nurlanish spektri, yutilish spektri



Yüklə 14,25 Kb.
tarix04.09.2023
ölçüsü14,25 Kb.
#121305
Kerr effekti


Spektr-Elektromagnit nurlanish energiyasining to‘lqin uzunligi bo‘yicha taqsimlanishi spektr deyiladi. Nurlanishning modda bilan ta’siriga qarab nurlanish spektri, yutilish spektri, sochilish spektri va qaytish spektriga ajraladi
Kerr effekti — bir jinsli elektr maydoniga joylashtirilgan optik izotrop moddalar (mas, gaz, suyuqlik, shisha) da yorugʻlikning ikkilamchi sinish hodisasi. 1875-yilda shotland fizigi J. Kerr (1824 — 1907) ochgan. K. e. natijasida elektr maydoniga joylashtirilgan gaz yoki suyuqlik bir oʻkli kristall xossasiga ega boʻlib qoladi; uning optik oʻqi maydon boʻylab yoʻnalgan boʻladi. Chiziqli qutblangan yorugʻlik dastasi elektr maydoniga joylashtirilgan shaffof dielektrikdan oʻtgandagi elliptik qutblanish elektrooptik K. e., chiziqli qutblangan yorugʻlik dastasining magnitlangan ferromagnit jismdan qaytgandagi elliptik qutblanish m a g -nitooptik K. e. deb ataladi
Infraqizil nurlanish — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uz. X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi. Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi tiniq suv qatlami toʻlqin uz. X >1 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof boʻlmagan germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qogʻoz Infraqizil nurlanish spektrining uzok, sohasida shaffof boʻladi
Ramanning tarqalishi-Noelastik yorug'lik tarqalishi Raman tarqalishi (RS) yoki Raman deb ataladi. Ramanning tarqalishida yorug'lik va materiya energiya almashadi. Natijada, tarqaladigan yorug'lik chastotasi kamayishi (energiya yorug'likdan materiyaga o'tkazilganda - bu Stoksning tarqalishi) yoki ortishi mumkin
Yorugʻlikning sochilishi -muhitda tarqalayotgan yorugʻlik dastasining mumkin boʻlgan barcha yoʻnalishlarda ogʻishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorugʻlikning modda zarralari bilan oʻzaro taʼsiri Yo. S. ga sabab boʻladi. Bunda yorugʻlikning intensivligi, spektri va qutblanishi oʻzgaradi. Yo. s. asosida molekulalar, suyukliklar va h. k.ning tuzilishi oʻrganiladi. Yorugʻlikning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorugʻlikning molekulyar sochilishi, yorugʻlikning kombinatsion sochilishi va b. xillari mavjud.
Yüklə 14,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə