T. D. I. U. S. F yo’nalish



Yüklə 0,7 Mb.
tarix29.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#114050
NORPO\'LATOV DIYOR

T.D.I.U.S.F YO’NALISH: BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITI FAN: BOSHQARUV HISOBI

BAJARDI: NORPO’LATOV D.

TEKSHIRDI: NARZULLAYEV n.

MAVZU:BOSH BUDJET, UNING TARKIBI VA TUZISH TARTIBI

REJA:

  • DAVLAT BUDJETI.
  • DAVLAT BUDJETINING TARKIBIY QISMLAR.
  • DAVLAT BUDJETINING TUZISH TARTIBI

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi.

Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakunida OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.

Ta’minot ishlab chiqarish va sotish jarayonlari 2 qismga bo’linadi: 1- Budjetni tuzish bosqichlari .a) Byudjetni ishlab chiqish : muammoning kun tartibga qo’yilishi axborotlarni to’plash, iqtisodiy tahlil ,hisob-kitob va ularning natijalarini umumlashtirish ,loyihani baholash.b)byudjetni tasdiqlash c)byudjetni boshqarish d)byudjetni nazorat qilish . 2-Korxona rahbariyati faoliyati : a) Qarorlarni tayyorlash b) Qarorlarni qabul qilish c) Qarorlarni amaliyotiga joriy etish to’g’risida farmoyishlar berish d) Olingan natijalarni reja bilan taqqoslash

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda byudjetlashtirish jarayoni bosh byudjetini tuzishdan boshlanadi.Uni tuzish quyidagi to’rtta asosiy bosqichga ajratiladi : a) ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar smetasi. b) ma’muriy – boshqaruv xarajatlari smetasi. Bosh byudjetni tuzishning yakuniy bosqichi kutilayotgan foyda yoki zarar to’g’risidagi umumlashtirilgan smetani tuzib chiqish hisoblanadi.Mazkur smeta quyidagi ko’rsatkichlarni o’zida aks ettiradi: 1) mahsulotlar sotish , ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan olingan daromadlar 2)ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari

3) Ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar 4) Sotilgan mahsulotlar tannarxi 5) Sotish va ma’muriy – boshqaruv xarajatlari 6) Ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar Korxonaning bosh byudjetini operatsion, investitsiya va moliyaviy byudjetlardan tashkil topadi. Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag’larning taxminiy manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarinin belgilab berishdir. Operatsion byudjetni tuzishda quyidagi byudjetlardan foydalaniladi:

1.Ishlab chiqarish byudjeti ; 2.Tovar- moddiy zaxiralar va asosiy vositalarni sotib olish byudjeti; 3.Tayyor mahsulotlar zaxiralari byudjeti; 4.Davr xarajatlari byudjeti ; Bevosita va bilvosita ta’sir qiladigan omillar juda ko’p. Bu omillarga quyidagilar kiradi: --- raqobatchilarning faoliyati ; --- milliy va jahon bozoridagi umumiy holat ; --- xaridorlar va mol etkazib beruvchilarning moliyaviy barqarorligi ; ---reklama va boshqa hamkorlik xizmatlarning moliyaviy barqarorligi ;

---reklama va boshqa hamkorlik xizmatlarining samaradorligi ; --- baho siyosati ; --- mahsulotlarning rentabelligi . Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda sotish byudjetini tuzishda quyidagi ikki usuldan foydalaniladi ; 1--- statistik prognoz (umumiqtisodiy sharoitlar ,bozr kon’yunkturasi kabilarning grafikli matematik tahlili); 2--- ekspertlar bahosi (sotish bo’lmi mutaxassislari va menejerlarning fikrlarini umumlashtirish asosida).

Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi capital xarajatlari va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalari rejasi hisoblanadi.Ushbu byudjet turi joriy davrdagi ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda byudjeti davridan chetga chiquvchi uzoq muddatli xarajatlarni o’z ichiga oladi. Korxona bosh byudjetining muhim tarkibiy qismi moliyaviy byudjet hisoblanadi.Uning yordamida sotishlar hajmi va tannarxi, daromadlar va xarajatlarning nisbati ,sof foyda ,o’z mablag’laridan foydalanish,investitsiya qo’yilmalarining qoplanish muddati va boshqalar haqida to’liq axborot olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar : 1) Wikipedia 2) Boshqaruv hisobi darsligi 3) Fayllar.org

E’tiboringiz uchun rahmat !


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə