Tadbir ssenariysi "Til-millatning ko`zgusi"



Yüklə 260,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü260,19 Kb.
#147252
  1   2
21-oktyabr tarbiyaviy tadbir ssenariysi



21-oktyabr 
“O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” 
kun munosabati 
bilan
MAVZUSIDAGI 
 


"Til-millatning ko’zgusi" 
Asosiy g’oya 
Ona tiliga e'tiborni, meqr-muxabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal 
bilishga, milliy o’zlikni anglashga, qadriyatlarni e'zozlashga o’rgatish. Ona tili 
millat ma'naviyatining ko’zgusi ekanini e'tirof etish. 
Asosiy g’oyani keng ko’lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona 
bayramona bezatiladi. Sahna to’rida "1991 yil 21 oktyabr' kuni, O’zbek tiliga 
davlat tili maqomi berilgan" yozuvi joylashtiriladi. Xona devorlariga til haqidagi 
maqolalar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O’ng burchakda "Turkiy 
tillarning shajara daraxti" o’z bezagi bilan saxna ko’rkiga fayz kiritadi. 
O’quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo’lib joylashadilar. 
O’rtadagi stol ustida buyuk allomalarimiznig ma'naviy me'rosi bo’lmish noyob 
asarlar davriga qarab, ketma-ketlikda joylashtiriladi. 
Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning "Ona" tili she'ri o’qiladi. 
Ona tilim -onajonim tili bu, 
Beshikdanoq singan jonu quloqqa. 
El-yurtim, qonimonim tili bu, 
Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa. 
Bobolardan bizga me'ros ezgu til, 
Avlodlarga xazinayu bebaxo. 
Qalbimizga, ruhimizga ko’zgu til, 
Bu dunyoga bag’ishlaymiz ne daho. 
Yovonlarning cheksizligi, 
Ham samimiy ham hovuri, 
Onjonlar allasidan, 
Ko’z yoshidan, oq sutdan, 
To’g’aylarning tengsizligi, 


Jilg’alarning sho’x hovuri, 
Yigitlarning yallasidan, 
Suluvlarning sukutidan, 
Yo’g’rilgan til-ona tilim. 
Cho’lponlarning qamish bayti, 
Childirmaning darillashi, 
Go’ro’g’lining alp siymosi, 
Alpomishning da'vosidan, 
Tug’ilgan til-ona tilim. 
1-boshlovchi: 
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, 
aziz ustozlar, bugungi "Til bayrami"ga xush kelibsizlar! 
2-boshlovchi: 
Bayram munosabati bilan barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan zafarlar 
tilaymiz. Inson go’zalligi , ma'naviyati, buyuk me'rosi, hatto olam barqarorligining 
asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o’z ona tilimizni asrab-avaylash
e'zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. 
1-boshlovchi: 
Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo 
bo’yicha 3mingdan ortiq til mavjud. 
2-boshlovchi: 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning 
tengligi va erkinligini ta'minlaydi.Asosiy qonunning 4-moddasida O’zbekistonda 
yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish 
ta'kidlangan. 
(Shundan so’ng, saxna bo’sh qolib, hazin musiqa yangraydi. Ona siymosi 
paydo bo’ladi.) 


Ona:- Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o’z yurtiga fidoiy
mard paxlavonlarim. Sizlar o’z ona tilimizni doimo asrab avaylanglar.O’z 
tilimizning qatorida qardosh, chet tillarni ham o’rganib, xurmat qilinglar. Mening 
sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda 
vositalaridan o’rinli va unumli foydalanishga xarakat qiling, go’zalligini namoish 
eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomila madaniyatingizda namoyon bo’ladi. 
"Yaxshi so’z-jon ozig’i", "Bir ko’ngil imorati-ming Makka ziyorati" deganlaridek, 
shirinsuxan bo’lib, millatning fahri, g’ururi bo’lib yashanglar. 

Yüklə 260,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə