Talaba: Boboniyozova Zuhra



Yüklə 6,32 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü6,32 Kb.
#145298
  • Mavzu: Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar tasnifi.

Reja:

• Bugungi kunda respublika boʻyicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda 21,3 ming nafar, 22 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan 13,8 ming nafar oʻquvchilar uyda yakka tartibda oʻqitilmoqda. 5,9 mingdan ortiq umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 64,6 ming nafarga yaqin oʻquvchilar inklyuziv taʼlim bilan qamrab olingan.

• Tibbiy -pedagogik komissiyadagi psixologik tekshirishning asosiy vazifasi bolaning tafakkur(fikrlash) xususiyatlarini aniqlashdir. Bu tafakkurning ma`lum bir nuqsoni asosiy belgi bo`lib, shu asosida bolani maxsus maktabga yuborilishi bilan bog`liqdir. Psixologik tekshirish vaqtida bolaning intellektual faoliyatining faqatgina zaif emas , balkim kuchli tomonlariga ham diqqat qaratishimiz zarur. Tekshirishdan olingan ma`lumotlar differentsial diagnostika uchun ham materiallar beradi. Psixologik tekshirishdan avval albatta pedagogik xujjatlarni:bolalar bog`chasi va maktab tomonidan berilgan tavsifnomalarni, ish daftarlari,chizilgan rasmlarni o`rganib chiqish zarur. Ushbu hujjatlarni tahlil qilish bolaga to`g`ri yondashishni topishga yordam beradi.

• Savod o’rgatish – bu o’qish va yozishga o’rgatish demakdir. Savod o’rgatish ishlari orqali o’quvchilar ta’lim – tarbiya jarayonida o’qishni muvaffaqqiyatli davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikma – malakalar hosil qilinadi. Savod o’rgatish ishlari o’quvchilarni individual xususiyatlariga mos ravishda tashkil etilsa, o’quvchilarni ona tili va boshqa o’quv predmetlarini o’zlashtirishlari uchun muayyan darajada imkoniyatlar yaratiladi. O’quvchilarda o’qish va yozish ko’nikmalarini hosil qilish uchun o’qituvchidanilmiy jihatdan asoslangan va tajribalardan o’tgan usullardan mahorat bilan foydalanish talab etiladi.

• Savod o’rgatish usullari uzoq yillik tarixga ega. Savod o’rgatishda turli xil usullar ishlatilgan. Shular ichida eng qadimgi usul - bu harflab o’qish usulidir. Bu usul ikki ming yil ilgari vujudga kelgan. Bu usul bilan o’qish va yozishga o’rgatish, o’qish va yozish ko’nikma – malakalarini hosil qilish ishlari to’rt bosqichda amalga oshirilgan. 1. Harflarni, ularning nomlarini yodlash. 2. Bo’g’inlarni yod olish va ular ichidagi harflarni nomlab, to’liq bo’g’inni talaffuz etish. 3. So’zlarni kitobdan bo’g’inlab o’qish. 4. Kitobni sidirg’asiga o’qish.

• Aqliy nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar anomal bolalar qatoriga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, iloji topib borishiga, dastur materiallarini o'zlashtirishiga salbiy tasir ko'isatadi. • Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o'qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi, bog'cha va maktab dasturlarining o'zlashtirishda bir qator o'ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. • Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so'ng, masalan, ikki yoshida yo'qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki, bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik qo'shilib u kar-soqov bo'lib qoladi.

• Aqli zaif bolalar ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olmoqdalar. Ushbu turdagi maktabning o’quv rejasida eng ko’p soat ona tili darslariga ajratilgan. Ona tili darslarida ta’limiy va tarbiyaviy ishlardan tashqari o’qituvchi aqli zaif bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini izchillik bilan korreksiyalab, tuzatib borishi lozim. Bu ishlar oligofrenopedagogika fanining tamoyil, usul hamda tashkiliy formalari asosida, oligofrenopsixologiyaga tayangan holda amalga oshiriladi.

• Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari ikki turda boʻladi: 1. Jismoniy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (kar, zaif eshituvchi, koʻzi ojiz, zaif koʻruvchi, tayanch-harakat aʼzolari shikastlangan, nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan bolalar uchun). Ushbu muassasalarda taʼlim olayotgan bolalar Davlat taʼlim standartlarini bajaradilar hamda muassasani tamomlagandan soʻng belgilangan namunadagi shaxodatnomani oladi. 2. Aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqli zaif bolalar uchun). Ushbu muassasalarda taʼlim olayotgan bolalar Davlat taʼlim standartlarini bajaraolmaydilar, ular DTS asosida ishlab chiqilgan talablarni bajaradilar hamda muassasani tamomlagandan soʻng taʼlim olganligi toʻgʻrisida guvohnoma oladi.

. Rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni tashxis qilishning asosiy tamoyillaridan biri bu - kompleks yondashuv bo4lib unda bolani rivojlanish xususiyatlarini barcha kerakli mutaxassislar tomonidan (vrach, defektolog, psixolog) uning faqatgina bilim olish faoliyatinigina emas, balki xulki, hissiy irodasi, shuningdek ko'ruv, eshituv, harakat sferasi, nevrologik statusi, somatik holatini har tomonlama tekshirib baholashdir. Bolani tibbiy hamda psixologo- pedagogik tekshirishlar tizimlilik asosida olib boriladi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

  • JDPU 2023

Yüklə 6,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə