Tarbiya fanidan “Inson axloqi bilan go’zal”



Yüklə 378,5 Kb.
tarix10.09.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#121600
Inson axloqi bilan go’zal


Qashqadaryo viloyati___________ (shahar) tumani Xalq ta`lim bo`limiga qarashli ____- umumiy o`rta ta`lim maktabining tarbiya fani o`qituvchisi __________________________ning tarbiya fanidan “Inson axloqi bilan go’zal” mavzusida tayyorlagan bir soatlik





Mavzu:Inson axloqi bilan go’zal
Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
Inson odobining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishdir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta ustozini hurmat qiladi. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lmoq, har qanday holatda ham o‘zini tuta bilmoq, o‘zgalarni ham o‘zidek hurmat qilmoq inson odobining asoslari hisoblanadi.
Rizouddin ibn Faxruddin “Ahli ayol” kitobida yozadi: “Odam bolasining bahosi, qadru hurmati axloqiga qarab bilinur. Go‘zal axloqli kimsalar eng mo‘’tabar bo‘lib, axloqsizlar esa xalq qoshida qadrsiz bo‘lurlar. Odam bolasining yosh chog‘ida o‘rgangan odobi qabriga qadar birga yo‘ldosh bo‘lib boradur. Shuning uchun go‘zal axloqni yosh vaqtida o‘rgatish kerak. Go‘zal axloq har bir kishi uchun ham zarur, biroq qizlar uchun ko‘proq zarurdir. Ahloqsiz qizlar xalq orasida yaxshi ism chiqara olmaslar, e’tiborlari ham bo‘lmas. Go‘zal xulqlarning onasi hayo ila iffatdir. Bir qizda agar hayo ila iffat bo‘lsa, unda barcha yaxshi xulqlar jam bo‘ladi”.
Abdulloh Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansoriy bir kishi oldidan o‘tayotgandilar, u ansoriy birodariga uyalishdan qaytarib nasihat qilib turgan edi. (ya’ni juda qattiq hayoli bo‘lma! O‘zingga qiyin bo‘ladi, deb). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam “Buni o‘z holiga qo‘ygin. Chunki hayo iymondandir”, dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari) (“Riyozus solihin”)
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Avval odob, so‘ng ta’lim beringlar", dedilar.
Abu Abdulloh Balxiy: "Nafsning odobi ilmning odobidan ko‘proq, ilmning odobi ilmning o‘zidan kattaroq", deganlar.
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Agar menga, bir kishida avvalgilaru oxirgilarning ilmi bor, deb sifatlashsa-yu, unda odob bo‘lmasa, u bilan uchrashmaganimga afsuslanmayman, agar bir kishi haqida nafs odobi bor deb eshitsam, unga yo‘liqishni orzu qilaman, uchrashmasam afsuslanaman". (“Bo‘stonul orifin”. Abu Lays Samarqandiy)
Ibn Sino inson hayoti to‘g‘risida shunday degan: "Insonda doim turadurg‘on husn ila latofat hayo ila ibodur. Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidur".
Abu Nasr Farobiy esa inson o‘zining yaxshi odobi bilan baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. O‘tgan asrimizning yirik ma’rifatparvarlaridan bo‘lmish Abdulla Avloniy inson barkamolligi uning aqli, jismoniy sog‘lomligida hamda odobi va xushxulqida, deb biladi.
Abdulla Avloniy ahloq - bu xulqlar majmuasidir, ammo yaxshi xulq o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerakligini aytadi. Va tarbiyaning bola kamolotida tutgan o‘rni to‘g‘risida shunday deydi: Temirchining bolasi tarbiyat topsa bo‘lar olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa ham, bo‘lg‘usi zolim!
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, odob - millatimiz ko‘rki, hayotimizning mag‘zidir degan xulosaga kelish mumkin.
Shunday ekan, Biz yoshlar ajdodlarimiz bizlarga omonat qilib qoldirgan bu yuksak ma’naviy meros – odob-axloqni kelajak avlodga pokiza holda qoldirish uchun mas’ulligimizni unutmasligimiz kerak
To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.
Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə