Tarixiy geografiyasi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#152384
  1   2   3
O’RTA OSIYONING ILK O’RTA ASRLARDAGI GEOGRAFIK O\'RNI


O’RTA OSIYONING ILK O’RTA
ASRLARDAGI
TARIXIY GEOGRAFIYASI

Ma'lumki, uzoq o'tmishga ega bo'lgan O'rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o'z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz,bu davrlarning barchasi tarixda o'zining ma'lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o'rni beqiyosdir.

  • Ma'lumki, uzoq o'tmishga ega bo'lgan O'rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o'z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz,bu davrlarning barchasi tarixda o'zining ma'lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o'rni beqiyosdir.

Tabbiy fanlar va ijtimoiy gumanitar fanlar taraqqiyoti

  • IX-XII asrlarda O`rta Osiyoda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotda yuz bergan o`zgarishlar natijasida ilmfan va madaniyat yuksak natijaga ko`tarildi. Bu davrda tabiiy, falsafiy-ahloqiy va diniy-tasavvufiy fanlarning taraqqiy qilishi natijasida jaxon civilizaciyasiga katta xissa qo`shgan buyuk allomalar etishib chiqdi va xaqli ravishda bu davr uyg`onish davri deb ataldi

O'rta Osiyolik mutafakkar olimlar haqida ma'lumotlar.


Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy.(783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o'rgandi. O'qigan, o'rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doyr yirik, qimmatli asarlar yaratdi.
Uning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To'ldirish va qarama-qarshi qo'yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo'ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo'lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so'ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug'i-o'nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o'girilgan).
Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo'lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to'g'risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki g'arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o'ynadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə