Tasvirli qollanmalar bilan ishlash



Yüklə 13,97 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü13,97 Kb.
#165021
tasvirli qollsnma


Tasvirli qollanmalar bilan ishlash
Geografyya oqituvchisi qanchalik tajribali, nutqi chiroyli, ravon va sodda bolmasin, u darsni quruq sozlar bilan otmasligi kerak.
Oquvchilarga ozi tugilib osgan joylarning tabiatidan keskin farq qiluvchi landshaftlar haqida bilim berilganda, uning tasvirini korsatib, tushuntirib berish lozim. Tasvirli oquv qurollaridan foydalanish geografik tasavvurning shakllanishiga, tushunchalarning aniq ozlashtirilishiga yordam beradi. Oqituvchi tasvirli materiallardan foydalanayotganda oquvchilar diqqatini organilayotgan obekt tasvirini kuzatishga, uning oziga xos belgilarini anyqlashga va umumiy xulosalar chiqarishga jalb etishi va tasvirga izoh berib borishi kerak.
Tasvirli qollanmalarning asosiy turlariga toxtab otamiz.Ekranli qollanmalar. Ekranli qollanmalar ikki xil boladi: proektsion apparatlar va televidenie.
Proektsion apparatlarning ozi 3 xil (episkop, epidiaskop va diaskop apparatlari)ga ajratiladi.
Episkop. Bu apparat turli xil ' fotorasmlar, suratlar, yozuv va buyumlarni ekranda korsatadi. Episkop yoritgich manbaidan tushgan nurni, nur qaytargich, kozgu orqali obekt tasvirini ekranga tushiradi.
Diaskop. Oyna, plyonkadagi shaffof diapozitivlarning tasvirini ekranga tushiradi. Epidiaskop esa episkopning ham, proektsion fonarning ham xizmatini bajara oladi.
Sxemada korsatilgandek diaskop apparatlari: proektsion fonar, filmoskop, diaproektor va kinoapparatdan iborat.
1) Proektsion fonar bilan ishlash. Kichikroqshishaga, kinoplyonkaga va boshqa shaffof plastinkaga tushirilgan rasmlar diapozitivlar proektsion fonar yordamida kattalashtirilib ekranga tushiriladi.
Yoruglik vositasida kattalashtirib korsatilgan rasmlar oquvchilar uchun oddiy rasmlarga qaraganda qiziqarli va tasirli boladi.
Diapozitivlarni maktabda tayyorlash ham mumkin. Oquvchilar ozlari tayyorlagan diapozitivlarni maroq bilan tomosha qiladilar va^korgan narsalari uzoq vaqt esdan chiqmaydi. Diapozitiv korsatish uchun fonarning diapozitivi ornatiladigan ramkasini bir tomonga surish kerak, ramkaning kassetkasiga diapozitivning teskari tomoni qoyiladi, shunda fonar proekti tushiriladigan rasmning tasviri ekranda togri korinadi. Bir dars davomida korsatiladigan diapozitivlar soni 1012 donadan ortiq bolmasligi kerak.
2) Filmoskop bilan ishlash. Filmoskop diafilmlar korsatadi. Diafilmlar bir mavzuga doir bir necha diapozitivning plyonkaga tushirilganidir. Diafilm dars boshlash oldidan, yangi materialni organish, mavzuni takrorlash yoki mustahkamlash vaqtida, shuningdek darsdan tashqi vaqtlarda korsatilishi mumkin.
Diafilm korsatib bolingandan song, oquvchilar bilan qisqacha yakuilovchi suhbat otkazish lozim.
Filmoskopdan foydalanish uchun diafilm korsatiladigan xonaga ekran ornatiladi va qorongilatiladi. Korsatishdan bir kun oldin oquvchilarni ogohlantirib qoyish ham mumkin. Korsatishdan avval mavzuga tegishli va talim-tarbiya talablariga javob beradigan diafilm tanlanadi.
Oqituvchi diafilmni korsatish vaqtida savollar berish va tushuntirish bilan birga, muhim joylariga oquvchilar diqqatini jalb etishi, diafilm kadrlarini qisqa, aniq va ravshan sozlar bilan izohlab berishi lozim. Diafilm oquvchilarning charchab qolishini hisobga olib, 1015 minut mobaynida korsatilishi mumkin.
Tajribalardan shular malum boldiki, diafilm korsatishni xarita bilan boglab borish yaxshi natija beradi. Diafilmning bir necha kadrlari korsatilgach, xona yoritilib yoki maxsus ishlangan «elektr korsatkich» bilan geografik obektlarni xaritadan korsatib borish kerak. Diafilmni xaritasiz korsatish uning qimmatini pasaytirishi ham mumkin.
Maktablarda diafilmdan foydalanish kinofilmga nisbatan qulaydir. Diafilm korsatishda kadrlarni kerakli orinda xohlagancha tutib (korsatib) turish mumkin. Shunindek ekran oldida kadrlarga izoh berayotganda filmoskopni oquvchilardan birontasi korsatib turishi ham mumkin.
Mavzuni diafilm korsatib organilsa, hatto uy vazifasiga ham ehtiyoj qolmaydi.
3) Diaproektor bilan ishlash. Diaproektor bilan ham diafilmlar korsatiladi. Diaproektor (LETI60) mavjud boshqa proektsiyali apparatlarga, chunonchi epidiaskop va filmoskop (alloskop)ga nisbatan bir necha afzalliklarga ega: 1) avvalo diaproektorni malum bir masofadan turib boshqarish mumkin; 2) diafilm plyonkasidagi kadrlarni gorizontal va vertikal holda korsatish mumkin; 3) sinfni qorongilatmasdan ham tasvirni ekranda korsatish mumkin; 4) diaproektorni yoqib ochirish va boshqarish nuqtasi (pulti) korsatkichning dastasiga ornatilgan. Korsatkichni maxsus teleskopik trubkasi bor.
Diaproektorni 10 metrgacha bolgan oraliqda boshqarilishi, oqituvchiga yordamchi kishisiz tegishli vaqtda apparatni ishga tushira olish, bir kadrdan ikkinchi kadrga (diafilm lentasini joylanishiga qarab oldingi kadrga ham, keyingi kadrga ham) otkaza olish va ayrim kadrlarni korsatayotganda uni xohlagan vaqtgacha toxtatib turish imkoniyatini beradi.
4) Qinoapparat bilan ishlash. Kino ozbekmaktablarida yangi oqitish vositalaridan biridir.
Kino vositasida oquvchilar bevosita korish va kuzatish qiyin bolgan hodisa va ozgarishlarni kora oladilar. Shuningdek, ular qiyin va noaniq obektlarni yaxshiroq tasavvur qilishga organadilar. Geografik oquv kinofilmlari oquvchilar faoliyatini aktivlashtiradi, dars mavzularini yaxshi organishga yordam beradi.
Oquvchilar kinofilmni korayotgan vaqtda faqat mavzuga doir nazariy bilimlarnigina organmasdan, balki bir qancha amaliy konikmalar ham hosil qiladilar. Masalan, kinofilm vositasida oquvchilar havo temperaturasi, shamolning yonalishi va kuchi, yoginlarning miqdorini olchash kabi bir qator ishlar bilan ham tanisha oladilar. Oquv kinofilmlaridan dars jarayonida ham, sinfdan tashqari vaqtda ham foydalanish mumkin.
Darsda kinodan foydalanish turlari:
1. Kinofilm oqituvchining qisqacha kirish sozi bilan boshlanadi.
2. Kinofilm korsatilayotgan vaqtda oqituvchi tushuntirib boradi va kerakli joylariga oquvchilarnnng etibor berishini uqtirib otadi hamda korib bolinganidan eong uni yakunlaydi.
Oqituvchining kino darsiga tayyorgarligi fnlm tandashidir. Vuning uchun filmoteka bilan yaxshi tanygi bolishi kerak.
Kino korsatilayotganda oqituvchi har bir kadrga qisqacha tushuncha beradi. Izoh kadr bilan sinxronlikda borishi^keraq. Kino jarayonida qisqa luqmalar va savollar bilan oquvchilarning fikrlarini kerakli joylariga jalb etib borish lozim. Kinofilm koreatilayotganda uzoq tushuntiripGlar foyda bermaydi.
Kinodan keyingi yakunlovchi suhbat xarita bilan boglab olib boriladi.
Televidenie. Bu talim-tarbiyadagi eng yangi vosita. Televizor ekrani obekt, hodisa, voqealarni, ayni vaqtda roy berayotgan va ozgarayotgan hayotni korsatuvchi kozgudir. Bu oquvchilarta geografik landshaft, geografik voqelikning ychiga bevosita kirib borishiga yordam beradi. Televidenie katta emotsional tasir kuchiga ega. U oquvchilarni oziga jalb etuvchi, bitmastuganmas bilim manbaidir.
Televideniedan talim-tarbiya ishlarida bilimning qoshimcha manbai va yordamchi vosita sifatida foydalaniladi.
Televidiniyani maktab oquvchilariga moljallangan bir necha ilmiyommabop suhbat, lektsiya, filmlar, shuningdek olamga sayohat, kinosayohatchilar klubi, fan olamida kabi eshittirishlar beriladi, Bu eshittirishlar ozining mazmuni jihatidan geografiya faniga tegishlidir. Bunday eshittirishlarning asosiy maqsadi oquvchilarning bilim doiralarini kengaytirish, ularning turli sohadagi qiziqishlarini malum darajada qondirishdan iboratdir.
Geogrvfiya oqituvchisi yuqorida aytib otilgan eshittirishlardan talim-tarbiya jarayonlarida foydalanishi lozim. Har bir oqituvchi haftalik teleeshittirish programmasini korar ekan, ularning qaysi birini oz oquvchilariga tavsiya etishi, bu bilan birga ularga qanday korsatmalar berishi kerakligi haqida oylab korishi zarur. Oquvchilarda korgan eshittirishlaridan bazi bir savollar tugilishi mumkin, bu savollarga oqituvchi hozir-javoblik bilan javob qaytarishi kerak.
Toshkent telestudiyasi oquv kinofilmlari bilan birga oquv programmalari asosyda maxsus oquv eshyttirishlar ^uyushtirib turadi. «Teledarslar» sinfda, oquv soatlarida korishga moljallangan.
«Teledars» boshlashdan ilgari telestudiyaga taklif etilgan oqituvchi mazkur darsning maqsadi va mazmuni, nimalarga etibor berilishi zarurligi haqida axborot beradi. Keyin dars bashlanadi. Oqituvchi tegishli oquv qurollari va vositalardan foydalanib dars otadi.
Teledars tugagach, maktab oqituvchisi organilgan material yuzasidan suhbat otkazadi. Oquvchilar esa tegishli mustaqil va amaliy ishlarni bajaradilar. Televideniedan mavzuga doir maxsus eshittirish (teledars) berilganda oqituvchi oquvchilar bilan doimo kontaktda bolib turishi, oquvchilar esa zarur yozuvchizuvlarni bajarib borishlari lozim.
Maktabda televizorning bolishi, organiladigan mavzularga oid muntazam ravishda teleeshittirish berib borilishi kopgina darslarda kinodan keng foydalanish imkonini beradi. Demak, televideniedan programma asosida oquv fanlari, jumladan geografiyadan mavzular boyicha dars berish talim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Yüklə 13,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə